Gulli o`simliklar tasnifoti
GULLI O'SIMLIKLARNING CHIQIB KELISHI
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
GULLI O‘SIMLIKLARNING XILMA XILLIGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gulli oʻsimliklar
GULLI O'SIMLIKLARNING CHIQIB KELISHI.
Gulli o'simliklarning kelib chiqishi haqida hozirgacha yagona bir fikr yuk. Shu bone, gulli o'simliklar kachon va qayerda paydo bo'lgan va eng kadimiy gulli o'simliklarning dastlabki vakillari qaysi o'simliklar degan savollar paydo bo'ladi. Ilmiy manbalarda ta'kidlanishicha gulli o'simliklar bur davrida paydo bo'lgan deb karalmokda. Bu fikrni tasdiklovchi bir qator dalillar mavjud. Demak gulli o'simliklar taxminan bundan 120 mln. yil oldin paydo bo'lgan. Ayrim olimlar gulli o'simliklar mezozoy erasining trias davrida xattoki, poleozoy erasining perm davrida paydo bo'lgan deb xisoblaydilar. Gulli oʻsimliklar (Magnoliophyta yoki Angiospermae), yopiq urugʻli oʻsimliklar, yopiq urugʻlilar — gul chiqaradigan yuksak oʻsimliklar guruxi. Urugchi organining mavjudligi va qoʻsh urugʻlanish G.oʻ.ga xos xususiyatdir. G.oʻ.ning urugʻ kurtagi bir yoki bir nechta boʻrtgan meva barglaridan iborat berk tuguncha boʻshligʻida boʻladi. Urugʻlari meva ichida joylashgan (yopiq urugʻlilar degan nom shundan kelib chiqqan). Bunday oʻsimliklar ikki sinf ( bir pallali oʻsimliklar va ikki pallali oʻsimliklar )ga boʻlinadi. Oʻz navbatida bular ham kenja sinflar, tartib, oilalar, turkumlar va ularning barcha oraliq kategoriyalari bilan turlarga boʻlinadi. G. u.da 400 oila , 12 mingdan ortiq turkum va 250 mingga yaqin tur mavjud. Yer yuzidagi yuksak oʻsimliklarning yarmidan koʻprogʻini yopiq urugʻli oʻsimlik turlari tashkil etadi. Odamlar uchun keraqli oʻsimliklar, jumladan oziq- ovqat oʻsimliklari ( bugʻdoy , javdar , sholi , kartoshka , dukkaqlilar va b.), tolali oʻsimliklar ( gʻoʻza , zigʻir , kanop va hokazo), efir moyli va dorivor oʻsimliklar , mevalilar va kauchukli oʻsimliklarning koʻpchiligi G.oʻ.ga kiradi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling