eneolit, ya’ni misdan qurollar yasash o'zlashtirilgani
uchun mis-tosh davri deyiladi, u miloddan awalgi 4- ming
yillikda yuz beradi.
|
Bu davrda odamlar dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanganlar. Mehnat qurollari toshdan, suyakdan tayyorlangan. Kulolchilik ancha ravnaq topgan: idishlarga geometrik naqshlar solingan, odam va hayvon tasvirini solish ham odat boʻlgan. Qazishmalar natijasida uylar o'rtasida oilaviy e'tiqod joyi, dumaloq
shaklda ishlangan olovxona(altar) , torozi toshlari, to'qimachilik
dastgohining qismlari, urchuq toshlar, pichoq, xanjar, qarmoq,
igna va bigizlar, sopol idish parchalari. mis oyna, taqinchoqlar topildi.
Metall buyumlar yasash keng tarqalganligi aniqlandi. Kulolchilikda
charx dastgohi kashf etildi.
|