Guliston davlat universitеti
Mustaqillik davri me‟morchiligi
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'MST O\'UQ 2023
Mustaqillik davri me‟morchiligi
112 O‗zbek xalqi me‘morchiligi mohiyat e‘tibori jihatidan buyuk bunyodkorlik san‘atidir. Mustaqillik yillarida me‘morchilik san‘ati yanada rivojlanib, takomillashib bormoqda. Me‘morchilikda ikki asosiy tamoyil ko‗zga tashlanadi. Ulardan biri sharqona me‘moriyatning an‘anaviy qonun-qoidalariga rioya etishdir. Bu tamoyil ―Temuriylar tarixi davlаt muzeyi‖, ―Turkiston saroyi‖, Oliy Majlis, Toshkent shahar hokimiyati binolari timsolida o‗z aksini topgan. Xususan, 1996 yilda barpo etilgan Temuriylar tarixi davlаt muzeyi o‗rta asr me‘morligi an‘analari asosida aylana tarxli (diametri 31 m.), tomi gumbazli qilib, maxsus yaxlit supa ustiga 3 qavatli qilib qurilgan. Devor yuzasini pardozlashda ganch, marmar va sopol koshinlar ishlatilgan. Atrofi peshayvonli, qator ustunli (20 ta, balandligi 10 m, muqarnas boshali, poyustuni kulrang marmardan ishlangan), turunjlari sirkori sopol bilan bezatilgan, binoning tashqi devori yuzasida «suls» uslubida insonni yaxshilikka undovchi so‗zlar bitilgan. Binoga 30 dan ortiq katta-kichik hajmdagi billur qandillar, 500 ta yoritgichli, og‗irligi 2 t, balaandligi 8 m «Zumrad» qandil zeb berib turadi. 14 ta yog‗och o‗ymakorligidagi eshik o‗ziga xos. 1993 yilda ochilgan ―Turkiston‖ saroyi ham milliy va zamonaviy me‘morchilikning mumtoz namunalarini o‗zida mujassam etgan. 1982 yilda boshlangan bu bino qurilishi uzoq yillar tugallanmasdan kelayotgan bo‗lib, mustaqillikning dastlabki yillaridayoq uning loyihasi qayta ko‗rilib, muhim va jiddiy o‗zgartishlar kiritigan. Bugungi kunda saroy xalqaro anjumanlar, yirik san‘at bayramlari o‗tkaziladigan, ulug‗ ayyomlar nishinlanadigan nufuzli va mo‗tabar ma‘rifiy koshonaga aylangan. Me‘morchilikdagi ikkinchi tamoyil esa O‗zbekistonning jahon xamjamiyatidan munosib o‗rin olish sari intilishini namoyish etuvchi jahon me‘morchiligining eng yaxshi yutuqlaridan foydalanishda namoyon bo‗lmoqda. Bunday binolar jumlasiga «Meridian», «Afrosiyob» (Samarqand), «Buxoro» «Interkontinental», «Sheraton» mehmonxonalari, «O‗zekspomarkaz», Milliy bank, Markaziy bank, «Toshkentplaza» savdo markazi, Respublika birja markazi, banklararo moliyaviy xizmatlar Markazi, O‗zbekiston Davlat konservatoriyasi va boshqa binolarni kiritish mumkin. Toshkent shahri ko‗rkiga ko‗rk qo‗shib turgan «Oloy», «Chorsu», «Otchopar», «Yunusobod», «Mirobod», «Parkent», «qo‗yliq» va boshqa bozor binolari, shuningdek «Yunusobod» tennis markazi, «Jar» sport markazi singari zamonaviy inshootlar barpo etildi. O‗zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov g‗oyasi bilan Toshkent shahridagi Vatanimizning bosh maydoni - Mustaqillik maydonida bunyod etilgan me‘moriy-badiiy majmua yurtimizning o‗ziga xos ramziga aylandi. Mustaqillik va ezgulik tushunchalarini ramziy tarzda uyg‗un ifodalagan ushbu yodgorlik Mustaqillik va ezgulik monumenti deb ataldi. 1992 yil avgustida maydonda o‗rnatilgan obida Mustaqillik monumenti deb atalgan. Ramziy 113 ravishdagi Er sharida O‗zbekistan Respublikasi xaritasi aks etgan ushbu obida jahon xaritasida mustaqil O‗zbekiston mamlakati mustahkam o‗rin olganini ifodalaydi. 2005 yil 28 dekabrda ushbu monument oddiga farzandini bag‗riga bosib turgan munis o‗zbek ayoli siymosi — Baxtiyor ona haykali o‗rnatiddi (haykaltarosh I.Jabborov). Mustaqillik monumenti va Baxtiyor ona haykali Ezgulik arkasi, oq poyondoz shaklidagi keng yo‗lak bilan birga yaxlit ansamblni tashkil qiladi. Mustaqillik yillarida ko‗plab me‘moriy majmualar: ―Imom Buxoriy‖, ―al Farg‗oniy‖, ―Xotira va qadrlash‖, ―Shohidlar xotirasi‖ va boshqa me‘moriy obidalar barpo etildi. Jumladan, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1997 yil 29-apreldagi ―Muhammad ibn Ismoil Imom al Buxoriy tavalludining xijriy 1225 yilligini nishonlash va uni o‗tkazish to‗g‗risida‖ gi qaroriga muvofiq yodgorlik majmui I.A.Karimov rahbarligida yaratilgan loyiha asosida Chelak tumanining Xartang qishlog‗ida Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Andijon, Namangan, Qo‗qon va Shaxrisabz halq ustalarining oltin qo‗llari bilan me‘morchilik tarixida eng qisqa muddat ya‘ni sakkiz oy mobaynida barpo etildi.1998-yil 23-oktyabr kuni ochilgan Imom Buxoriy yodgorlik majmui hozirgi kunda bu tabarruk zamin butun islom olamidan, chet eldan kelgan sayyoxlar bilan gavjumdir. O‗zbekistonning qadimiy shaharlaridagi tarixiy binolarni tiklash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Bunga Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarida qayta tiklangan o‗nlab binolar, obidalar misol bo‗laoladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini xayotga tadbiq etish jarayonida yuzlab akademik litsey va kasb-xunar kollejlari uchun mahobatli binolar bunyod etildi. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling