Guruch ichidan chiqqan tosh yoki bir oshxo`rlikda qonunbuzarlarning ayon bo`lgan sir-asrorlari haqida
Download 21,9 Kb.
|
lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Guruch ichidan chiqqan tosh yoki bir oshxo`rlikda qonunbuzarlarning ayon bo`lgan sir-asrorlari haqida
Toshkent havosi issiqligini qila boshladi. Mehmonlar ko`proq Toshkent suviga qo`l cho`zdilar. R.Alimboyev bo`shagan shishalarni olib, yangilarni qo`yardi. Birdan hamma jim qoldi. Nigohlar o`zgardi, o`tirganlar ko`z urishtirib olishdi. Stol ustidagi Toshkent suvining ichida nimadir qorayib ko`rinardi. Ma`lum bo`lishicha, u bosh barmoqdek keladigan qo`ng`iz ekan. Mezbon hijolatdan yer yorilsa yerga kirib ketguday bo`ldi. Lekin bo`lar ish bo`lgandi. Fakt faktda. Bu faktning faktligini “Toshkentpivo” ishlab chiqarish birlashmasidagi (bosh direktori G.Go`rjiyev) o`rtoqlar bilib qo`yishsa foydadan holi bo`lmaydi. Chunki kunlar isib kelayapti sifatli chanqoqbosdi ichimliklarga bo`lgan ehtiyoj ham parallel ravishda o`sib boradi. Buni yaxna ichimliklar ishlab chiqaruvchi mazkur korxona rahbarlari unitmasliklari kerak. Lekin baribir ular Toshkent suviga cho`kkan qo`ng`izning “xalokati”ni tushuntirib berdilar. Guruch ichidan chiqqan tosh yoki bir oshxo`rlikda qonunbuzarlarning ayon bo`lgan sir-asrorlari haqida O`zbek palovini yoqtirmagan kishi bormi? Ayniqsa choyxona palovi erkaklarning joni-dili. Lekin hamma narsaning ham o`z me`yori bor. Bizning oshxo`rlarga esa bu gap chivin chaqqanchalik ta`sir etmaydi. Chunki ular “professional” oshxo`rlarda! Oshxo`r bo`lganlarida ham “ish vaqtida ayyor, osh vaqtida tayyor"lardan. Ular maoshni kutib “besh-besh” tashlab, bozorma-bozor, to`rva qo`ltiqlab bo`zchining mokkisiday chopishmaydi. Balki kimningdir hojatini chiqarib, oshga “eritishadi”, tayyor oshga bakovul bo`lishadi. Bugun ham “choyxona bazmi” avjida. Ulfatlar quyuq daraxtlar qo`ynidagi choyxona hovlisiga qo`yilgan yog`och karovatda, o`ngi-tersi solinaverib siyqasi chiqib ketgan “qatirma” ko`rpachalar uzra chordona qurib o`tirganlaricha, aljirab-valjirashayapti. Aftidan ular “ulfati chor, anda maza bor” degan halq naqlining mag`zini chaqishyapti… askiya, hazil-mutoyiba esa avjida…
Novcha bo`yli, qotmadan kelgan, qo`ng`iz mo`ylovli choyxonachi istar-istamas kursining bir chetiga cho`kdida, luqma otdi:
Choyxonachi ham ko`p tarang qilmadi. Shartta konyakni otib, piyolani “oq” qilib berdi. Atrofdan “balli, balli, siz ham o`zimizdan ekansiz” degan tasannolar o`qiladi. So`ngra “yigitlarning guli” ulfatlarini qiroat bilan tanishtirishga tushdi.
Atrofdan “xov”, “bu”, “ha-ha” degan beo`xshov kulgi ko`tarildi.
Ulfatlar obdan kulishgach, biroz jiddiy tortishib, mavzuni ishga burishdi.
Boshliqning bu gapidan hammaga jon kirdi. Ulfatlar goh kekirib, goh “xo-xo”lab kulishardi. “choyxona palov” ustidagi gurung anchagacha davom etdi. Oshxo`r ulfatlar biri olib, biri qo`yib avtomobil xo`jaligida :amalga oshirayotgan” qallobliklari va yangi “rejalari” xususida anchagina chaqchaqlashdilar. Ammo biz shu yerga kelganda feletonimizga nuqta qo`yishni lozim topdik. “uzglavstroydrevprom”ning bu avtomobil korxonasida davlat qonun-qoidalarining buzilayotganliginingsababi nimada ekan. Nima uchun korxona rahbarlari o`ta xo`jasizlikka, talon-tarojlikka, moliya-shtat intizomining buzilishiga yo`l qo`yayaptilar! Ularning mushugini “pisht” deydiganlar nahotki topilmasa! O`zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetning XVI plenumida ko`zbo`yamachilarga, oshirib, qo`shib yozuvchilarga, poraxo`rlarga, o`z xizmat maqeini suiiste`mol qilayotgan shaxslarga shafqatsiz bo`lish kerakligi uqdiriladi. Ana shu talablardan kelib chiqib, ATP boshlig`I B.Ubaydullayev, bosh injener A.Alimov, eksplutatsiya bo`limi boshlig`i Sh.Pyxo`jayev, bosh buxgalter I.Kleynerlarning ma`suliyatsizligi, xo`jasizligini qanday baholash kerak. Download 21,9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling