G`ulomov. M amaliyot rahbari: Farg’ona-2022 hisobot mazmuni : I. Kirish II


Download 1.29 Mb.
bet2/9
Sana15.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1483695
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Amaliyot hisoboti keregi

Birinchi bosqichda moliyaviy tahlil quyidagi yo’nalishlarda olib boriladi:

    1. Korxonalarning iqtisodiy va moliyaviy holatining dastlabki tahlili, korxonalarning umumiy moliya-xo’jalik faoliyatini baholash, balansdagi «kasal» moddalarni aniqlash;

    2. Korxonalarning iqtisodiy salohiyatini tahlil qilish va baholash. Buning uchun korxona balansi ham vertikal, ham gorizantal tahlil qilinib, korxona mol-mulkining holati, korxona balansining likvidligi, korxonaning moliyaviy mustahkamligi tahlil etiladi.

    3. Korxonalarning moliya-xo’jalik yakunlarini tahlil qilish, baholash. Buning uchun korxonalarning bozorga oid aktivligi, rentabelligi, bozor va investitsiya aktivligi tahlil etiladi.

Ikkinchi bosqichda moliyaviy tahlil quyidagi yo’nalishlarda olib boriladi:

    1. Korxona mol-mulki tahlili. Buning uchun balans valyutasi, asosiy vositalarning aktiv salmog’i, asosiy vositalarning eskirishi, tiklanish va safdan chiqish koeffitsientlari tahlil etiladi;

    2. Korxona balans likvidligini baholash. Buning uchun korxonaga tegishli aylan mablag’lar hajmini qoplash koeffitsienti, balansning tez va absolyut likvidligi, aylan mablag’larning butun korxona aktivlaridagi salmog’i hamda joriy aktivlarda ishlab chiqarish zahiralarining salmog’i tahlil etiladi.

    3. Korxonaning moliyaviy mustahkamligi baholash. Buning uchung korxona kapitalini jamlash, moliyaviy erksizlik koeffitsientlari, uzoq muddatga olingan qarzlarning tarkibi, korxonaga tegishli va qarzga olingan mablag’lar o’rtasidagi nisbiy ko’rsatkichlari tahlil etiladi.

    4. Ishchanlik aktivligi baholash. Buning uchun realizatsiya tushumi, balans bo’yicha foyda, mehnat unumdorligi, fondlar qaytimi, ishlab chiqarish zahiralarini, hisob-kitobdagi korxonaga tegishli kapital va asosiy kapitalni iqtisodiy o’sishining mustahkamlik koeffitsientlari tahlil etiladi.

    5. Korxona rentabelligini baholash. Buning uchun sof foyda, mahsulot rentabelligi asosiy kapital, korxonaga tegishli kapital rentabelligi, korxona mablag’larini qoplash ko’rsatkichlaridan foydalaniladi.

    6. Korxonaning bozorga oid aktivligini baholash. Buning uchun aktsiyaga daromad, aktsiyalar qiymati, aktsiya rentabelligi, dividend daromadi, aktsiyaning kotirovka koeffitsientlari aniqlanadi.

Xorijiy mamlakatlarning tajribasidan ma’lumki, moliyaviy koeffitsientlar moliyaviy tahlil jarayonida keng foydalaniladi. Ba’zi mamlakatlarda moliyaviy koeffitsientlarning 80 tagacha turi bo’lishi mumkin.
Moliyaviy barqarorlikni o’rganish va uni ta’minlab borish uchun quyidagi ko’rsatkichlar tizimidan foydalanish tavsiya etiladi:


    1. Download 1.29 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling