1. Aktinomorf gullar. 2.Zigomorf gullar 3. Asimmetrik gullar.
Aktinomorf gullarda (to`g`ri) uning yuzasidan bir necha simmetirya o`tkazish mumkin. Zigomorf gullar yuzasidan faqat bitta simmetiriya o`tkazish mumkin.
Masalan: Labguldoshlar, dukkakguldoshlar shunday gul hosil qiladi. Asimmetrik gullar yuzasidan birorta ham simmetriya o`tkazish mumkin emas. (Kanna, valeriana gullari).
Changchilar yig`indisi andratsey deyiladi. Ular mikroskpora hosil qilishga xizmat qiladi.
Changchilarga ta`rif berishda ularning soniga, joylanish doirasiga tutashganligiga va uzunligiga e`tibor berish kerak.
Urug`chi va uning tuzilishi. Urug`chilar yigindisi ginitsey deyiladi. Ular 1 ta yoki bir necha meva bargchaning qo`shilishidan hosil bo`ladi. Masalan: olxo`ri, shaftolida 1 ta, karamda 2 ta, shoyigul, piyozda 3 ta, olma, nokda 5 ta, lolaqizg`aldoqda 9 - 11 ta meva bargchaning qo`shilishdan hosil bo`ladi.
Urug`chi quyidagi qismlardan tuzilgan bo`ladi.
1. tumshiqcha. 2. Ustuncha. 3. Tuguncha.
Tumshiqchaning vazifasi changni qabul qilishga xizmat qilishdir. Buning uchun unda ishlab chiqilgan suyuqlik yordam beradi.Ustuncha tuguncha va tumshukchani bir biriga bog`lab turadi. Ustunchalar soni meva bargchalar miqdoriga bog`liq. Masalan: olma, nok 5 ta meva bargcha va 5 ta ustuncha hosil qilsa, chinigulda 3 ta, labiguldoshlar va butguldoshlarda bitta ustuncha hosil qiladi. Uning rivojlanishidan urug` hosil bo`ladi.
Tuguncha gul qismlarining joylashgan o`rniga qarab quyidagi turlarga bo`linadi.
4. To`pgullar. Bir necha gulning birgalashib joylashishi to`pgul deyiladi.. To`pgularni shoxlanish usuliga qarab 2 guruhga ajratamiz.
1. Monopodial shoxlanuvchi to`pgullar. 2. Simpodial shoxlanuvchi to`pgullar. Monopodial shoxlanuvchi to`pgullarda o`sish nuqtasi cheksiz o`sish xususiyatiga ega bo`lib, yon shoxlarining soni noaniq bo`ladi. Bunday to`pgullarda gulning asosiy o`q qismi yaxshi ifodalangan bo`lib, gullar gulning asosidan uchiga doimiy ravishda ochilib boradi.
Simpodial shoxlanuvchi gullarning o`sishi chegaralangan bo`lib, hatto har bir tur va oilaga kiruvchi, o`simlikda farq qiladi. Bunday to`pgullarda guli uchidan asosiga qarab ochiladi. Manopadial to`pgullar o`z navbatida quyidagi turlarga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |