Guruh : Bajardi: Tekshirdi: Navoiy -2023yil


Qazib olish tizimi elementlarining o’lchamlari


Download 1.23 Mb.
bet2/6
Sana19.10.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1709426
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
k3

Qazib olish tizimi elementlarining o’lchamlari (pog’onalar balandligi, ishchi va ishchi bo’lmagan maydonlar kengligi, ish fronti uzunligi, ish frontining siljish
tezligi, panellar o’lchamlari va boshqalar) uskunalar majmuasi parametrlari bilan bog’liq. Shu sababli ular bir bo’lgan ochish va qazib olish va uskunalar
majmuasining texnologik ko’rsatkichlari bilan birgalikda ko’rilishi kerak. Bu texnologiya va kompleks mexanizatsiyalashning birligini ta’minlash maqsadida
akad. V.V.Rjevskiy tomonidan ochish va qazib olish texnologik komplekslariga uskunalar va texnologik yechinmalar birligi tushunchasi kiritilgan (birinchi
o’rinda qazib olish tizimi va ularning parametrlari bo’yicha), ular o’zaro belgalangan hajmlarda kon ishlarining xavfsiz, yuqori unumli va iqtisodiy bajarilishini ta’minlaydi. Kon ishlarining texnologik majmualari qo’llaniladigan uskunalar majmuasi bilan farq qiladi, ularning variantlari esa – kon
uskunasining turi va parametrlari bilan farq qiladi, shuningdek uskunalarning texnologik o’rnatilish variantlari bilan ham farq qiladi. Bir turdagi uskunalarda
texnologik majmualar karyer ishchi maydoniga ko’ra rejada va chuqurlikda turlicha joylashishi mumkin. Bu o’rinda faqatgina ochish va qazib olish
ishlarining texnologik o’lchamlari o’zgaradi. Bunday turdagi texnologik majmualar ekskavatsiya sxemasi deb ataladi.

QAZIB OLISH TIZIMI ELEMENTLARI VA ULARNING
O’LCHAMLARI



Qazib olish tizimi elementlariga pog’ona, pog’ona ish fronti, karyer ishlar fronti, karyerning ishchi maydoni, ishchi maydonchalar, transport va xavfsizlik bermalari kiradi.
Pog’onalar. Pog’onaning asosiy parametri uning balandligi hisoblanadi, bu ko’rsatkich bevosita uskunaning unumdorligiga, qazib olingan foydali qazilma
sifatiga, karyer bortining qiyalik burchagi, ishl fronti uzunligi, transport aloqalarining uzunligi, kon-kapital ishlari va boshqalarga ta’sir qiladi. Pog’onaning balandligi yuqori ko’rsatilgan majmualar faktorlariga ko’ra
belgilanadi. Pog’onaning balandligini belgilashda asosiy talablardan biri qo’llaniladigan uskunaning xavfsiz ishlash sharoitini ta’minlanishidir. Gorizontal va nishab kon uyumlarini qazishda pog’ona balandligi asosan
qazilmaning qalinligiga va qoplovchi tog’ jinsiga ko’ra tanlanadi. Qiya va tik qiya konlarda pog’ona balandligi qo’llaniladigan uskuna va qazib olish sifatiga
ko’ra tanlanadi. Bir turdagi qoplovchi tog’ jinslarini va qalin kon uyumlarini qazib olishda pog’ona balandligi qo’llaniladigan uskunalarga ko’ra tanlanadi, bunda qoyasimon tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlash va tashishga bo’lgan xarajatlar kamayadi. Shu o’rinda Texnik foydalanish talablariga ko’ra qoyasimon va yarim qoyasimon tog’ jinslarini qazib olishda pog’ona balandligi
ekskavatorning maksimal qazish balandligidan foydali qazilma balandligi ekskavator qazish balandligidan bir qatorli va ikki qatorli portlatishda 1.5
martadan oshmasligi kerak. Ko’p qatorli portlatishda tog’ jinsi uyumi ekskavatorning maksimal qazish balandligidan 1.5 barobaridan oshmasligi kerak. Ekskavator bilan yuqoridan yuklashda uzaytirilgan ishchi a’zoda pog’ona
balandligi ekskavatorning o’lchamlari bilan aniqlanadi. Murakkab tuzulishli kon uyumlarini qazib olishda pog’ona balandligining oshishi bilan yo’qotishlar va
bo’sh tog’ jinslari bilan aralashuvlar ko’payadi. Shu o’rinda pog’ona balandligi ekskavatorning qazish balandligidan oshmasligi kerak. Ba’zida yo’qotishlarni
kamaytirish maqsadida pog’onalar ikkita nimpog’onaga ajratiladi. Oddiy tuzulishli konlarni qazib olish amaliyoti shuni ko’rsatadiki, pog’onalarning ratsional balandligi mos ravishda ekskavatorlar cho’mich hajmi
3-5 va 8. 12.5 м3 bo’lganda 11-14 va 16-19 m bo’ladi. Aniq holatda pog’ona balandligi yuqorida ko’rsatilgan faktorlarga ko’ra aniqlanadi va yuqorida ko’rsatilgan kattaliklardan farq qilishi mumkin. Pog’onaning qiyalik burchagi α tog’ jinslarining fizik-texnik xususiyatlari, qo’llaniladigan uskunalar va pog’onalarning turish davomiyligiga bog’liq.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling