Universal o‘nli klassifikatsiya (UO‘K) hamda Kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi (KBK) jadvallarning asosiy vazifasi – hujjatlarning mazmunini ochib berishdan va ularni bilimlarning ilmiy jihatdan asoslangan mukammal tizimi sifatida tasavvur qilishdan va shu tariqa foydalanuvchining kitoblardan foydalanishini mumkin qadar yengillashtirishdan iborat. Jadvallarda barcha bilimlar yig‘indisi mantiqiy tartibda ketma-ket joylashgandir. Universal o‘nlik klassifikatsiya (UO‘K) – jahon miqyosida ishlatiladigan axborot klassifikatsiya tizimi bo‘lib, u fan, adabiyot va san’at, vaqtli nashrlar, turli xildagi hujjatlarni tizimlashda va kartotekalar tuzishda qo‘llaniladi.Klassifikatsiya bo‘linmalarini umumiy tushunchadan (bo‘limdan) xususiy, juz’iy bir ma’nodagi tushunchagacha, ya’ni bo‘lim va bo‘limchalarga o‘tish ierarxik-sistemali tartib deyiladi.Bo‘lim, bo‘linmalar va bo‘limchalarni ierarxik bog‘lanishi kutubxona-bibliografik klassifikatsiyalar (jadvallarni) asosini tashkil qiladi.Sistemali klassifikatsiyaning asosiy xususiyatlari shundan iboratki, bunda barcha bilimlar majmuasi fan sohalarining bo‘linishiga asoslanib, alohida bo‘limlarni hosil qiladi. Bo‘lim ichida yanada mayda bo‘linmalar va bo‘limchalar tashkil qilinadi, bu bo‘limlarning har birida muayyan sohaga tegishli masalalardan biriga doir kitoblar jamlanadi. Bo‘linmalar ichida yanada kichik bo‘limchalar hosil qilinadi. Universal o‘nlik klassifikatsiya - universal va o‘nlilik xususiyatiga ko‘ra barcha bilimlarni keng ochib berish imkoniyatiga ega.
БАН ning fondi УДК asosida klasifikatsiya qilinadi. Bu albatta juda murakkab va mashshqat kasb etadigan klasifikatsiya hisoblanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |