Guruh jinoiy xulq-atvori psixologiyasi va jinoiy guruh psixologiyasi Reja


Uyushgan jinoyatchilikning koʻzga koʻrinadigan xususiyatlari


Download 28.7 Kb.
bet2/3
Sana03.12.2023
Hajmi28.7 Kb.
#1799427
1   2   3
Bog'liq
3 mavzu

2.Uyushgan jinoyatchilikning koʻzga koʻrinadigan xususiyatlari.
UYuShGAN GURUH — jinoyatda ishtirokchilik shakli; O’zbekiston jinoyat huquqi bo’yicha (O’zbekiston Respublikasi JK, 29modda), 2 yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borish uchun oldindan bir guruhga birlashishi. Uyushgan guruh birga bajaruvchilik ko’rinishida bo’lishi mumkin. Bunda jinoiy faoliyat bilan birgalikda shug’ullanish uchun uyushgan shaxslarning barchasi oldindan til biriktirib guruhning jinoyatni sodir qilishida bevosita ishtirok etadi. Ayni paytda bunday guruhlar uchun shunday uyushganlik mansubki, unda guruhsa qatnashadigan shaxslar muayyan vazifalarga ega, shuningdek, ular o’rtasida martabalavozimlar taqsimlanishi amalga oshgan bo’ladi. Ikkala ko’rinishda ham pog’onali tuzilma bo’lishi va u subordinasiya hamda muvofiqlashtirishga asoslangan bo’ysunish kuzatiladi. Biroq, odatda, bunday guruhlarda uyushganlik darajasi, ularning keng tarqalgan bo’lishiga qaramay, jinoipuyushma bilan qiyeslaganda uncha yuqori bo’lmaydi va shu nuktai nazardan ular uyushgan jinoyatchilikning quyi «pog’onasi»da turadi. Qurollangan Uyushgan guruhlar tuzish, unga rahbarlik qilish yoki ishtirok etish alohida baholanadi. Guruhning qurollanganligi mazkur guruh a’zolarining hyech bo’lmaganda birida qurolning mavjudligi, bu haqda guruhning boshqa a’zolarining bundan aniq xabardorligida ifodalanadi. Qurollangan Uyushgan guruhni tashkil etishning o’ziyoq jinoiy javobgarlikka loyiq qilmish sanal
Uyushgan jinoyatchilik nima?
Shuningdek, uyushgan jinoyatchilik uyushgan jinoyatchilik, bu ma'lum bir ierarxiya, rol va funktsiyalarga ega bo'lgan odamlar guruhidan tashkil topgan har qanday tashkilot bo'lib, ularning asosiy maqsadi jinoyat sodir etish orqali moddiy yoki iqtisodiy foyda olishdir."Uyushgan" jinoyat haqida gap bor Bu aniq jinoiy harakatlarni kelishilgan va yo'naltirilgan tarzda amalga oshirish uchun maxsus yaratilgan kompaniya yoki uyushma iqtisodiy, siyosiy yoki ijtimoiy kuchga erishish.Uyushgan jinoyatchilik uning faoliyatidagi tuzilmalar va murakkablik darajalarini kompaniyadagiga o'xshash tarzda ko'rsatishi mumkin. Shu tufayli u hukumat nazoratini chetlab o'tishga va transmilliy uyushgan jinoyatchilik deb nomlanuvchi xalqaro aloqalar bilan mahalliy va global miqyosda samarali jinoiy tarmoqlarni yaratishga qodir.Uyushgan jinoyatchilik odatda kuch guruhlariga aloqador yoki ularga yaqin bo'lgan shaxslardan iborat bo'lib, shuning uchun ularning rahbarlari adolat qo'liga tushib qolishdan saqlanishadi.Uyushgan jinoyatchilik tomonidan eng ko'p uchraydigan jinoyatlar orasida odam savdosi, qurol-yarog 'va giyohvand moddalar savdosi, qalbakilashtirish, pul yuvish, odam o'g'irlash, suiqasd va tovlamachilik va boshqalar bor O'zlarining jinoiy ustunligini o'rnatadigan joylarda ular bozorning xususiyatiga qarab monopol yoki oligopolistik rejimlarni amalga oshirishga moyildirlar. Uyushgan jinoyatchilikning ba'zi bir misollari italyan mafiyalari 20-asrning birinchi uchdan bir qismidagi Qo'shma Shtatlarda Al Csiyasiapone eng ko'zga ko'ringan holat yoki Kolumbiya va Meksika kartellari giyohvand moddalar, ularning faoliyati asosan o'tgan asrning oxiri va hozirgi kunning boshlari o'rtasida joylashgan bo'lishi mumkin.Ushbu turdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan politsiya organi Interpol, dunyoning 190 dan ortiq mamlakatlarida vakolatxonalari mavjud.O'z navbatida, Birlashgan Millatlar (BMT), xalqaro miqyosda uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha hamkorlik mexanizmlarini ilgari surish maqsadida 2000 yilda Italiyaning Palermo shahrida qabul qilingan BMTning transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasi.
Uyushgan jinoyatchilikning kriminologiya fanida ilmiy-nazariy jihatdan oʻrganilishiga bgan qiziqish asosan oʻtgan XX asrning 70-80-yillariga toʻg’ri keladi. Chunki aynan shu davrlarda uyushgan jinoyatchilikning alomatlarini jinoyat qonunchiligi nuqtai nazaridan dastlabki ilmiy va huquqiy baholashlar yuzaga kelganini koʻrish mumkin.Uyushgan jinoyatchilikning nafaqat mamlakatimizda, balki jahon miqyosi- da ijtimoiy-huquqiy, qolaversa, siyosiy nuqtai nazardan koʻrib chiqilishi va baho berilishi uning turli ijtimoiy-tabiiy fanlarning tadqiqot obyektiga kirib borayotganligining oʻziyoq bu muammoning naqadar dolzarbligini koʻrsatadi. Uyushgan jinoyatchilikning oldini olish va unga y oʻl qoʻymaslikning yana birjihati ularning amaliy jihatdan oldini olish chora-tadbirlarini samarali q oʻlashdan ham iboratdir.Bu borada, barcha davlatlarda b oʻganidek, mamlakatimiz huquq-tartibot va huquqni muhofaza qiiish organlarining amaliy faoliyat koʻrsatishlari katta ahamiyatga ega. Ammo amaliy faoliyat koʻrsatilishi uchun, birinchi nav batda, uyushgan jinoyatchilikning oʻziga xos jihatfarini ilmiy bilish zarur.Zotan, «amaliyotning koʻzi — nazariya» degan falsafiy qarash bu oʻrinda tadqiqotlarning ilk qadam ekanligini oʻtiborga olishni taqozo etadi. Shu jumladan, uyushgan jinoyatchilikning oldini olishdagi amaliy faoliyat kriminologiya fanining yetuk ilmiy tavsiyalariga tayanmog’i lozim.Uyushgan jinoyatchilikning jahon miqyosidagi uyushganlik xususiya- tidan kelib chiqqan holda, yana bir bor ta’kidlash joizki, ushbu ijtimoiy illat insoniyat taraqqiyotiga katta xavf tug’dirishini hayot tajribasi yaqqol koʻrsatmoqda. Ya’ni, uyushgan jinoyatchilik ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, qolaversa, madaniy munosabatlar yoʻnalishlarining har birida, shu bilan birga, ushbu yoʻnalishlarda sodir etiladigan jinoyatlarning bir-biri bilan oʻzaroaloqadorligini ham koʻrsatadi.
Shu bois, mamlakatimizda aynan uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda va shu maqsadda davlat boshqaruv organlari tizimida maxsus organlar hamda xizmat sohalari tuzishga alohida e`tibor qaratilgan. Jumladan , ichki ishlar vazirligi va prokuratura organlari tizimida uyushgan jinoyatchilik hamda korrupsiyaga qarshi kurashda faoliyat koʻrsatuvchi bo`imva bo`inmalartashkil etilgan. Bu organlarga nafaqat jamoat tartibini ta’minlashda, balki jamiyat xavfsizligini ta’minlash boʻyicha Milliy xavfsizlik xizmati va Adliya vazirligi bilan hamkorlik qilish borasida ham zarur vakolatlar berilgan.Eng muhimi, uyushganjinoyatchilikka qarshi kurashda jahon ham-jamiyati bilan hamkorlik qilish va, aytib oʻtilganidek, uyushgan jinoyatchilikning oldini olish va unga yo` qoʻymaslikni ta’minlash davlat siyosatida alohida oʻrin tutadi. Shundan kelib chiqqan holda aytish joizki, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etish va ayniqsa ularning oldini olish, bartaraf etish hamda yo` qoʻymaslik uchun ushbu illatni bilishda kriminologiya fanida ishlab chiqilgan zarur ilmiy tavsiyalarni bilish maqsadga muvofiqdir.Uyushgan jinoyatchilikning yuzaga kelishi va sodir etilishidagi oʻziga xos muammolar yuzasidan turli soha olimlari hamda mutaxassislarining fikrlari har xil bo`sa-da, maqsadi yagona, ya’ni ushbu ijtimoiy unsurga atroflicha va aniq ta’rif berishdan iboratdir. Shu bois, qariyb ellik yildan beri kriminologiya, sotsiologiya fanlarining mutaxassislari, qonun ijodkorlari, sudyalar, huquqni muhofaza qiluvchi, huquq-tartibotni amalga oshiruvchi organlarning xodimlari uyushgan jinoyatchilik muammolariga alohida e’tiborqaratmoqda.. Ayniqsa, bozor iqtisodiyotiga oʻtish munosabati bilan yuzaga kelgan ijtimoiy ishlab chiqarish sohasida, davlatlar oʻrtasida yangidan shakllanayotgan iqtisodiy va siyosiy aloqalar hamda ushbu sanab oʻtilganlar bilan bog’liq jinoiy faoliyatlarning yuzaga kelayotganligi jamoatchilik e’tiborini oʻziga tortmoqda. Bu esa uyushgan jinoyatchilik va uning oʻziga xos jihatlarini olimlarning ilmiy-nazariy jihatdan koʻrib chiqishini talab etadi.oʻg’ri, uyushgan jinoyatchilik va umuman guruh bo`ib jinoyat sodir etish fan uchun yangilik emas. Ushbu ijtimoiy illat yuzasidan tadqiqotlar olib borilgan va borilmoqda. Aynan shu tadqiqotlar asosida oʻtgan asrning 80- yillarida olimlar qilgan ilmiy bashoratlar oʻz isbotini topmoqda.Ya’ni, uyushgan jinoiy guruhlarning tijorat va biznes sohasida qaror topishi oqibatida aholining koʻpchilik qismi oʻzi anglamagan holda uyushgan jinoiy guruhlar xizmatidan foydalanishlarini jahon miqyosida ham koʻrish mumkin. Shuningdek, olimlarning fikriga koʻra, uyushgan jinoiy guruhlar faoliyati va ularning oʻziga xos shakllanishlarini kriminologiya nuqtai nazaridan oʻrganish bu turkum jinoyatlarning oldini olish va ularga yo` qoʻymashkda katta ahamiyatga egadir.
Toʻkidlash joizki, hozirgi kunda Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Bolgariya, Vengriya, Polsha kabi bir qator davlatlarning qonunchiligida aynan uyushgan guruhlar xususida alohida normalar qayd etilmagan bo`sa- da, aynan, turli jinoiy banda, terrohstik tashkilot yoki assotsiatsiyalarda va giyohvandlik vositalarini g’ayriqonuniy ravishda oʻtkazish boʻyicha tashkil etilgan biznes guruhlari tarkibida ishtirok etish, ya’ni ishtirokchilikqilishga nisbatan qafiy normalar belgilangan.
Bu kabi normalar sifatida 1983-yilda qabul qilingan Fransiya Jinoyat kodeksidagi 265-268,385,400-moddalarni, sog’liqni saqlash, terrorizm va davlat xavfsizligi hamda jinoiy faoliyatlarga qarshi kurash toʻgYisidagi qonunlar; 1986-yil 19-dekabrda qabul qilingan terrorizmga qarshi kurash toʻg’risidagi qonun asosida amalda bo`gan Germaniya Federativ Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-§, 130-§a 2,305-§a 3 (Jinoyat kodeksining avval amalda bo`gan 129-§a va uning dispozitsiyasiga kiritilgan oʻzgarishlar bilan bir qatorda), shuningdek 1989-yil 9-iyundagi Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga oʻzgartirishlar kiritish toʻg’risidagi qonunlarni koʻrsatish mumkin.Germaniyaning Jinoyat kodeksiga koʻra, aybni og’irlashtiradigan holatlarda odam o`dirish, oddiy holatlarda odam o`dirish yoki genotsid jinoyatlari; shaxsiy daxlsizlikka qarshi jinoyatlar (tamagirlik maqsadida odamlarni oʻg’irlash, garovga olish kabilar); ishlab chiqarish bilan bog’liq muhim vositalarni ishdan chiqarish: yoqib yuborish, og’iroqibatlarga olib kelgan yong’inni yuzaga keltirish, yadroyoki oddiy portlash vositalarining port- lashini amalga oshirish, suv toshqinini yuzaga keltirish va shu orqali odamlar hayotiga xavf solish, odamlar hayoti va mulkini xavfga qoʻygan holda turli (quruqlikdagi, suvdagi, havodagi) transport vositalarining halokatini yuzaga kellirish; fizik qonuniyatlar asosida ishlovchi (shu jumladan, ion qonu- niyatlari asosida ishlovchi) qurilmalarni nooʻrin qo`lash; aholi uchun muhim bo`gan xizmat koʻrsatish shaxobchalari, pochta, telegraf, temiryo` transporti xizmati ish faoliyatlarini ishdan chiqarish va xalal behsh; umumiy ahamiyatga ega bo`gan suv havzalarini zaharlash kabilar sodir etilganligi uchun shaxsni javobgarlikka tortish koʻzda tutilgan. Shu bilan birga, jinoiy faoliyatni sodir etishga chorlash kabi qilmishlar ham jinoyat qonunchiligi boʻyicha jazolanadi va bunda 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi yoki jarima undiriladi.Ishlab chiqarish vositalarining ishdan chiqishiga javobgar tariqasida aynan aybdor shaxs javobgarlikka tortilishi lozim. Politsiyaga yoki bundesvergga taalluqli transport vositalanning qisman yoki butunlay ishdan chiqishiga aybdor shaxslar ham javobgarlikka tortiladilar. Bu kabi qilmish- larni sodir etgan shaxslarga nisbatan 5 yilgacha muddatga belgilangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo`laniladi.Amerika Qoʻshma Shtatlarida uyushgan jinoyatchilik oddiy («koʻcha» va «umumjinoiy») jinoyatlardan farqli ravishda, faqatgina talonchilik maqsadida emas. balki bir qator «xizmat koʻrsatish va tovar yetkazib berish»dek jinoiy faoliyatlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
1965-1967-yillar davomida Nyu-York shtatida mahalliy hokimiyatlartashabbusi asosida «Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash muammolari yuzasidan Oyster- Beysk konferensiyasi» nomli maxsus konferensiya oʻtkazilgan va ushbu anjumanda uyushgan jinoyatchilikka quyidagicha ta’nf berish e’tirof etilgan: «Uyushgan jinoyatchilik tavakkalchilik asosida faoliyat koʻrsatuvchi, oʻz faoliyatini korporasiyaga oʻxshash uyushma tariqasida va lekin cheklangan hamda foyda keftiruvchi a’zolik, shu bilan birga, zarur majburlash quroliga ega bo`gan, ya’ni, dahshat solish, qiynash, qotillik va oʻz tomoniga og’dirish kabilar bilan faoliyat koʻrsatuvchi muassasadir».
3.Jinoiy guruh klassifikatsiyasi. Jinoiy guruh a’zolarining shaxsiy xususiyatlari.
Jinoiy hamjamiyat a’zosi bo’lib qolgach, ko’pchilik jamoatchilar
faollashib ketadi, chunki ularning faoliyati guruh «obro’-e’tibori» bilan quvvatlanib turiladi. Uyushgan jinoyatchilikni faqat ungagina xos uchta belgilar xarakterlab beriladi:
1. Barqaror tashkiliy tizim uzoq muddat davomida muntazam jinoiy faoliyat bilan shug’ullanishini ko’zda tutib tashkil qilinadi, jinoiy hamjamiyat a’zolari o’rtasida mavqye zinapoyalari amal qiladi, unga ko’ra «quyi» mavqyedagi shaxs yuqoriroq mavqyeni egallaganga so’zsiz bo’ysunadi, rollar va faoliyat chegaralari qat’iy taqsimlab qo’yiladi, o’ziga xos «mehnat taqsimoti» ixtisoslashuvi hukm suradi, shtat ro’yxatiga monand tarzda «amallar» belgilab qo’yiladi - qo’rboshi (ba’zan bir necha guruhlarning qo’rboshilari) jinoiy «kassa» xazinachisi, aloqachilar, qora ishni bajaradigan jangarilar, «rahbar»ga - qo’rboshiga so’zsiz itoat etadilar. Ayrim jinoiy to’dalar o’z razvedkalari va kontrarazvedkalarini, ba’zan esa hatto o’z sudlarini tuzadilar. Jinoiy guruh a’zolari bir-biriga ipsiz bog’langan, «qondosh», shu jumladan qurbonlarning to’kilgan qoni evaziga «qondosh» bo’lib qoladilar. Ko’pchilik jinoiy guruh a’zolari «qasam» ichadilar, har qanday sharoitda ham «sheriklari» va sodir etgan jinoyatlarini sir saqlashga so’z beradilar. Bu ularning «axloq kodeksi» dir.
2. Jinoiy guruh garchi surbetligi va murakkab tayѐrgarligiga ko’ra pishiq-puxta faqat bitta jinoyatni (masalan bankni o’marish) sodir etish uchungina emas, balki uzoq muddat, ba’zan yillar mobaynida jinoiy faoliyat bilan shug’ullanish maqsadida tarkib topadi.
3. Uyushgan jinoyatchilikning uchinchi belgisi –korrupsiyadir, boshqacha qilib aytganda, jinoiy elementlarning davlat apparati hamda huquq-tartibot idoralari bilan chatishib ketishlaridan iboratdir.
3.Jinoyatchi guruhlarning jinoiy harakatlarining psixologiyasi.
Biz kimlarni jinoyatchi guruhlarga qo’shamiz?Jinoyatchi guruhlarning jinoiy harakatlarini tahlil qilganda quyidagi omillarga e’tibor berish kerak:

  1. Ushbu guruhga uyushish sabablari:

  2. «birlashmasdan» jinoyat sodir etishning imkoniyati yo’qligi;

  3. jinoiy maqsadlarning uyg’unligi;

  4. shaxsiy bir-birini ѐqtirish;

  5. xulq-atvorning, e’tiqodlarning monandligi, huquqiy ongdagi umumiy norasolik.

2. Jinoiy guruhda rollarning taqsimlanishi:
iroda sifatlari;
tashkilotchilik qobiliyatlari;
yetakchilarning obro’si va tashabbusi;
ikkinchi darajali a’zolarning irodasizligi, moslashuvchanligi,
ichkilikka ruju qo’yish.
3. Guruh ichidagi to’qnashuvlar va ziddiyatlar.
Uyushgan jinoiy tizimlar zulukdek jamiyat qonini so’radi. Yashirin
iqtisod ularning moliyaviy asosidir.
4. Shaxs va guruhning kriminal yo’nalganliklarining
ijtimoiy - psixologik tavsifi.
Kriminal yo’nalganlik nima?
Jinoyatchilikning tub o’zagi g’arazdan iborat motivdir (kontrabanda,
soxta pul yasash, valyuta operasiyalari qonunlarining buzilishi kabi).
Davlat va xizmat sirlarini sotish, qotillik va qiynash, qurol va o’q-dori bilan qonunga xilof operasiyalar kabi jinoyatlar uchun g’arazli motivlashuv xarakterlidir. Shantaj qilib to’lov undirish maqsadini ko’zlagan jinoyatchilikning yana bir turi «kindneppin» (odamlarni, ko’pchilik hollarda bolalarni o’g’irlash) ham tomir otdi.Uyushgan jinoiy guruhlarning manbalaridan biri (ayniqsa reket jinoyatida) sportchilar bo’lib qolyapti. Zo’ravonligining intensivligi jihatidan reket uyushgan jinoyatchilikning eng tajovuzkor turlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Ko’p hollarda u jismoniy zo’rlik ishlatish, azoblash, qiynash, kimnidir garovga olish, mol-mulkni yo’q qilib tashlash, bosqinchilik ko’rinishlarida namoѐn bo’ladi.«Omadi chopgan» jinoiy hamjamiyat a’zolarida jazoning muqarrar emasligi, korporativ birdamlik, himoyalanganlik tuyg’ularini shakllantiradi. Biroq jinoiy guruhlardan birini fosh etishga oid muvaffaqiyatli o’tkazilgan tergov boshqa guruhlardagi jinoyatchiliklarda fosh etilishdan qo’rquvni uyg’otadi, o’zini asrash hissini qo’zg’atadi. Tergov muvaffaqiyatli o’tkazilishi uchun jinoiy hamjamiyatning psixologik tahlilini, uning tuzilishini, barcha a’zolarini, «lavozim zinapoyasidagi» mavqyeini, har birining shaxsiy xususiyatlarini o’rganish va aniqlashdan boshlamoq zarur.

Download 28.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling