Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
aholi geografiyasi va demografiya asoslari
6.2. Demografik bashorat Fanda biror hodisa yoki biron-bir ob‘ekt holatining o‘zgarishini oldindan ko‘ra bilish va ayta olish bashorat deb ataladi. Hozirgi paytda geografiyada bashoratlash va bashorat tushunchalari mavjud. Bashoratlash-o‘rganilayotgan borliq (ob‘ekt) holatining o‘zgarishi haqida ma‘lumotlar yig‘ish yoki olish jarayonidir. Bashorat esa bashoratlash bo‘yicha tadqiqotlarning natijasidir. Umuman bashorat deganda o‘rganilayotgan borliq yoki hodisaning kelajakdagi holati va ko‘rinishining tavsifi tushuniladi. Demografik bashorat deganda malum hudud aholisining soni, tarkibi va demografik vaziyati istiqbolining asoslangan holda oldindan aniqlash tushiniladi. Har qanday ijtimiiy–iqtisodiy bashoratlar, demografik bashorat zaminida tuziladi. Kelajakda ishlab chiqarish lozim bo‘lgan mahsulotlar miqdorini rejalashtirish uchun avvalo kelajakdagi aholi soni, yosh-jinsiy tarkibi, oilalar sonini bilish lozimdir. Ayniqsa, aholining yosh tarkibi bo‘yicha bashorati muhim ahamiyatga egadir. Kelajakda maktabgacha bo‘lgan bolalar muassalari, maktablar, oila va maxsus o‘quv yurtlarini qurilishini rejalshtirish uchun kelajakda qancha bola maktabgacha ta‘lim muassasalariga qatnashi mumkin, qancha bola maktab yoshiga etishi, qancha bola maktabni tugatib oliy va maxsus o‘quv yurtlariga borishi haqidagi malumotlar zarurdir. Aholining yosh – jinsiy tarkibi haqidagi bashorat, tibbiy xizmat tarkibi haqidagi bashorat tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimining rivojlanishi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Aholi yosh-jinsiy tarkibi bo‘yicha tuzilgan bashorat asosida kelajakda qancha bolalar va ayollar shifokorlari, aholining keksa guruhiga xizmat qiluvchi kardiologlar, onkologlar, nevropotologlar kabi mutaxassislar tayyorlash rejalashtiriladi. Kelajakda, yangi ish o‘rinlarini tayyorlash xalq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirish istiqbollarini aniqlashda esa mehnat yoshidagi aholi haqidagi bashorat ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Umuman, iqtisodiyot va aholini ijtimoiy hayotining barcha qirralari istiqbolini rejalshtirishda shu ijtimoiy jarayonlarning qatnashchilari, iste‘molchilar va yaratuvchilari bo‘lishi aholi guruhlari haqidagi demografik bashorat 135 zarurdir. Aks holda kelajak uchun rejalshtirilgan har qanday ijtimoiy-iqtisodiy jarayon ijobiy natija bermaydi. Demografik, bashorat demografiya fani va demografik tadqiqotlarning asosiy vazifalaridan biri hosoblanadi. Demografik bashorat-bashorat etilayotgan davrga qarab qisqa muddatli, o‘rta muddatli va uzoq muddatli bo‘ladi. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling