VATANIM
Gullamoqda chamanlar keltirib shirin nafas,
Bog’dagi qizil gullar ko’rganlar qilar xavas.
Bahor keldi olamga quvontirib dillarni,
Ikki sevgan juftlikni ishq kuyida qilib mast.
Bu o’zbegim diyori o’zgacha bir shiori,
O’zgacha g’urur bilan hilpiraydi bayrog’i.
Turar doim yarashib yurtimning ramzlari,
Go’zallikka burkangan o’sha mashhur gerbi ham.
Vatanmga berib ta’rif aytaman o’z so’zlarim,
Bunday vatan qayda bor, aytinglarchi do’stlarim.
Shu vatanning qadriga doim yetib yuraylik,
Surya tomonga ketib, keyin afsus qilmaylik.
Bo’lmoqda o’zgarishlar kimlar bundan norozi,
Sabr bilan chidasak bordur tosh-u torozi.
Fitnalarga uchmasdan aytaman o’z so’zlarim,
O’zbegimdek go’zal yurt qayda bordur, do’stlarim.
Umidjon Mirvaliyev
Do'stlaringiz bilan baham: |