Guruh: 410 Talaba: Jalilova Visola 1-Mavzu: Adabiyotshunoslik fanining nazariy asoslari


Download 1.65 Mb.
bet3/6
Sana02.01.2022
Hajmi1.65 Mb.
#196424
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Adabiyotshunoslik Jalilova Visola (1)

Tarkibiy qismi


Adabiyot tarixi o`tmish adabiyoti(jahon yoki biror milliy adabiyotni)ni uzluksiz jarayon yoki shu jarayonning bosqichlaridan biri sifatida o`rganadi. Adabiyot tarixining asosida tarixiylik prinsipi yotadi. Mazkur prinsipning mazmun-mohiyati shuki, u adabiy jarayonni konkret ijtimoiy-tarixiy sharoit bilan bog`liq hodisa sifatida o`rganishni taqozo qiladi. Adabiyot tarixchisi sifatida konkret badiiy asar tahlil qilinganida ham o`sha asar yaratilgan davr sharoiti, davr adabiy jarayoni xususiyatlarini ko`zda tutish shart qilinadi. Adabiyot tarixini qiziqtiradigan masalalardan yana biri sifatida konkret ijodkor faoliyatini o`rganishni ko`rsatish mumkin. Zero, ijodkor faoliyatini o`rganganda, uning ijodiy o`sish jarayonini kuzatganda ham asosga qo`yilgan prinsip tarixiylik bo`lishi lozimdir. Adabiyot tarixi o`tmish adabiyoti xususiyatlarini ochib berarkan, bu bilan, birinchidan, o`tmish adabiyoti tajribalarini bugungi adabiyot xizmatiga safarbar etadi, ikkinchidan, keng ko`lamli nazariy xulosalar chiqarish uchun zarur material hozirlaydi.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling