Gʻulomov Asilbek 1-Laboratoriya ishi. Statik malumotlar tuzilmasini tadqiq qilish
Download 175.55 Kb.
|
Gʻulomov Asilbek 1 topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3.2. Ko ‘rsatkichli toifa
1.2.4. Belgili toifa
Satr (qator) bu qandaydir belgilar ketma-ketligi bo‘lib, satr bitta, bo‘sh yoki bir nechta belgilar birlashmasidan iborat bo‘lishi mumkin. C++ tilida satrlarni elon qilish belgilar massivi shaklida amalga oshiriladi. Bu haqda keyinroq batafsil toxtalamiz. Belgili toifadagi o‘zgaruvchilar ustida o‘zlashtirish, taqqoslash va turli matematik amallarni bajarish mumkin. Bunda agar belgili toifalar ustida matematik amallar bajariladigan bo‘lsa, belgilarning ASCII kodlari olinadi. 1.3.2. Ko‘rsatkichli toifa Ko‘rsatkichlar malumotlarni emas, balki bu malumotlar joylashgan xotiradagi manzilni o‘zida saqlaydi. Ko‘rsatkichlar xotirada bor yogi 4 bayt joyni egallab, u ko‘rsatayotgan malumotlar ancha katta joyni egallagan bo‘lishi mumkin. Ko‘rsatkichlar qanday ishlashini bilish uchun mashina xotirasi tashkil etilishining tayanch prinsiplarini bilish lozim. Mashina xotirasi 16 lik sanoq sistemasida raqamlangan yacheykalar ketma-ketligidan iboratdir. Har bir o‘zgaruvchining qiymati uning adresi deb ataluvchi alohida xotira yacheykasida saqlanadi. Ko‘rsatkichli toifadagi o‘zgaruvchilar o‘zida ana shu kabi o‘zgaruvchilar yoki boshqa malumotlarning xotiradagi adresini saqlaydilar. C++ da o‘zgaruvchini ko‘rsatkichli toifada elon qilish uchun o‘zgaruvchi nomidan oldin * belgisi qo‘yiladi. Har bir o‘zgaruvchining toifasi bilan elon qilingani kabi ko‘rsatkichli o‘zgaruvchilar ham malum bir toifa bilan elon qilinadi. Bunda ko‘rsatkichli o‘zgaruvchining toifasi shu ko‘rsatkich ko‘rsatayotgan xotira yacheykasidagi malumotning toifasi bilan bir xil bo‘lishi kerak. Masalan, int a=1 bo‘lsin. Ushbu o‘zgaruvchining adresini o‘zida saqlovchi b ko‘rsatkichli o‘zgaruvchini elon qilishda ham int toifasi ishlatiladi, yani int *b. Endi bunday toifadagi o‘zgaruvchiga a o‘zgaruvchining adresini o‘zlashtirish uchun a ning oldiga & - adres operatorini qo‘yish zarur, yani b=&a. Download 175.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling