Guruh Akmal Rayimkulov


Ekologik muammolarni hal etish uchun amalga oshirilgan ishlar


Download 5.96 Mb.
bet4/5
Sana03.12.2023
Hajmi5.96 Mb.
#1801079
1   2   3   4   5
Bog'liq
O\'zbekiston - MO

Ekologik muammolarni hal etish uchun amalga oshirilgan ishlar

  • Orol dengizi muammolarini hal etish suv-energetika resurslaridan oqilona va samarali foydalanish masalalari bilan bevosita bog’liq. Transchegaraviy daryolarni ekologik nuqtai nazardan himoya qilish va ulardan foydalanishni tartibga soluvchi xalqaro huquq me’yorlariga qat’iy rioya etish alohida ahamiyatga ega. Bu masala bo’yicha BMTning 1991 yil 25 fevral, 1992 yil 17 mart va 1997 yil 21 maydagi konvensiyalari davlatlarning “transchegaraviy ta’sirga ega bo’lgan faoliyatini amalga oshirishda transchegaraviy daryolarning xususiyatini hisobga olgan holda, ulardan oqilona va adolatli tarzda foydalanishga” majbur ekanini uqtiradi.
  • O‘zbekiston, xalqaro huquq me’yorlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoning suv- energetika muammolariga uchinchi davlatlarning aralashuvini ma’qul ko’rmaydi. O‘zbekiston BMT konvensiyalariga binoan transchegaraviy daryolardagi barcha gidroenergetika loyihalarini (Qirg’izistondagi Qambarota-1, Qambarota-2, Tojikistondagi Rogun va hokazo) BMT shafeligi ostida xalqaro ekspertizadan o’tkazish nuqtai nazarini qat’iy ilgari suradi.

Soʻnggi uch yil ichida Oʻzbekistonning va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi munosabatlar

  • Oʻzbekistonda kechayotgan tub islohotlar, jamiyatimiz hayotidagi demokratik oʻzgarishlar, erishilgan natijalar nafaqat mamlakatimiz hududida balki qoʻshni davlatlardagi xalqlarda ham katta qiziqish uygʻotib, mintaqaviy jarayonlarga katta ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda.
  • Oʻzaro munosabatlarda yaqin-yaqingacha baʼzi mavzularda gapirish nooʻrin hisoblangan boʻlsa, hozirda biror bir yopiq va muhokama qilinmagan muammoli masala qolmadi.

Mintaqaviy munosabatlarning yangi bosqichga chiqishiga 2017 yil Samarqand shahrida BMT shafeligida Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta'minlash bo'yicha “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo'lidagi hamkorlik” mavzusida xalqaro konferentsiya o'tkazilishi va ushbu tarixiy tadbirdan keyin shakllangan “Samarqand ruhi” katta zamin yaratdi.

  • Mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan mintaqaviy hamkorlikning yangi mexanizmlari tashkil etildi. Bunga misol qilib, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Maslahatlashuv uchrashuvlarini keltirish mumkin
  • Statistik maʼlumotlarga murojaat qilsak, Markaziy Osiyo davlatlarida oʻrtasida tovar ayirboshlash hajmi 2019-yilda 2016-yilga nisbatan 56 foizga oʻsganini kuzatish mumkin. Garchi murakkab pandemiya tufayli oʻtgan yili ushbu raqamlar biroz pasaygan boʻlsa-da, oʻsish koʻrsatkichlarini taʼminlash uchun joriy yilda barcha asoslar yetarlidir
  • Chegara punktlardagi ba'zi bir to'siqlarning olib tashlanganligi natijasida O'zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari o'rtasida aloqalar tubdan yaxshilandi. Taqqoslash uchun, 5 yil oldin O'zbekiston va Qirg'iziston o'rtasidagi chegara punktlaridan bir sutkada 200-300 nafar fuqaro o'tgan bo'lsa, hozirgi kunda bu raqam 30 mingtaga etdi.
  • Tojikiston bilan ham chegara punktlarini sutkasiga 20 ming nafar fuqaro kesib o'tmoqda. Bularning barchasi mintaqa davlatlari xalqlari uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar natijasidir.

Download 5.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling