Gulli o`simliklar tasnifoti


Download 35.04 Kb.
bet1/3
Sana24.06.2023
Hajmi35.04 Kb.
#1652908
  1   2   3
Bog'liq
Gulli o`simliklarni ochiq va yopiq yerlarda ko`payishi




Gulli o`simliklarni ochiq va yopiq yerlarda ko`payishi
Reja





1. Gulli o`simliklarning sinflarga bo`linishi.
2. Ikki pallalilar sinfiga tavsif.
3. Sinfning sinfchalarga bo`linishi.
4. Magnoliyaqabilar sinfchasining asosiy qabila va oilalari. Tarqalishi.
5. Ahamiyati
1. Gulli o`simliklar bo`limi ikki va bir pallalilar sinfiga bo`linadi.
Ikki pallalilar sinfiga mansub o`simliklar kelib chiqishi bo`yicha qadimgi bo`lib, ular orasida daraxt, buta va o`t o`simliklar uchraydi. Hozirgi paytda bu sinfga 190000 tur o`simlik kirib, ular 10000 turkum, 429 ta oilani tashkil etadi. (Taxtajiyan,1987).
Ikki pallali o`simliklar sinfining o`ziga xos xarakterli belgilari quyidgilardan iborat:
1. Murtagi 2 ta palladan iborat.
2. Urug`i endospermli yoki endospermsiz.
3. Murtagida boshlang`ich ildiz o`simlik hayotining to oxirigacha saqlanib o`q ildiz hosil qiladi.
4. O`tqazuvchi nay tolalar to`plami ochiq tipdagi bo`lib, ular xalqa bo`lib joylashgan. Shu bilan birgalikda ularda poyaning ikkilamchi tartibda qalinlashishiga imkon beradigan kambiy katlami mavjud.
5. Bularning ko`pchiligida gulkurg`on 5 a`zoli.
6. Bu sinfda daraxtsimon vakillari bir pallalilarga nisbatan ko`p uchraydi.
Ikki pallalilar sinfi – Dycotelodonae yoki Magnoliyasimonlar sinfi- Magnoliopsida . Bu sinf quyidagi sinfchalarga bo`linadi:
1. Magnoliyakabilar sinfchasi - Magnoliidae
2. Ayiqtovonkabilar sinfchasi - Ranunculidae
3. Chinnigulkabilar sinfchasi – Caryophyllidae
4. Chinorkabilar sinfchasi – Hamamelididae
5. Dilleniyakabilar sinfchasi - Dilleniidae
6. Ra`nokabilar sinfchasi - Rosidae
7. Yalpizkabilar sinfchasi - Lamidae
8. Qoqio`tkabilar sinfchasi - Asteridae
1. Magnoliyakabilar sinfchasi sodda tuzilgan, tarkibida efir modda saqlovchi bezchalarning bo`lishi, gul qismining spiral joylanishi, apokarp ginitseyning bo`lishi, bilan farq qiladi. Bu sinfcha vakillarining ko`pchiligi daraxt, buta va o`t o`simliklardan tashkil topgan. Sinfcha bir nechta qabilalarni o`z ichiga oladi.
1. Magnoliyanomalar qabilasi –Magnoliales.
Bu qabila tarkibida 3 ta oila mavjud bo`lib, ulardan magnoliyadoshlar oilasi haqida fikr yuritamiz.
Magnoliyadoshlar oilasi- Magnoliaceae.
Oilaning 12 turkumga mansub 230 ga yakin turi asosan Janubiy – Sharqiy Osiyo va Shimoliy Amerikaning tropik va subtropik o`lkalarda tarqalgan. Ularning ko`pchiligi daraxt va buta o`simliklardir. Barglari oddiy, novdada ketma-ket joylashgan. Poyasining po`st qismida efir moy bilan to`lib turuvchi xujayralar mavjud. Gullari oddiy yoki murakkab yakka-yakka holda joylashgan ikki jinsli, gul qismlari spiral joylashgan, hasharotlar yordamida changlanadi.
Gul tojbarglari oq, sariq, binafsha rangli, limon xidini tarqatadi. Changchi va urug`chisi cheksiz, mevasi ko`p urug`li bargak meva. Mevaning umumiy ko`rinishi, ochik urug`lilarning onalik qubbasini eslatadi.
Oilaning tipik vakili–yirik gulli magnoliya (Magnolia grandiflora) hisoblanadi.
Gul formulasi: Û P3+3+3A∾G∾
Oilaning yana bir vakili – Lola daraxti (Lirodendron tulipifera).
Gul formulasi: Û Ca3Co3+3A∾G∾
Bu oila vakillari manzarali o`simlik sifatida mamlakatimiz va boshqa davlatlarda ekib o`stiriladi.
2.Lavranamolar qabilasi - Laurales
Bu qabilaning 11 ta oilaga mansub 2700 ga yaqin turi ma`lum. Ular asosan daraxt va buta shaklidagi o`simliklar. Barglari ketma-ket, qarama-qarshi, ba`zan xalkasimon joylashgan.
Lavrdoshlar oilasi – Lauraceae
Oilaning 2000 dan ortiq turi Janubiy Amerika, Janubiy-Sharqiy Osiyo va Avstraliyaning tropik va subtropik mintaqalarida tarkalgan.
Oilaning keng tarqalgan turlaridan biri asl lavr (Laurus nobilis). Bu o`simlik g`oyat xidli, gullari mayda, ayrim jinsli, 2 uyli, yoki bir uyli o`simlik.
Gul formulasi : Û P3+3A3+3+3 G(3)
Mevasi-danak yoki rezavor meva, urug`i endospermsiz. Lavr o`simligi qimmatbaha oziq - ovkat, ziravor, dorivor, texnik, manzarali o`simlik sifatida muhim ahamiyatga ega. Uning navlari subtropik o`lkalarda – Kavkaz, Qrimda madaniylashtirilgan.
Oilaning ikkinchi turi Avakado (Persea gratissima) hisoblandi.
U doimiy yashildaraxt, nok shaklidagi rezavor mevasining og`irligi 600 grammgacha etib boradi. Mevaning tarkibida 30 % gacha yog`, 4 % oqsil moddasi bor. Uning mevasi uchun Qora dengizning janubiy sohili va Kavkazda o`stiriladi. Avakado oshqozon va qand kasalligiga duchor bo`lgan kishilar uchun yaxshi dietik ovqat xisoblanadi.
3. Nulufarnamolar qabilasi – Nymphaeales.
Bu qabilaga ko`p yillik suvda o`suvchi, ko`pincha ildiz poyali o`simliklar kiradi. Poyasi reduktsiyaga uchragan. Barglari butun ketma - ket yoki xalqa shaklida joylashgan. Gullari yirik ikki jinsli, to`g`ri, xashoratlar bilan changlanadi. Qabilaning muhim oilasidan biri Nilufardoshlar.
Nilufardoshlar oilasi – Nyphaeaceae.
Bu oila gulli o`simliklarning eng qadimgi oilalaridan biri bo`lib, ular 8 ta turkum va 100 ga yaqin turdan iborat. Aksariyat qismi issiq iqlimli va subtropik o`lkalarda tarqalgan. O`rta Osiyoda 2 ta turkumga oid 4 ta turi uchraydi. Ularning ko`pchiligi suv xavzalarida – ko`llarda, botqoqliklarda o`sadigan ko`p yillik ildiz poyali o`simliklar. Gullari yirik, aktinamorf, ikki jinsli.
Gul formulasi: Û Ca3 -5Co∾A∾G∾-
Mevasi: yong`oqcha yoki rezavor meva. Oilaning aksariyat vakillari suvda o`suvchi manzarali o`simlik sifatida o`stiriladi. Ildiz poyasi kraxmalga boy.
Oilaning xarakterili vakili-oq Nilufar (Nymphaea alba). Uning bargi yuraksimon, qattiq, suvda suzishga moslashgan. Guli bandli, gul kosacha barglari 4 ta yashil rangli, tojbarglari va changchilari cheksiz, urug`chisi bir necha meva bargchalarining qushilishidan shakllangan. Tugunchasi o`rta, mevasi – rezavor ko`p urug`li. Urug`i endsperm va perispermli. Urug` po`stida suvda suzib yurishga yordam beruvchi xavo bo`shliqlari bo`ladi. Bu tur Sirdaryo va Amudaryo deltalarida uchraydi. Oilaning ikkinchi vakili – Sariq nilufar (Nuphar luteum). Bu o`simlikni ham belgilari yuqoridagilarga o`xshab ketadi. Faqat tarqalish jixatidan Irtish daryosi sohili va Balxash kullarida tarqalgan. Yana bir turkum . Viktoriya (Victoria regia) bo`lib, u Amerikadagi Amazonka daryosi xavzasining qirg`oqlarida uchraydi. Barglari 2 m. Guli 35 sm. gacha bo`lib, 50 kg. gacha yukni ko`tara oladi. Bu xam maxsus xavzalarda o`stiriladi.
Gul yuksak o`simliklar uchun xos bo`lib evalyutsion taraqqiyotning sungi bosqichida vujudga kelgan. Gul - shakli o`zgargan, o`sishi chegaralangan spora hosil qilishga xizmat qiladigan organ hisoblanadi. Gulning taraqqiyoti natijasida changlanish jarayonidan keyin otalanish natijasida tuxum xujayrasi rivojlanib urug` va meva hosil bo`ladi.
2. Gul kelib chiqishiga ko`ra o`zgargan novda bo`lganidan barg va poya kelib chiqish xususiyatiga egadir. Poya qismiga gul bandi va gul o`rni kirsa barg kelib chiqishiga ega bo`lgan qismlariga gulkosabarg gultojibarg, urug`chi va changchilar kiradi.
Yuqoridagi qismlar o`ziga xos vazifani bajarish xususiyatiga ega. Gul bandi poyaning davomi bo`lib, ayrim o`simliklarda o`z rivojlanishini tezda to`xtatsa (olma, o`rik, shaftoli) ko`pchilik o`simliklarda meva pishgungacha o`sishni davom etiradi.
Gul urnida barcha gul qismlari joylashgan bo`ladi. Ulvarning joylanishiga qarab gullarni uch guruhga bo`lish mumkin.

  1. Siklik gullar (sabzida)

  2. Atsiklik gullar (magnoliya)

  3. Gemitsiklik gullar (ayik-tovonda)

Siklik gullarda gul qismlari doira hosil qilib joylashadi. Doiralar soni ayrim gullarda 1 ta bo`lsa ayrimlarida 16 tagacha bo`ladi. bunday gullar sabzi gulini tuzilishida yaxshi ifodalangan.
Atsiklik gullarda gulkosa va gultojibarglar speral hosil qilib joylashadi. Masalan: Magnoliyada.
Gemitsilik gullarda gulkosa va gultojibarglar doira hosil qilib joylashsa, changchi va urug`chilar speral hosil qiladi. Masalan: ayiqtovon gulida. Gul o`rnida gul qismlarning joylanishi ma`lum qonuniyatga amal qiladi. Gulkosa va gultojibarglar gulni muhafoza qilishga xizmat qilsa, changchilar yigindisi androtseyni, urug`chilar yigindisi ginetseyni hosil qiladi.
Gulkosa va gutojibarglar gul qavatlarini tashkil qiladi. gulda ham gulkosa, ham gultoji bargi bo`lsa ikki qavatli, gulda yoki gulkosacha yoki gultoji barg bo`lsa bir qavatli gullar deyiladi.
Bir qavatli gullar ayrimlari gulkosabargli (lavlagi, shavel) va gultojibargli (lola) bo`ladi.
Gultojibarglar - gulning ikkinchi qoplamini hosil qiladi. Ularning rangi xromoplastalar va xujayra shirasi pigmentlarga bog`liqdir. Xujayra shirasi tarikibidagi axtotsian va antoxlor pigmentlari kislotali va ishqoriy muhitga bog`liq holda o`z rangini nomoyon qiladi. Gul tekisligi tuzilishiga qarab gullarni 3 guruhga ajratish mumkin.

Download 35.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling