Guruh: ManTour uzb Tash-1 Talaba: Xazratqulov Jaloliddin Fan: Iqtisodiyot nazariyasi Professor o’qituvchi: Nimatov Ibragim. Mavzu


Download 11.52 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi11.52 Kb.
#1555925
Bog'liq
ManTour uzb Tash 1 guruh talabasi Xazratqulov Jaloliddin 2-essay


Guruh: ManTour_uzb_Tash-1
Talaba: Xazratqulov Jaloliddin
Fan: Iqtisodiyot nazariyasi
Professor o’qituvchi: Nimatov Ibragim.
Mavzu: Iqtisodiy faoliyat va uning turlari.

Kirish:
Inson ehtiyojlari turli-tuman bo’lib, ularni turli usullar, vositalar orqali qondirishga harakat qiladi. Insonning ehtiyojini qondirish, ya’ni tirikchilik, hayot kechirishini ta’minlashning vosita va usullari majmui iqtisodiy faoliyat deb ataladi. Mavzu davomida iqtisodiy faoliyat haqida to’liq ma’lumot berib boramiz.
Asosiy qism:
Agar iqtisodiy faoliyatni insonni hayot kechirishini ta’minlovchi faoliyat tarzida qarasak, uni kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixi davomida rivojlanishini ikki asosiy tipga bo’lishimiz mumkin:
1) o’zlashtiruvchi
2) ishlab chiqaruvchi.

Kishilik jamiyatining dastlabki bosqichida insonlar tabiatdagi bor narsalarni to’g’ridan-to’g’ri o’zlashtirish bilan hayot kechirganlar. Insoniyat ma’lum bir paytdan esa ob’ektiv zarurat tufayli tabiatdagi tayyor ne’matlarni o’zlashtiruvchidan ishlab chiqaruvchiga aylandi. Shu paytdan boshlab, uning mehnati sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarildi. Mehnat iqtisodiy jarayonga aylandi. Endi insonlar tabiat ne’matlarini ehtiyojlariga moslashtirishga o’tdilar. Iqtisodiy faoliyat inson hayotining asosini tashkil etadi. U juda murakkab, turli hodisa va jarayonlarni o’z ichiga oladi. Kishilik jamiyati yashar ekan, bu jarayonlar uzluksiz davom etadi. Iqtisodchilar iqtisodiy faoliyatni nazariy jihatdan to’rt fazaga bo’lishadi: ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimot, iste’mol. Insonlarning xo’jalik yuritish faoliyatining natijasi ijtimoiy mahsulot bo’lib, uning harakati ana shu to’rt fazani bosib o’tadi va uzluksiz takrorlanadi.


Ishlab chiqarish.
Iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanadi. Bu jarayondan ishlab chiqarish omillari o’zaro birikib, insonlarning turli-tuman ehtiyojlarini qondiradigan ne’matlar yaratiladi.
Iqtisodchilar ishlab chiqarishda uch marta yirik inqilob yuz bergan va u muvofiq tarzda iqtisodiy taraqqiyotda uch marta yangi davrni boshlab berganini e’tirof etadilar. Bunda o’ziga xos boshlang’ich nuqta rivojlangan industrial (sanoat) ishlab chiqarishning vujudga kelishi bo’lib
u markaziy o’rinni egallaydi, undan so’ng: industrial ishlab chiqarishga qadar bo’lgan davr, ya’ni
toindustrial va postindustrial (lotincha post - keyin) davrlarga bo’linadi. Ishlab chiqarishning industrial rivojlanishga qadar bo’lgan (toindustrial) bosqichi quyidagi xususiyatlarga ega:
— iqtisodiyotning dastlabki sferasi
— qishloq xo’jaligi ustun bo’ladi;
— aholi asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan band;
— asosan qo’l mehnatiga tayanadi;
— mehnat taqsimoti nihoyatda past, natural xo’jalik yuritishga asoslanadi;
— aholi ehtiyojlari turg’un holatda bo’lgan ishlab chiqarishga xos.
Ishlab chiqarishning bu bosqichi hozir ham ayrim Afrika mamlakatlari (Mali, Gvineya)ga xos bo’lib, qishloq xo’jaligida band bo’lganlar mehnat unumi 2 kishini boqishga etadi. Yer shari aholisining ko’payishi, ehtiyojlarning o’sishi, ularni qondirish yo’llariniqidirishga majbur qildi. Bu oxir-oqibat sanoat to’ntarishiga olib keldiki, u Angliyada XVIII asrning 60-yillarida boshlanib, AQShda XIX asrning 50—60- yillarida yakunlandi. Qo’l mehnati mashinalar zimmasiga yuklatildi.


Xulosa:


Iqtisodiy faoliyatni inson hayotidagi o’rni juda ham muhim ekan. Uning har bir tipi bu faoliyatning ajralmas bo’lagi hisoblanadi. Men bu mavzu orqali, Ishlab chiqarish nafaqat iqtisodiy faoliyaning balki, iqtisod fanining ham asosiiy negizi ekanligini,qadim zamonlardan buyon ishlab chiqarish orqali insonning har qanday ehtiyoji qondirilishini bilib oldim.
Download 11.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling