Guruh : Bajardi: Tekshirdi: Navoiy -2023yil
Download 1.23 Mb.
|
k3
Navoiy innovatsiyalar universiteti Texnologiyalar fakulteti Konchilik ishi yo’nalishi _____________________fanidan Mustaqil ish Guruh :___________________ Bajardi: __________________ Tekshirdi: __________________ Navoiy -2023yil Mavzu; Qazib olish tizimi elementlari va parametrlari. Reja; Umumiy ma’lumotlar Qazib olish tizimi elementlari Ularning o’lchamlari Konni ochiq usulda qazib olish tizimi deganda kon-tayyorlash, ochish va qazib olish ishlarining bajarilish ketma-ketligi tushuniladi. Muayyan karyer holatida qabul qilingan qazib olish tizimi barcha atrof muhitni muhofaza qilish qoidalarini bajargan holda, foydali qazimla zaxiralarini xavfsiz, iqtisodiy va to’la qazib olishni ta’minlashi kerak. Gorizontal va nishab konlarni qazib olishda kon-tayyorlash ishlari Karyerning qurilish davrida yakunlanadi. Bu holatda foyalanish davrida yangi gorizontlarni ochish talab qilinmaydi va qazib olish tizimi ochish va qazib olish tartibini ko’rsatadi. Bevosita yer yuzasiga chiqadigan foydali qazilmalarni qazib olishda ochish ishlari mavjud bo’lmaydi va katta e’tibor talab qilmaydi. Unda qazib olish tizimi qazib olish va yangi gorizontlarni ochish bo’yicha kontayyorlash ishlarini ko’rsatadi. Ochish, qazib olish va kon – tayyorlash ishlarini bajarish uchun muayyan tartibda va ketma-ketlikda turli kon va transport uskunalari qo’llaniladi. Karyerda texnologiya tanlashda barcha asosiy va yordamchi ishlar mexanizatsiyalanganligini ta’minlash holati bajarilishi kerak, tanlanadigan mexanizatsiyalar va mashinalar o’zining unumdorligi bilan bir biriga mos kelishi va belgilangan kon ishlarini bajarish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak, bu esa kompleks mexanizatsiyalash talablariga to’g’ri keladi. Ochiq kon ishlarini mexanizatsiyalash nafaqat og’ir qo’l mehnatini mexanizatsiyalashda, balki yuqori unumdorlikka erishishni ham talab qiladi. Shu sababli asosiy va qo’shimcha ishlarni bajarishda eng yaxshi texnik ko’rsatkichlarga erishish bilan yaxshi iqtisodiy ko’rsatkichlarga erishish talablarini qo’yiladi. Kon massasini zaboylardan bir tekisda qazib olib qoplovchi tog’ jinsini ag’darma va foydali qazilmalarni boyitish fabrikalariga tashishga xizmat qiladigan kon-transport, maydalash-ajratish va karyerdagi qo’shimcha uskunalar majmuasi karyerning kompleks mexanizatsiyalash asosini tashkil qiladi. Konning qazib olish tizimi va karyerning kompleks mexanizatsiyalanishi o’zaro bog’liq. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling