Jizzax davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fa’kulteti Biologiya o’qitish metodikasi kafedrasi Chinniguldoshlar oilasi Chinnigulkabilar kenja ajdodi (sinfi) Caryophyllidae
Download 277.39 Kb.
|
Chinniguldoshlar oilasi
Jizzax davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fa’kulteti Biologiya o’qitish metodikasi kafedrasiChinniguldoshlar oilasiChinnigulkabilar kenja ajdodi (sinfi) - CaryophyllidaeChinnigulkabilar kenja ajdodi (sinfi) - Caryophyllidae3 ta qabila, 19 ta oila, 650 turga ega. Bu sinfcha vakillari bir yillik, ko’p yillik o’tlar, yarimbutalar, butalar yoki kichikroq daraxtlardan iborat. Gullari ikki jinsli yoki bir jinsli, gul qismlari halqa (sikl) tarzida jo’ylashgan.Chinnigulnamolar qabila – Caryophyllales ( 17 ta oila) vakillari asosan o’t o’simliklari bo’lib, gohida buta. Ba’zi oila vakillarining gul qo’rg’oni oddiy, ko’zga uncha tashlanmaydigan va asosan shamol vositasida changlanadigan o’simliklardir (sho’radoshlar oilasi vakillari). Boshqa oila vakllarining guli esa qo’shgul qo’rgonlik, qo’zga tashlanadigan ochiq tusli, entomofil o’simliklardir (chinniguldoshlar oilasi).Bu oilalarning umumiy bo’lgan belgilari murtakning qayrilganligi ia perespermaning bo’lishidir (endospermaning yo’qligi). Mevasi ko’sakcha.Bu qabilaning Chinnguldoshlar (Caryophyllaceae) oilasi vakillari asosan bir yillik va ko’p yillik o’t o’simliklari bo’lib, ba’zan chala buta. Barglari qarama-qarshi joylashgan, ko’pchiligi, bandsiz, tekis, ensiz, ko’pincha qo’shilib o’sadi. Gullari aktinomorf, ko’pincha 2 jinsli, besh doirali, 5 bo’lakchali. Beshta yoki 10 ta changlarga ega. Urug’chisi bitta, gullari odatda diхaziy to’p gulga yeg’ilgan, ba’zan yakka-yakka bo’ladi. Entonofil o’simliklar. Mevasi ko’sakcha yoki yokg’oqcha, rezovor.
Chinngul (Dianthus) turkumi vakillari bir yillik, ko’p yillik o’t o’simliklari bo’lib, ba’zibir vakllari chala buta. Gullari yakka yoki diхaziy to’pgulga ega. Gul kosacha barga naychasimon, besh tishchali. Gultojilari bo’yalgan, changchilari 10 ta, 2 ta uschunga ega. Urug’i ko’p sonda. Ko’pchilik turlari gulchilikda madaniy хolda yetishtiriladi (D.barbatus, D. caryophyllus). Ba’zi vakillari katta gulli, хushbo’y хidga ega bo’lib, gulchilikda katta ahamiyatga ega.
Dianthus E’tiboringiz uchun tashakkur! Download 277.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling