Gumanitar fanlar
Aniqlovchining ikkinchi turi qaratqichli aniqlovchidir
Download 98.99 Kb.
|
Aniqlovchi va uning gap tuzilishidagi o`rni
2.3. Aniqlovchining ikkinchi turi qaratqichli aniqlovchidir
Qaratuvchi aniqlovchining bir turi: biror narsa-pretmetga tegishli (qaratgichli) bo‘lgan shaxs yoki predmetni bildiruvchi bo‘lak. Bu bo‘lak belgili yoki belgisiz qaratgich kelishigi formasidagi so‘z bilan ifodalanadi1 Qaratkichli aniqlovchi biror narsa-pretmet tegishli, qarashli bo‘lgan shaxs yoki predmetni bildiradigan aniqlovchidir. U asosan ot btlan otning aniqlovchilitk aloqasidir. Bunda birinchi bo‘lakdagi ot qaratgich kelishigi qo‘shimchasini oladi, ikkinchi bo‘lak egalik affiksini oladi: Uning qasdiga jadallab, minglarcha yashinlaring bilan qasos olmoqchimisan (N). Qaratgich-aniqlovchi quyidagi so‘z turkumlari bilan ifodalanadi.
Ot bilan: Umrisinobibining darchasidan xatlar-xatlamas xungurak olib yig‘lab yuborgan edi: Sifat bilan: bunda sifat substantivlashgan bo‘ladi: Botirning mushti ishongan do‘sti (M). Zolim ishi jafodir, Mardning ishi vafodir (M). Son bilan: Bunda son ham substantivlashadi: ikkalasining yuzlari yulduzday charaqlagani holda, darichadan ichkariga xatlagan vaqtlarida Zebining “qoro sochim” kuyiga aytayotgan ashulasi quloqlariga shirin-shirin qitiqlamoqda edi (Ch). Olmosh bilan: bunda ko‘pincha ot xarakteridagi olmoshlar qo‘llanadi. Sifat va son xarakteridagi olmoshlar qaratuvchi vazifasida kelganda otlashgan bo‘ladi: Mening qo‘limga shikast yetkazishdan muroding nima? Sening qo‘l ostingdagi yosh jonimga shikast yetkazib nima qilmoqchisan? (N). Sifatdosh bilan: bunda sifatdosh otlashgan bo‘lishi lozim. Kerilganning to‘yiga bor, maqtanganning uyiga (M). Qaratuvchi ikki xil formada bo‘ladi: belgili va belgisiz. Aniqlovchi qaratgich qo‘shimchasini olgan bo‘lsa-belgili, bunday qo‘shimcha olmagan bo‘lsa- belgisiz sanaladi2 Qaratuvchi quyidagi hollarda belgili formada qo‘llanadi: Olmosh bilan ifodalanganda: Uning otasi esa bu xushxabarni eshitgach juda xursand bo‘ldi (N). Shaxs otlari bilan ifodalanganda: Majnunning qimirlashga ham ixtiyori yo‘q edi: o‘lgan tan xarakatsiz bo‘ladi (N). Substantivlashgan so‘zlar bilan ifodalanganda: Kichiklarning kattasi bo‘lma, kattalarning kichigi bo‘l (M). Qaratuvchi substantivlashgan qaratilmishga aloqador bo‘lganda: Dushmanning katta-kichigi bo‘lmas (M). Qaratuvchi egalik affiksini olgan bo‘lsa: Layli savdosining o‘tidan chiqadi yonib, uning tutunlari esa, Majnunning xushini o‘rab olgan edi (N). Quyidagi hollarda esa qaratuvchi belgisiz shaklda ifodalanadi: Abstrakt ot bilan ifodalanganda: Ko‘ngil g‘am (ning) hanjari bilan yaralgangina emas, balki parcha-parcha bo‘lgan edi (N). Qaratuvchi qaralmishdan aniqlangan predmetning nomini bildirganda: Sobiq kursdoshlarim har yili 1-avgustda “Navoiy” parkida to‘planishar ekan (gaz). Erkaklarning qullik do‘ppisiga tegmay, yalang ayollar bilan, ularning sochlari, gajaklari va ro‘mol (ning) popuklari bilan xazillashib o‘ynagan salqin shabada. . . ko‘klam nash’asi bilan sho‘xlik qiladi (Ch). Bu gapda ham ro‘mol, ko‘klam so‘zlari belgisiz qaratuvchi hisoblanadi. Qaralmishdagi egalik affiksi qaratgichning qaysi shaxs ekanligiga qarab yuradi, shunga ko‘ra ba’zi o‘rinlarda qaratqichning ayrim so‘z bilan ifodalanmasligi mumkin. Qaratgich umuman olganda, quyidagi o‘rinlarda yashirinishi mumkin. Qaratgich kelishik olmosh bilan ifodalanganda u tushib qolishi mumkin. Yigitchaning shu “xon” degan qo‘shimchasida “mening Zebinisam” degan ma’no bir maqtanish, bir g‘urur ohangi bor edi (Ch). Qaratgich o‘z olmoshidan bo‘lganda ham, qaratgich tushib qolishi mumkin. Ifodalanmagan qaratgichning o‘z olmoshi yoki boshqa so‘z ekanligi gapning konstruksiyasidan, bo‘laklarning aloqasidan, umuman, mazmundan bilinib turadi: egadan anglashilgan predmetning “egasini” bildirsa, bunday vaqtlarda qaratgich o‘z so‘zi bo‘ladi. Masalan, (O‘z) Bechoraligimni izhor qilib, biz parcha non uchun tilanchilik qilsaydim (N). Ba’zan qaralmish emas, balki qaratgich yolg‘iz qo‘llanib, qaratmish ko‘rinmaydi. Bunday vaqtda qaralmish talab qilinmaydi ham. Bu hodisa boshqaruv munosabati ko‘makchi yordami bilan bo‘lganda-ko‘makchili konstruksiyada uchraydi, o‘sha so‘z ko‘makchi bilan birlikda boshqariladi. Masalan, sendan el nafratlansa, men (ning) uchun (sen) faxrsan (N). Qaratgich va qaralmish bir-biri bilan moslashgan bo‘ladi. Bu moslik shunday ko‘rinishlarga ega: 1) qaratgich va qaralmish son jihatdan bir-biriga mos bo‘lishi shart emas: ma’no va ifodaning talabaiga ko‘ra ulardan istalgan ko‘plik formasini oladi.Masalan, Zunnunning uylari juda chiroyli qilinib yig‘ishtirilgan edi (M). 2) Qaratgich, qaralmish shaxs jihatidan bir-biriga mos bo‘lishi shart. Bu vaqt u shaxslarning soni ham mos bo‘ladi. Masalan, Mingboshining boshiga hamma xotinlari kabi, u ham mening oilam bilan borish-kelish qilib yurardi (Ch). 3) Bu moslashuv qaratuvchining qaysi shaxsda va sonda kelishiga qarab, qaralmishda shunga muvofiq keladigan egalik affiksining bo‘lishi bilan ifodalanadi: Xasanovning fikrlari, ayniqsa, yangi olinadigan yigitlar to‘g‘risidagi fikri, mingboshiga ham ta’sirsiz qolmagan edi (Ch). XULOSA Xulosa sifatida shuni ta’kidlash mumkinki, gap bo‘laklari tobe aloqa orqali hosil bo‘lgan so‘z bog‘lamalarida mavjud bo‘ladi. So‘zlar esa o‘zaro bir-birlari bilan sintaktik aloqaga kirishgandagina gap bo’lagi bo’lib kela oladi. Shu o‘rinda sintaksis gapni bo‘laklarga ajratishning asosiy omili hisoblanadi. Gap bo‘laklarining turini aniqlashda esa so‘zlarning bir-biriga nisbatan munosabati hisobga olinadi. Agar nisbat beriluvchi element bo’lmasa gap bo‘lagi ham bo‘lmaydi. Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, ega gapning sintaktik strukturasida o‘zidan boshqa barcha gap bo‘laklariga (aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol) xatto kesimga nisbatan ham hokim bo‘lak hisoblanadi. Ammo gapni logik jihatdan o‘rganganimizda ega emas, balki predikat (kesim) markaziy element (semantik markaz) bo‘lib, gapdagi (nisbat egaga teng bo‘lgan)subyektini ham predikat ko‘rsatib turadi. Logikada subyekt faqatgina egani emas, balki ba’zida kelishiklar bilan birga kelib to‘ldiruvchini ham ifodalab kelishi mumkin. Demak, gapni sintaktik (shakl) nuqtai nazaridan o‘rganganimizda ega, semantik (mazmun) nuqtai nazaridan o‘rganganimizda esa kesim (predikat) hokim bo‘lak sanaladi. Shu o‘rinda ega va kesim gapning konstitutiv birliklari, qolgan bo‘laklar, ya’ni aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol esa fakultativ bo‘laklar hisoblanadi. Bunday bo‘laklarni kengaytiruvchilar deya e’tirof etilaganligini sematik nuqtai nazardan qaraganda ikkinchi darajali bo‘laklar tan olinmaydi. Ular odatda ega va kesim komponentlariga birikib ketadi. Chunki logika faqatgina subyekt va predikatni tan oladi, xolos. Ko‘rinadiki, ega va kesim munosabatisiz gap haqida fikr yuritib bo‘lmaydi. Ular o‘rtasidagi munosabat esa predikativlikni yuzaga keltiradi. Predikativlikni yuzaga keltiruvchi asosiy vositalar ega tomonidan belgilangan bo‘lib, kesimda ishtirok etadi. Unda uyushtiruvchilik maqomi, albatta, mavjud. Gapdagi ikkinchi darajali bo‘laklar ana shu bosh bo‘laklarga nisbatan belgilanadi. Biroq ularning bir-biriga nisbatan maqomi ham bir xil emas. Ayniqsa, aniqlovchining gap bo‘laklari orasida tutgan o‘rni maqomi to‘ldiruvchi va hol bo‘laklaridan farq qiladi. To‘ldiruvchi va holda tobe bo‘lish bilan birga, hokim bo‘lish xususiyatlari ham bor. Aniqlovchida hokim bo‘lish xususiyati yo‘q. To‘ldiruvchi va hol kesimga bog‘lanib, uning belgisini ifodalaydi (belgi keng ma’noda bo‘lib, o‘rin, payt kabilar ham shunga kiradi), aniqlovchi esa, to‘ldiruvchi va holning belgisini bildirib, ularga tobe bo‘lib keladi. Unda hokim bo‘lishi xususiyati yo‘q. Shu jihatdan olganda,aniqlovchi ikkinchi darajali bo‘laklar ichida o‘ziga xos quyi maqomga ega bo‘ladi. Download 98.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling