Guruh: 7-19 msm xalilova Xurshida Qabul qildi: Qalandarov A


Download 66.72 Kb.
bet1/3
Sana22.01.2023
Hajmi66.72 Kb.
#1110637
  1   2   3
Bog'liq
Sifat nazorati

Guruh: 7-19 MSM Xalilova Xurshida Qabul qildi: Qalandarov A.

Mavzu: Iqlimiy sinovlarni tashkillashtirish. Haroratda sinash uchun qurilmalar, iqlimiy sinovlar. Reja: 1. Iqlim sinovlari haqida tushuncha 2. EUROLAB sinov laboratoriyasi

Iqlim tushunchasi oʻz ichiga muayyan hududda uzoq vaqt davomida yigʻilgan haroratnamlikatmosfera bosimishamolyogʻin va boshqa meteorologik parametrlar statistikalarini oladi. Ushbu parametrlarning uzoq vaqt emas, balki muayyan vaqtdagi holatlariga ob-havo deyiladi. Boshqacha aytganda, iqlim — bu biror joydagi ob-havo holatlari toʻplamidir. Iqlim — yer yuzasining quyosh nurlariga nisbatan ogʻishiga bogʻliq ravishda obhavoning muayyan joyga xos boʻlgan koʻp yillik maromi, yaʼni biron joyda boʻladigan obhavo sharoitlarining majmui va mavsumiy geografik oʻzgarishi; quyosh radiatsiyasi, yer toʻshama sirti xususiyatlari hamda ular bilan bogʻliq atmosfera dirkulyasiyasi taʼsirida vujudga keladi.

Har bir joy iqlimi uning boshqa joylardagi iqlimga nisbatan oʻziga xos xususiyatlari haqida koʻp yillik meteorologik kuzatishlar natijasidagina toʻla tasavvurga ega boʻlish mumkin. Iqlim atmosfera va faol qatlam (yer yuzasi)da betoʻxtov davom etadigan tabiiy (iqlim hosil qiluvchi) jarayonlar (issiqlik, kinetik va b. shakldagi energiyalarning oʻzgarishlari, suvning bugʻlanishi, suv bugʻining suyuklikka aylanishi, namning bir joydan ikkinchi joyga koʻchishi va h. k.) natijasidir. Yer sharining turli nuktalarida iqlimning turlicha boʻlishi iqlim hosil qiluvchi omillarning har xil boʻlishiga, yaʼni bu jarayonlar sodir boʻladigan oʻsha geografik sharoitlarga bogʻliq. Geografik omillardan eng muhimlari joyning kengligi va balandligi, dengiz sohiliga yaqin-uzokligi, orografiya va oʻsimlik qoplamining xususiyatlari, qor va muzning bor-yoʻqligi, atmosferaning ifloslanganlik darajasi hisoblanadi. Bu omillar kengliklar boʻylab turli iqlimlarning shakllanishiga sabab boʻladi.


Download 66.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling