Gulli o`simliklar tasnifoti


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1618436
  1   2   3
Bog'liq
GULLI O‘SIMLIKLARNING XILMA XILLIGI



MAVZU: GULLI O‘SIMLIKLARNING XILMA XILLIGI 
Reja 
 1. Gulli o`simliklarning sinflarga bo`linishi. 
2. Ikki pallalilar sinfiga tavsif. 
3. Sinfning sinfchalarga bo`linishi. 
4. Magnoliyaqabilar sinfchasining asosiy qabila va oilalari. 
Tarqalishi. 
5. Ahamiyati 


 1. Gulli o`simliklar bo`limi ikki va bir pallalilar sinfiga 
bo`linadi. 
Ikki pallalilar sinfiga mansub o`simliklar kelib chiqishi 
bo`yicha qadimgi bo`lib, ular orasida daraxt, buta va o`t 
o`simliklar uchraydi. Hozirgi paytda bu sinfga 190000 tur 
o`simlik kirib, ular 10000 turkum, 429 ta oilani tashkil etadi. 
(Taxtajiyan,1987).
Ikki pallali o`simliklar sinfining o`ziga xos xarakterli 
belgilari quyidgilardan iborat: 
1. Murtagi 2 ta palladan iborat. 
2. Urug`i endospermli yoki endospermsiz. 
3. Murtagida boshlang`ich ildiz o`simlik hayotining to 
oxirigacha saqlanib o`q ildiz hosil qiladi. 
4. O`tqazuvchi nay tolalar to`plami ochiq tipdagi bo`lib, ular 
xalqa bo`lib joylashgan. Shu bilan birgalikda ularda poyaning 
ikkilamchi tartibda qalinlashishiga imkon beradigan kambiy 
katlami mavjud. 
5. Bularning ko`pchiligida gulkurg`on 5 a`zoli. 
6. Bu sinfda daraxtsimon vakillari bir pallalilarga nisbatan 
ko`p uchraydi.
Ikki 
pallalilar 
sinfi 
– 
Dycotelodonae 
yoki 
Magnoliyasimonlar sinfi- Magnoliopsida . Bu sinf quyidagi 
sinfchalarga bo`linadi: 


1. Magnoliyakabilar sinfchasi - Magnoliidae 
2. Ayiqtovonkabilar sinfchasi - Ranunculidae
3. Chinnigulkabilar sinfchasi – Caryophyllidae 
4. Chinorkabilar sinfchasi – Hamamelididae 
5. Dilleniyakabilar sinfchasi - Dilleniidae
6. Ra`nokabilar sinfchasi - Rosidae 
7. Yalpizkabilar sinfchasi - Lamidae 
8. Qoqio`tkabilar sinfchasi - Asteridae
1. Magnoliyakabilar sinfchasi sodda tuzilgan, tarkibida efir 
modda saqlovchi bezchalarning bo`lishi, gul qismining spiral 
joylanishi, apokarp ginitseyning bo`lishi, bilan farq qiladi. Bu 
sinfcha vakillarining ko`pchiligi daraxt, buta va o`t 
o`simliklardan tashkil topgan. Sinfcha bir nechta qabilalarni o`z 
ichiga oladi. 
1. Magnoliyanomalar qabilasi –Magnoliales. 
Bu qabila tarkibida 3 ta oila mavjud bo`lib, ulardan 
magnoliyadoshlar oilasi haqida fikr yuritamiz. 
Magnoliyadoshlar oilasi- Magnoliaceae.
Oilaning 12 turkumga mansub 230 ga yakin turi asosan 
Janubiy – Sharqiy Osiyo va Shimoliy Amerikaning tropik va 
subtropik o`lkalarda tarqalgan. Ularning ko`pchiligi daraxt va 
buta o`simliklardir. Barglari oddiy, novdada ketma-ket 
joylashgan. Poyasining po`st qismida efir moy bilan to`lib 


turuvchi xujayralar mavjud. Gullari oddiy yoki murakkab 
yakka-yakka holda joylashgan ikki jinsli, gul qismlari spiral 
joylashgan, hasharotlar yordamida changlanadi. 
Gul tojbarglari oq, sariq, binafsha rangli, limon xidini 
tarqatadi. Changchi va urug`chisi cheksiz, mevasi ko`p urug`li 
bargak meva. Mevaning umumiy ko`rinishi, ochik urug`lilarning 
onalik qubbasini eslatadi. 
Oilaning tipik vakili–yirik gulli magnoliya (Magnolia 
grandiflora) hisoblanadi. 
Gul formulasi: Û P3+3+3A∾G∾ 
Oilaning yana bir vakili – Lola daraxti (Lirodendron tulipifera). 
Gul formulasi: Û Ca3Co3+3A∾G∾ 
Bu oila vakillari manzarali o`simlik sifatida mamlakatimiz 
va boshqa davlatlarda ekib o`stiriladi.
2.Lavranamolar qabilasi - Laurales
Bu qabilaning 11 ta oilaga mansub 2700 ga yaqin turi ma`lum. 
Ular asosan daraxt va buta shaklidagi o`simliklar. Barglari 
ketma-ket, qarama-qarshi, ba`zan xalkasimon joylashgan. 


Lavrdoshlar oilasi – Lauraceae
Oilaning 2000 dan ortiq turi Janubiy Amerika, Janubiy-Sharqiy 
Osiyo va Avstraliyaning tropik va subtropik mintaqalarida 
tarkalgan. 
Oilaning keng tarqalgan turlaridan biri asl lavr (Laurus 
nobilis). Bu o`simlik g`oyat xidli, gullari mayda, ayrim jinsli, 2 
uyli, yoki bir uyli o`simlik.
Gul formulasi : Û P3+3A3+3+3 G(3) 
Mevasi-danak yoki rezavor meva, urug`i endospermsiz. 
Lavr o`simligi qimmatbaha oziq - ovkat, ziravor, dorivor, 
texnik, manzarali o`simlik sifatida muhim ahamiyatga ega. 
Uning navlari subtropik o`lkalarda – Kavkaz, Qrimda 
madaniylashtirilgan.
Oilaning ikkinchi turi Avakado (Persea gratissima) 
hisoblandi.
U doimiy yashildaraxt, nok shaklidagi rezavor mevasining 
og`irligi 600 grammgacha etib boradi. Mevaning tarkibida 30 % 
gacha yog`, 4 % oqsil moddasi bor. Uning mevasi uchun Qora 
dengizning janubiy sohili va Kavkazda o`stiriladi. Avakado 
oshqozon va qand kasalligiga duchor bo`lgan kishilar uchun 
yaxshi dietik ovqat xisoblanadi.
3. Nulufarnamolar qabilasi – Nymphaeales.


Bu qabilaga ko`p yillik suvda o`suvchi, ko`pincha ildiz 
poyali o`simliklar kiradi. Poyasi reduktsiyaga uchragan. Barglari 
butun ketma - ket yoki xalqa shaklida joylashgan. Gullari yirik 
ikki jinsli, to`g`ri, xashoratlar bilan changlanadi. Qabilaning 
muhim oilasidan biri Nilufardoshlar. 
Nilufardoshlar oilasi – Nyphaeaceae. 
Bu oila gulli o`simliklarning eng qadimgi oilalaridan biri 
bo`lib, ular 8 ta turkum va 100 ga yaqin turdan iborat. Aksariyat 
qismi issiq iqlimli va subtropik o`lkalarda tarqalgan. O`rta 
Osiyoda 2 ta turkumga oid 4 ta turi uchraydi. Ularning 
ko`pchiligi suv xavzalarida – ko`llarda, botqoqliklarda o`sadigan 
ko`p yillik ildiz poyali o`simliklar. Gullari yirik, aktinamorf, 
ikki jinsli.
Gul formulasi: Û Ca3 -5Co∾A∾G∾- 
Mevasi: yong`oqcha yoki rezavor meva. Oilaning 
aksariyat vakillari suvda o`suvchi manzarali o`simlik sifatida 
o`stiriladi. Ildiz poyasi kraxmalga boy.


 Oilaning xarakterili vakili-oq Nilufar (Nymphaea alba). Uning 
bargi yuraksimon, qattiq, suvda suzishga moslashgan. Guli 
bandli, gul kosacha barglari 4 ta yashil rangli, tojbarglari va 
changchilari cheksiz, urug`chisi bir necha meva bargchalarining 
qushilishidan shakllangan. Tugunchasi o`rta, mevasi – rezavor 
ko`p urug`li. Urug`i endsperm va perispermli. Urug` po`stida 
suvda suzib yurishga yordam beruvchi xavo bo`shliqlari bo`ladi. 
Bu tur Sirdaryo va Amudaryo deltalarida uchraydi. Oilaning 
ikkinchi vakili – Sariq nilufar (Nuphar luteum). Bu o`simlikni 
ham belgilari yuqoridagilarga o`xshab ketadi. Faqat tarqalish 
jixatidan Irtish daryosi sohili va Balxash kullarida tarqalgan. 
Yana bir turkum . Viktoriya (Victoria regia) bo`lib, u 
Amerikadagi Amazonka daryosi xavzasining qirg`oqlarida 
uchraydi. Barglari 2 m. Guli 35 sm. gacha bo`lib, 50 kg. gacha 
yukni ko`tara oladi. Bu xam maxsus xavzalarda o`stiriladi. 
Gullari turlicha shakl va rangli gul- qo‘rg‘onga (gulkosa, gultoj) 
hamda uning ichida joylashgan changchi va urug‘chiga ega 
bo‘lgan, urug‘tangandan so‘ng meva hosil qiladigan o‘simliklar 
gulli o‘simliklar deyiladi (6-rasm). 
6-rasm. Gulli o‘simlik – g‘o‘za: 1-umumiy ko‘rinishi; 2-guli; 3-
ko‘sagi; ^-ochilgan ko‘sagi. 


Yer yuzidagi gulli o‘simliklar 533 oila, 13000 turkum va 250 
mingdan ortiq turni o‘z ichiga olishi aniqlangan. Bu 
o‘simliklarning har biri o‘ziga xos belgilari bilan bir-biridan farq 
qiladi. 
Gulli o‘simliklarning hammasi ham o‘z hayoti davomida gullab 
meva tugadi. Ular ildiz, poya, barg, gul, meva va urug‘- lardan 
tashkil topgan bo‘ladi. Bu ularning o‘ziga xos belgilari 
hisoblanadi. 
O‘simliklar dunyosi million yillar davomida turlicha iq- lim 
sharoitiga, tuproqqa va namlikka moslashib shakllangan. 
Ularning organlari, ichki tuzilishi, ajoyib xossalari, xususan, 
hayotiy shakllari, yirik guli va mevasi, ildizi, salobatli shox- 
shabbasi, umrboqiyligi, ayrim mayda jonzotlar bilan oziq- 
lanishi, kelgusi naslni o‘z bag‘rida voyaga yetkazib, mustaqil 
hayotga yo‘llanma berishi kabi irsiy belgilari bilan necha 
asrlardan beri odamlarni o‘ziga jalb etib kelmoqda (7-rasm). 
7-rasm. Hasharotxo‘r o‘simliklar: 1- nepentes (kuvacha); 2- 
drosera. 


Har bir o‘simlik turining o‘ziga xos ajoyib xossalari bor. 
O‘simliklarning xilma-xilt igini aks ettiruvchi misollar juda 
ko‘p. Bularga Seyshel orolidagi o‘n yillar mobaynida pishib 
yetiladigan, og‘irligi 25 kg ga yetadigan seyshel palmasi 
yong‘oqlari, tanasida 200 l gacha suv saqlaydigan Meksika 
kaktuslari, Kanar orollarida 6000 yilgacha umr ko‘radigan ajdar 
daraxtlari, Sumatra orolidagi diametri 1 m ga yetadigan rafleziya 
kabi ulkan gullar misol bo‘ladi. Bunday ajoyibotlar 
o‘lkamizdagi o‘simliklar orasida ham ko‘plab topiladi. Masalan, 
jazirama issiqqa bardosh berib, qum uyumlarida o‘sadigan, 
barglari arang ko‘rinadigan saksovul va qandim, poyasi suv 
tagida bo‘lib, guli suv yuzasida ochiladigan nilu- far, hasharotlar 
bilan oziqlanadigan suv qaroqchisi, tabiat ko‘rki bo‘lgan qizil 
lola, ko‘zagul, sallagul, chinnigul va jumagullar (xolmon), 
noyob mevali o‘simliklardan pista, bodom, safsanlar, tabobatda 
ko‘p ishlatiladigan chakanda, isiriq, na’matak, suvqalampir va 
boshqalar o‘simliklar dunyosining ajoyib vakillaridir. 
Gulning tashqi qavati, odatda, yashil rangli gulkosacha- barglar 
bilan o‘ralgan bo‘ladi. Ulardan so‘ng rangli gultoj- barglar 
joylashadi. Gulning o‘rta 
qismida changchilar
, mar- kazida esa 
urug‘chi joylashadi. 


Gulli o‘simliklarning xilma-xilligi ekologik sharoit- ning 
o‘zgarishi bilan bog‘liq. Ular million yillar mobaynida o‘zgarib, 
yangi muhitga, sharoitga moslasha borgan. Sharoit o‘zgarishi 
bilan o‘simliklarda yangi muhitga xos belgilar paydo bo‘lgan va 
bu belgilar vaqt o‘tishi bilan sekin-asta mustahkamlangan 
(irsiylashgan). Natijada maxsus sharoit- larga moslashgan yangi 
o‘simliklar (turlar, turkumlar, oilalar) paydo bo‘lgan. Yangi 
sharoitga moslasha olmagan o‘simliklar yo‘qolib ketgan. 
Bundan 140 million yillar ilgari urug‘li qirqquloqlarning shu 
davrgacha saqlanib kelgan vakillaridan gulli o‘simliklar paydo 
bo‘lgan. 
Gulli o'simliklar bo'limi turlarga eng boy bo'limlardan biridir. 
O'simliklar dunyosida gulli o'simliklar muhim o'rin egallaydi. 
Hozirgi vaqtda gulli o'simliklar 533 oila, 13000 turkum va 
250000 ga yaqin to'rni o'z ichiga oladi. Demak barcha tuban va 
sporali yuksak o'simliklarni birga qo'shib xisoblaganda ham, 
gulli o'simliklar ustunlik qiladi. Gulli o'simliklar Yer sharining 
deyarli barcha zonalarida uchraydi va o'simliklar qoplamida 
muhim rol o'ynaydi. 


Gulli (yopik urug'li) o'simliklar boshqa o'simliklarga nisbatan 
tashqi sharoitga yaxshirok moslashgan, chunki ularda 
reproduktiv va vegetativ organlar takomillashgan bo'lib, urug' 
ko'rtaklari mevachi barglar bilan qoplangan. Yopik urug'li 
o'simliklar urug'i tashqi tomonidan meva bilan uralib turganligi 
uchun noqo'lay sharoitdan (kurib kolishdan, xarorat ta'siridan va 
xayvonlardan) ximoya qilinadi. 
Eng qadimgi gulli o'simliklar xasharotlar va shamol vositasi 
bilan changlangan. Gulli o'simliklar hayotida tuguncha ham 
katta rol o'ynaydi. Tuguncha bu mevachi barglarning qo'shilib 
o'sishi natijasida vujudga kelib, undan meva xosi bo'ladi. Gulli 
o'simliklar o'ziga kerakli ozukani vegetativ organlardan qabul 
qiladi. Yopik urug'li o'simliklarda gametofit juda qisqarib 
ketgan, anteridiylar yo'qolib ketib, spermalar vujudga kelgan. 
Yopik urug'li o'simliklar uchun xos yana bir muhim belgi 
shundan iboratki, ularda qo'sh urug'lanish mavjud. qo'sh 
urug'lanish natijasida deyarli bir vaqtda yani murtak (embrionO 
bilan endosperm vujudga keladi. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling