bronza, ya’ni mis va qalay qotishmasidan mehnat
qurollari yasash o'zlashtirilgan davr bo'lib, miloddan awalgi 3-2
minginchi yillarni o'z ichiga oladi.
|
Bronza ixtiro qilindi. Metalldan bolta, o‘roq,
ketmon, tesha, nayza, pichoq, qilich, xanjar,
zargarlik buyumlari yasaldi. Omoch, g'ildirak, arava
yasaldi. Ustaxonalar paydo bo4di. Hayvonlardan
transport sifatida foydalanish o'zlashtirildi.
Yorg‘uchoq, o'g'ur, charx-urchuq yasaldi.
Chorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqdi. O troq
dehqonchilik, sug'orma dehqonchilik, savdo
aloqalari vujudga keldi. Shaharlar paydo bo‘ldi.
Turli ijtimoiy tabaqalar, mulkiy tengsizlik vujudga
keldi. Shahar davlat lari shakllandi.
|
Bronzaning kashf etilishi metallurg hunarmandlami,
metallurgiya ustaxonalari va zargarlik korxonalarini vujudga keltirdi. Hunarmandchilikning bu tariqa ixtisoslashuvi turli hududlar
o ‘rtasida mahsulot ayirboshlashga, ularni iqtisodiy jihatdan
bog‘laydigan aloqa yoMlarining paydo bo‘lishiga olib keldi. Bronza davrida
yashagan ajdodlarimiz ho'kiz, ot, eshak va tuyadan transport vositasi
sifatida foydalanganlar.
|
Temir davri
|
Mil. av. 9—7-asrlarga kelib metallga termik usul bilan ishlov berish kashf etilib, uni poʻlatga aylantirilishi yangi material — temirning keng tarqalishiga sabab boʻladi.
|
Temir davrida ishlab chiqarishda buyuk texnika oʻzgarishlari yuz berdi. Temir rudasining mis va kalayga nisbatan tabiatda serobligi, mustahkam sifati uning ishlab chiqarish.da va harbiy sohada tez va keng tarqalishiga olib keldi. Ayniqsa, qishloq xoʻjaligi.da gemir qurollardan foydalanishga oʻtish katta voqea boʻldi. Chunki degʻqonchilik maydonlarini kengaytirishda temir asbob va kurollar (bolta, ketmon, kurak), ayniqsa, temir tishli omoch kabi mustahkam moslamalar paydo boʻldi. Temir davrida dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib chiqib, alohida ishlab chiqarish. xoʻjaligiga aylandi.
|
temirning keng tarqalishi bilan ishlab chiqarish xoʻjaliklarining rivojlanib borishi shubhasiz, ijtimoiy hayotni ham tubdan oʻzgarishiga olib keddi. Yirik qishloqlar hunarmandchilik va oʻzaro ayirboshlash savdo markazita aylanib, shaharlar qad koʻtardi. Ular xom/isht va paxsadan bino qilingan baland va qalin devorlar bilan oʻrab olindi. Shunday qilib, temir va poʻlat buyumlardan keng koʻlamda foydalanish Oʻrta Osiyo shagʻar va qishloqlari taraqqiyotiga ham samarali taʼsir etdi.
|