Gullar va qushlar bayrami


Download 30.19 Kb.
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi30.19 Kb.
#1412041
1   2   3
Bog'liq
Gullar va qushlar bayrami

Bugun o'zgachadir jilvagar olam ,
Bugun o'zgachadir borliqda xanda,
Bugun ko'zlaringda kular quyosh ham ,
Shafaq gulshanida tarang chirmanda
2-Boshlovchi:
Bu tong egnida atlasdan ko'ylak ,
Harirga o'rangan qizlarday gulgun .
Ilk bora ko'z ochib chiqqan boychechak
Sanamlar qulida go'zaldir bu kun
Endi navbat o'quvchilarimiz ijrosidagi qo'shiqqa
Qo'shiq "Hey lola"
(O'quvchilar „Hey,lola"qo'shig'ini ijro etadilar ).
-Tom ustida nelar bor hey, lola ,
O'rdak bilan g'ozlar bor hey,lola
O'rdak ketib g'oz qolsin hey, lola
Dushman ketib do]st qolsin hey, lola
-Tom ustiga chiqaylik hey, lola
Suqsur kelsa otaylik hey,lola .
U suqsurning patina hey lolayey,
Qizlarimizga taqaylik hey, lola.
2-Boshlovchi:
Endi navbat gullar va qushlar haqidagi she'rlarga
She'rlar:
1-o'quvchi :
Bu yurt o'g'lonlari mehri butundir ,
O'tli qalblar yurtiga ishonch ustundir ,
Xush kelding ,bahorim,dillarga hamdam
Bizning quvonchlardan quvonsin olam.
2-o'quvchi:
Chechaklar barq urib, keldi bahorim,
Don-dunim, osh nonim ham rizqu ro'zim,
Jahonga tik boqqan sen , qora ko'zim,
Xushkelding bahorim , dillarga hamdam,
Bizning quvonchlardan quvonsin olam.
3-o'quvchi:
Lolazor bo'lar qirlar,
Dalalar-u bog'lar ham.
Baxtiyorlik timsoli.
Gulga dildan extirom.
4-o'quvchi:
Atirguli chinni gul,
Nastarinlar ochilgan.
Yo'lning ikki yoniga
Baxmal gilam to'shalgan.
5-o'quvchi:
Raxmat deydi keksa yosh,
Gul o'stirgan kishiga.
Axdimiz maqsadimiz,
Yordam bermoq ishiga.
6-o'quvchi:
Marxabo aziz do'stlar,
Quvonchlik gul bayramga
Iliq tabassumingiz,
O'xshab ketadi gulga.
Ola hakka. Kakku.
Uchar par-par ola hakka, Nima ekan bu qush nomi,
Daraxtzor-u chakalakda. Sevar to'qay o'rmonni.
Qo'nar o'ynab butoqqa, Qo'shiq aytarkan kak-ku,
Alanglaydi har yoqqa. Shu sababdan nomi kakku.
Ukki. Mayna.
Qushlar qo'shig'i ukki, Satang qushcha mayna qush,
Qayrilma tumshuq dukki. Chorbog'imda sayrar xush,
Ko'zi yonar olovdek, Parlari qora baxmal,
Kalamushni ov qilar, Tergandek tillo zarhal.
Tekinxo'rni daf qilar. Oshaman deb bulbuldan,
Mayna deb olgan shundan.
Kaklik.
Tog' tovug'i go'zal kaklik,
Oyoqlari po'paklik.
Qizil tumshuq, qizil ko'zlik,
Patlari mayin, kulrang ko'xlik.
Raqs "Qaldirg'och"
1-boshlovchi:
Tabiatda bugun o'tli uyg'onish,
Nur bilan kiradi dilga orzular.
Yuraklar shodlikdan etadi xonish,
Labdan labga ko'char mayin kulgular.
2-Boshlovchi:
Quyosh kirib kelar har xonadonga,
Barobar ulashar yog'dusin bugun.
Quyosh tabassumi etar jahonga,
Ushalar dildagi orzular bugun
1- Boshlovchi: Endigi navbat gullar va qushlar haqidagi ma'lumotlarga
2-Boshlovchi: : Marhamat tinglang va eslab qolishga xarakat qiling !
Ma'lumotlar: 6 ta o'quvchi gullar, 6 ta o'quvchi qushlar haqida ma'lumot beradi.
Raqs : Yakkaxon
1-boshlovchi: Prezedentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov biz o'quvchilarning ta'lim olishimiz uchun barcha sharoitlarni yaratib bermoqda . Jumladan boshlangich sinflardayoq chet tillarini mukammal o'rganishga katta ahamiyat berilmoqda.

Download 30.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling