Guruh: 410 Talaba: Jalilova Visola 1-Mavzu: Adabiyotshunoslik fanining nazariy asoslari


Download 1.65 Mb.
bet2/6
Sana02.01.2022
Hajmi1.65 Mb.
#196424
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Adabiyotshunoslik Jalilova Visola (1)

Vazifalari


Adabiy jarayon adabiyotning rivojlanish yo`lidir. Adabiyotshunoslik

adabiyotni o`rganar ekan, mumtoz yozuvchi va shoirlar ijodi, ularning adabiyot

haqidagi fikrlariga asoslanadi. Adabiyotshunoslikka kirish umuman badiiy

adabiyot to`g`risidagi dastlabki va umumiy ma’lumotlarni beradi.

Adabiyotshunoslikka kirish adabiyot nazariyasidan soddaroqdir

Predmeti va obekti

Adabiyotshunoslik atamasi 1842 yilda Olmoniyada paydo bo`ldi. Atama

keyinchalik Rossiyaga o`tgan (literaturovedenie).

Adabiyotshunoslikning ob’yekti - muayyan tarixiy Sharoit bilan bog`liq

ravishda olinadigan adabiy mahsulot va uning yaratilish jarayonidir.

Adabiyotshunoslikning predmeti - badiiy adabiyotdir.

  • Adabiyotshunoslik fanining predmeti. Fanning predmeti deyilganda o`sha fan nimani o`rganishi nazarda tutiladi. Adabiyotshunoslik ("adabiyot" + "shinos", ya`ni o`rganish, yaxshi bilish + "lik") fanining nomidanoq uning o`rganish sohasi adabiyot ekanligi ochiq-oshkor ko`rinib turadi. "Adabiyot" so`zi arabcha "adab" so`zining ko`plik shakli bo`lib, u keng va tor ma`noda qo`llaniladi. Keng ma`noda qo`llanilganda "adabiyot" so`zi o`qishga mo`ljallab yozilgan va chop qilingan barcha asarlarni o`z ichiga oladi. Shunga qaramay, "adabiyot" so`zi (termini) tor ma`noda ham juda faol ishlatiladi va bunda so`z san`atiga daxldor bo`lgan asarlar — badiiy adabiyot tushuniladi. E`tiborli jihati shuki, istilohning ayni shu tarzda (tor va keng ma`nolarda) qo`llanilishi rus va boshqa bir qator tillarda ishlatiluvchi "literatura" so`ziga ham xosdir. Zero, bu termin ham "litera" ("harf") so`zidan olingan bo`lib, keng ma`noda umuman chop etilgan mahsulotni, tor ma`noda badiiy adabiyotni anglatadi. Biz mutaxassis sifatida "adabiyot" so`zining tor ma`nosini ishlatamiz va bunda badiiy adabiyotni nazarda tutamiz.
  • Demak, adabiyotshunoslikning o`rganish sohasi — predmeti badiiy adabiyot ekan. Adabiyotshunoslik badiiy adabiyotning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari, ijtimoiy aloqalarini har jihatdan va atroflicha o`rganadi. Adabiyotshunoslikning predmeti bo`lmish badiiy adabiyotga taalluqli ilmiy muammolar ko`lami juda keng. Ularning bir qismi umumestetik (badiiy san`at sohalarining barchasiga xos) muammolar sirasiga kirsa, boshqa bir qismi sof adabiyotshunoslik muammolari sanaladi.

adabiyot nazariyasi

adabiyot tarixi

adabiy tanqid

Tarkibiy qismlari



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling