Gullash davri, changlanish va urug‘lanish reja: Gullash davri. Changlanish jarayoni


Download 146.52 Kb.
bet1/4
Sana09.01.2022
Hajmi146.52 Kb.
#267521
  1   2   3   4
Bog'liq
6-Mavzu boyicha maruza taqdimoti (1)


: GULLASH DAVRI, CHANGLANISH VA URUG‘LANISH

Reja:
  • Gullash davri.
  • Changlanish jarayoni.
  • Urug‘lanish jarayoni.

  • Adabiyotlar: 1, 3.

1. Gulli o‘simliklarning gullash jarayoni turlichadir. Кo‘pchilik shamol bilan changlanuvchi o‘simliklar novdasida dastlab gul hosil bo‘lib keyinchalik barg paydo bo‘ladi. (Bodom, tog‘olcha, shaftoli, o‘riк).

Кo‘pchilik bargini to‘kadigan o‘simliklarda (qayin, eman da) barg va gul hosil bo‘lishi bir vaqtning o‘zida ro‘y beradi. Ayrim o‘simliklar guli ertalab ochilsa, noqulay ob-havo sharoitida yopilib qoladi (kanop, shafran). Durman, tamaki gullari kunduzi yopiq bo‘lsa, kechasi ochilib turadi.

To‘pgullarda gul ochilishi ham turlicha. Masalan: shingil, to‘pgulda pastki gullar yuqoriga qarab ochilib borsa, murakkab boshoqda o‘rtadan gulning uchiga va asosiga qarab ochiladi. Murakkab gullarda savatchaning chetidan o‘rtasiga qarab ochiladi. G‘o‘zada dastlab pastki gullar ochilsa vegetatsiyaning oxirida poyaning uchidagi gullar ochiladi.

O‘simliklarning gullash davri ham turlichadir. Masalan: olma, nok, olxo‘ri, pista kabi o‘simliklar 6-12 kun gullaydi. G‘o‘za esa bir necha oy davomida gullaydi. Limon o‘simligi qulay iqlim sharoitida muntazam gullab boradi. Gul hosil qilish o‘simlikning turiga bog‘liqdir. Masalan: qayin 10-12 yildan keyin shaftoli 3-5, jo‘ka 20-25, eman 80-100 yoshida gul hosil qilish xususiyatiga ega. Gul hosil qiluvchi kurtaklar yozda hosil bo‘lib, qishlab bahorda gul hosil qiladi.

2. Gul yetilganidan keyin changdonda yetilgan changning onalik tumshuqchasiga tushishi changlanish deb ataladi. Changlanishni quyidagi 2 ta usuli mavjud. 1. O‘z-o‘zidan changlanish. 2. Chetdan changlanish

Tabiatda ko‘pchilik o‘simliklar kleystogamli gullar hosil qilsa (Yopiq gullaydigan gullar), ayrimlari xaziogamli (ochiq gullovchi) gullar hosil qiladi. Masalan: yeryong‘oqda tuproq yuzasidan yuqori qismida xaziogamli gul hosil qilsa, tuproq ostida kleystogamli gul va meva hosil qiladi.

O‘simliklarning o‘z-o‘zidan changlanishi Ch. Darvin tomonidan 27 yil davomida o‘rganilgan. Natijada u shunday xulosaga kelgan: Chetdan changlanish nasil sifatini yaxshilanishiga olib keladi.

Hashoratlar yordamida changlanuvchi o‘simliklar entomofil o‘simliklar deyiladi. O‘simliklarning hashoratlar yordamida changlanishi tabiatning eng muhim xususiyati hisoblanadi. Changlanishda asalari, kapalak, pashsha, qo‘ng‘iz, chumoli va boshqa hashoratlar muhim rol o‘ynaydi. Nektar tarkibi 25-95% suv, 3-72% glyukoza va tamli shakarga to‘g‘ri keladi.

Shiradonlar gulning gulqo‘rg‘on qismida joylashgan bo‘lib hashoratlarni gulning ichiga kirishiga majbur qiladi. Chang yuzasining g‘adir-budur va yopishqoqlik xususiyati ularga yopishib boshqa gulga borganda changlanish jarayonini amalga oshiradi.


Download 146.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling