Gulli o`simliklar tasnifoti


Oddiy monopodial to`pgullar. 2. Murakkab monopodial to`pgullar


Download 35.04 Kb.
bet3/3
Sana24.06.2023
Hajmi35.04 Kb.
#1652908
1   2   3
Bog'liq
Gulli o`simliklarni ochiq va yopiq yerlarda ko`payishi

1. Oddiy monopodial to`pgullar. 2. Murakkab monopodial to`pgullar.
Oddiy monopodial to`pgullarga quyidagilar kiradi.
Shingil (shoda). Uzun asosi tepada bo`lib bir xil uzunlikdagi gulbandlarda ajrim gullar hosil bo`ladi. Masalan: beda, shirach, yer yong`oq, oq akatsiya va hokazo.
Oddiy boshoq-uzun asosida, gul bandsiz gullar joylashgan bo`ladi. Masalan: zubturum, qiyoq guli.
Dasta to`pgul bitta gul bandida bir necha gul joylashgan bo`ladi. Masalan: olma, nok.
Soyabon - piyoz va olcha gulida hosil bo`lib gullar bir asosida bir xil uzunlikda gumbaz bo`lib joylashadi.
Kuchala - Yong`oq, tol, qayin kabi o`simliklarda pastga qarab osilib turadi.
Savatcha to`pgulda tarelkasimon gul o`rnida cheksiz gul joylashgan bo`ladi. Masalan: kunga boqar, qoqio`t, bo`tako`z va hokazo.
Murakkab monopodial to`p gullar quyidagi guruhlarga ajratiladi.
Murakkab boshoq (bug`doy arpa) 2. Murakkab soyavon (ukrop sabzi)
3. Ro`vak (nastarin).
Simpodial to`pgullarda gullarning asosiy tanasi gul bilan tugaydi. Asosiy novdaning tugashi yon novdani hosil bo`lishga olib keladi. Ular quyidagi turlarga bo`linadi.
6. Gul yetilganidan keyin changdonda yetilgan changning onalik tumshukchasiga tushishi changlanish deb ataladi. Changlanishni quyidagi 2 ta usuli mavjud.
1. O`z-o`zidan changlanish. 2. Chetdan changlanish
Tabiatda ko`pchilik o`simliklar kleystogamli gullar hosil qilsa (Yopiq gullaydigan gullar), ayrimlari xaziogamli (ochiq gullovchi) gullar hosil qiladi. Masalan: yeryong`oqda tuproq yuzasidan yuqori qismida xaziogamli gul hosil qilsa, tuproq ostida kleystogamli gul va meva hosil qiladi.
O`simliklarning o`z-o`zidan changlanishi CH. Darvin tomonidan 27 yil davomida o`rganilgan. Natijada u shunday xulosaga kelgan chetdan changlanish nasil sifatini yaxshilanishiga olib keladi.
Xashoratlar yordamida changlanuvchi o`simliklar entomofil o`simliklar deyiladi. O`simliklarning xashoratlar yordamida changlanishi tabiatning eng muhim xususiyati hisoblanadi. Changlanishda asalari, kapalak, pashsha, qo`ng`iz, chumoli va boshqa xashoratlar muhim rol o`ynaydi. Nektar tarkibi 25-95% suv, 3-72% glyukoza va tamli shakarga to`g`ri keladi.
Shiradonlar gulning gulqo`rg`on qismida joylashgan bo`lib xashoratlarni gulning ichiga kirishiga majbur qiladi. Chang yuzasining g`adir-budur va yopishqoqlik xususiyati ularga yopishib boshqa gulga borganda changlanish jarayonini amalga oshiradi.

Adabiyotlar:





  1. Salobiddinov S. S. Gulli o`simliklar sistematikasi. T. «O`qituvchi» 1966

  2. Hamdamov I va boshqalar. Botanika asoslari. T. «Mehnat». 1990

  3. Xrjanovskiy V. Ch. Kurs obshey. Botanika. M. Vo`sshaya shkola. 1982

  4. Kursanov L. I. va boshqalar. Botanika (O`simliklar sistematikasi). Toshkent. «O`rta va Oliy maktab» 1963

  5. Mustafoev S. M. Botanika. Toshkent. «O`zbekiston» 2002

  6. Maxmedov A., Tog`aev I. U. Yuksak o`simliklar bo`yicha amaliy mashg`ulotlar. Toshkent «Universitet». 1994y

  7. Maxmedov A. M. Botanika fanidan ma`ruzalar. F. 2003

  8. Shostakovskiy S. A. Sistematika vo`sshix rasteniy. M. Vo`sshaya shkola. 1971

  9. Komarnitskiy V. A. va boshqalar. Botanika. Moskva «Prosvehenie» 1977. t. 2

  10. Tog`aev I. U. va boshqalar. Botanikadan amaliy mashg`ulotlar. T. «ToshDAU» 2002

  11. Gordeeva T. N. i dr. Prakticheskiy kurs sistematiki rasteniy. Moskva «Prosvehenie» 1986

  12. www.ziyonet.uz

Download 35.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling