Guruh Ostanaqulov Alijon Mavzu: Ruhiy rivojlanishi sust bolalar psixologiyasi Autizm


Download 102 Kb.
Sana31.05.2020
Hajmi102 Kb.
#112353
Bog'liq
2 5361960519492176003


16.13-guruh Ostanaqulov Alijon

Mavzu: Ruhiy rivojlanishi sust bolalar psixologiyasi

Autizm

Autizmning shakllanishida bir qator faktorlar bor, ammo ularning ko‘pchiligi hali ilmiy asos topmagan. Masalan, 70-yillarda autizm kasalligi kelib chiqishini “bag‘ritosh, bemehr ona” nazariyasi bilan bog‘lashgan. Bu nazariyaning haqiqatga yaqin bir jihati bor – autist bolalarning ko‘pchilik ota-onalari bolalariga e’tiborni kam qaratishadi va ular bilan kam muloqotda bo‘lishadi. Chunki deyarli barcha autist bolalar ota-onalar gap so‘zlariga befarq, emotsiyasiz bo‘lishadi, ular fikrlarini nutq orqali ifodalashga qiynalganlaridan giperaktiv bo‘lib ham ko‘rinishadi.

Autizm kelib chiqishining ikkinchi afsonasi – qizamiqqa qarshi vaksina olish. Bu “afsona”ni bir necha bor ilmiy jihatdan rad etishgan bo‘lsada, ushbu teoriyani o‘ylab topgan odam yolg‘on izlanishlari bilan hali hanuz odamlarni ishontirishga harakat qilib kelmoqda.

Autizmning kelib chiqishining aniq bir sababi o‘rganilmagan bo‘lsada, ba’zi bir ehtimoliy xavflar ham bor. Masalan:



  • Kech farzand ko‘rish ya’ni otaning yoshi ancha katta bo‘lsa;

  • Oilada autist bolalar bo‘lsa;

  • Ko‘p farzandli oilalarda tug‘ilajak farzand (masalan 7-8 farzandlar);

  • Bolalar serebral paralichi (shollik);

Bundan tashqari bir qancha kasalliklar ham autizmga olib kelishi mumkin. Eshitish qobiliyati yo‘qligi, e’tiborning kamlik sindromi, ba’zi xromosom kasalliklar (Retta sindromi), gapirish qobiliyati yo‘qligi.

xozirgi izlanishlarga asoslanib, autistik o‘zgarishlar bolaning 2-3 yoshlaridan boshlab yuzaga chiqadi desak bo‘ladi. Emizikli bolalarda esa hayotiy xususiyatlar ya’ni ota-onalarni tanish, kulish, qo‘zg‘atuvchilarga bo‘lgan sezgining yo‘qligi: taktil, yorug‘lik, tovush va shu kabilar. Ammo bu yoshda autizm kasalligiga faqatgina aniq belgilar yuzaga chiqsa gumon qilsa bo‘ladi. Odatda belgilarni mutaxassisdan ko‘ra yaqin qarindoshlar orasida autist farzandlari bor ota-onalar aniqlashadi. Shunday qilib, autizmni ko‘pincha oilada aniqlashadi. Yosh oilalar o‘zlariga ishonch hosil qila olmaydilar ya’ni bu o‘ziga xosliklar bolaning xususiyatimi (xarakteri) yoki rivojlanishning buzilishimi.


Autizm diagnozi o‘rtacha 2,5-3 yoshlarda qo‘yiladi. Bu yoshga kelib bolada umumiy belgilar yuzaga kela boshlaydi, o‘z tengdoshlari rivojlanishda oldinga o‘tib ketadi. Bolaning qabul qilib olish, o‘rganish, moslashish xususiyatlari yo‘qoladi yoki sekinlashadi va uzoq vaqt talab qiladi. Autizm kasalligida erta aniqlash va ularga alohida erta parvarish qilish bolaning hayotga moslashishida ancha katta yordam beradi. Shuning uchun chet olimlari bolani 1-1,5 yoshlarda mustaqil ravishda test qilib ko‘rishni tavsiya qiladilar. Qobiliyatlarni aniqlash uchun quyidagi holatlarga ahamiyat berish kerak:

  • Bolaga ota-ona qo‘lida bo‘lish yoqadimi yo‘qmi, tizzada olib o‘tirilganda bolaning emotsiyasi, yig‘laganda yoki uxlashidan oldin ota-onaga ehtiyoj sezadimi yo‘qmi?;

  • Boshqa bolalarga qiziqishi bormi?;

  • O‘yinlar o‘ynashga ishtiyoqi bormi yoki yo‘qmi? (qo‘g‘irchoqlarni ovqatlantirish, ovqatlar pishirish, soldatchalar o‘ynash, mashina va shu kabilar);

  • Ko‘zlari bilan atrof olamni kuzatadimi yoki qo‘llaringiz harakatini kuzatadimi yo‘qmi?;

  • Bola ota-ona bilan o‘ynashni yoqtiradimi yo‘qmi?;

  • Barmoqlaringiz bilan ko‘rsatayotgan narsalarga qaraydimi yo‘qmi? (biror bir o‘yinchoq, hayvon shu kabilar).

Barcha savollar bolaning atrof muhitga va odamlarga bo‘lgan qiziqishini aniqlashga qaratilgan. Agar 1,5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda yuqoridagi savollardan ko‘pchiligi manfiy bo‘lsa, bolani mutaxassisga olib boorish kerak. Shuni unutmaslik kerakki, yuqoridagi reaksiyalar faqatgina autizm uchungina xos bo‘lmay, balki bolalarda eshitish qobiliyati yo‘qligi, e’tibor yetishmaslik sindromi va shizofreniyaga moyil bolalarda ham kuzatilishi mumkin.

Autizm kasalligi yoshga qarab quyidagilarga bo‘linadi:



  • Erta bolalik autizmi – 2 yoshgacha;

  • Bolalik autizmi – 2-11 yoshgacha;

  • O‘smirlik autizmi 11-18 yoshlargacha.

Har bir davr uchun spetsfik belgilar farqlanadi, ular bola yoshiga qarab o‘zgarib turishi mumkin. Autizm haqidagi ma’lumotlar kasallikni erta aniqlash va uni bartaraf etishga yordam beradi, qancha erta davo boshlansa, bolaning tashqi muhitga adaptatsiyasi shuncha osonlashadi.

Autizm belgilari

Autizm bolalarda ularning yoshiga, kasallik darajasiga qarab 4 xil ko‘rinishda keladi:



  • Ijtimoiy qoloqlik;

  • Muloqotda o‘z-o‘zi bilan gaplashish, har xil qo‘l harakatlari qilish;

  • Umumiy belgilarning erta boshlanishi.

3 oylikdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda quyidagi belgilar ko‘zga tashlanishi mumkin:

  • Bolaning onasiga bee’tiborlikligi (kulish, jismoniy harakatlar, ovoz chiqarishlar);

  • Bolaning “tayyorgarlik” holati yo‘qligi ya’ni uni ko‘tarishga uringanda qo‘llarini cho‘zmasligi, tizzalarida turishga harakat qilmasligi, emishdan butunlay to‘xtashligi;

  • Jamoa bilan o‘ynashni istamaslik, ota-ona va boshqalar bilan o‘ynaganda injiqlik qilish, yolg‘iz holda o‘ynashni xohlash;

  • Sezuvchanlikning oshib ketishi ovoz, yorug‘likka bo‘lgan. Bundan tashqari qo‘rqitish, baqiriq, arg‘imchoq uchish kabi o‘yinlar paytida injiqliklar qilish;

  • Gapirish qobiliyatining sustayishi, hatto mutizm holatigacha. Exolaliyalar, ya’ni so‘zlarni takrorlash, ota-onadan eshitgan iboralarni qayta-qayta aytib yurish yoki multfilmda eshitgan so‘zlarni doimo aytib yurish, bu Asperger sindromi deyiladi;

  • Tanlab ovqat yeyish, ishtaha sustligi, uyquning yomonlashuvi;

  • Buyruqlarni bajarmaslik, buyumlarni ko‘rsatsa qaramaslik, o‘zining ismiga e’tibor bermaslik;

  • Belgilangan tartibga qat’iy rioya qilishi, ya’ni bir vaqtda uyg‘onishi, buyumlarni bir joyda saqlash, jismlar shakliga qarab saralash va shu kabilar;

2 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan autist bolalarda quyidagi belgilar qo‘shilishi mumkin:

  • So‘zlashish qobiliyatining yaqqol buzilishi kattalar kabi iboralar ishlatib gapirish, bir xil so‘zlarni takrorlab yurish, dialogga kirishmaslik;

  • Xavflardan qo‘rqmaslik: balandlik, avtotrassa, hayvonlardan qo‘rqmaslik, lekin oddiy buyumlardan qo‘rqish, masalan qaynab turgan choynak, elektr yoqgich va shu kabilar;

  • Harakatlardagi takrorlar aylanib turish, tebranib turish, imo-ishoralarning takrorlanishi;

  • Jahldorlik, kulgi, vahimaning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi;

  • Ba’zi bir g‘ayritabiiy holatlarga e’tibor qaratish, masalan eslab qolish qiyin bo‘lgan sonlarni eslab qolish, qo‘shiqlar so‘zlarini esda saqlash, o‘qib bo‘lmaydigan yozuvlar yozish;

O‘smirlik autizmida belgilarga autistning gormonal o‘zgarishlari ham qo‘shiladi.

Diagnozni faqatgina belgilarga asoslanib, psixiatr shifokor qo‘yadi. Ko‘pchilik autist bolalar adabiyotlarda keltirilgan autizm belgilariga mos kelmasligi mumkin. Ba’zi hollarda autist bolalar insonlar bilan muloqotga ham kirishishlari mumkin, bu esa diagnoz qo‘yishda qiyinchiliklar tug‘diradi


Autizmni davolash


Hozirgi kunda autizmni medikamentoz davolash usullari o‘ylab topilmagan. Lekin, uni oxirgi ma’lumotlarga qaraganda «Delfin ovozi» bilan davolash mumkin. Bundan tashqari, ota-onalar pedagog, psixiatr, psixolog, pediatr bilan hamkorlikda bemor bolalar bilan barvaqt shug‘ullansalar, ularning xatti-harakatlarini ijobiy tomonga yo‘naltirishlari mumkin. Davolash maqsadida ortda qolayotgan jihatlarni korreksiya qilish uchun barcha turdagi autist bolalarga mos keladigan quyidagi chora tadbirlar qo‘llash mumkin:

  • Gapirish qobiliyatini yaxshilash maqsadida logoped bilan mashg‘ulotlar olib boorish;

  • So‘zlashish uchun rasmli kartochkalardan foydalanish yoki planshet, kompyuterda so‘zlarni yozib o‘rgatish;

  • Bola bilan har xil o‘yinlar o‘ynash, bir sferada faqat bir mutaxassis bilan;

Medikamentoz davo faqatgina qo‘shimcha sifatida bolada kuchli agressiya bo‘lsagina buyuriladi.

Autizmga chalingan bemor bolalarni qanday bo‘lsa, shunday qabul qilish kerak. Kattalar buni o‘z vaqtida aniqlab, ularni qo‘llab-quvvatlashlari zarur. Autizm kasalligi homila ona qornidalik davridayoq uning bosh miyasi rivojlanishida ba’zi oqsillarning yetishmasligi  sababli paydo bo‘lishi mumkin, degan tahminlar mavjud. Bu xastalikning irsiyat bilan bog‘liqligi hali to‘liq o‘rganilmagan. Amerikalik va fransiyalik olimlar guruhi bosh miya rivojlanishining ilk bosqichlarida hid sezishda ishtirok etadigan o‘zak hujayralarni o‘rganish zarur, degan xulosaga kelishdi. Chunki, burundan osonlik bilan olinadigan biopsiya surtmasi bu hujayralarni o‘rganishda bebaho usul hisoblanadi.



1. Жадвални тўлдириш



Атама

Maъноси

1

Конституционал шакли

Бу шаклда гармоник, қолдиқсиз, руҳий ва руҳий-физик инфантилизм асосий ўринни эгаллайди (руҳий турғун бўлмаганлар). Бу турдаги болалар ўзларидан бир неча ёш кичик бўлган болалар ривожланишига тўғри келади. Уларда кайфият кўтаринки, ўйин фаолиятида ташаббускорлик ҳислатлари сақланган бўлади. Таълимдаги қийинчиликлар асосан интеллектуал қизиқишларнинг ва шахснинг бутунлай ривожланмаганлиги яққол сезилиб туради. (ўйинга бўлган қизиқишлари устунлик қилади).

2

Соматоген шакли

Бу шакл асосан сурункали инфекциялар, аллергик ҳолатлар, турли ички касалликлар натижасида келиб чиқади.

Руҳий ривожланишнинг сусайишида асосий ролни турғун астения ўйнайди, яъни уларда тез чарчаш, умумий руҳий тонуснинг пастлиги кўринади.

Баъзан соматоген инфантилизмда турли невротик қўшилмалар: ўз-ўзига ишонмаслик, қўрқиш билан бирга кузатилиши мумкин.


3

Психоген шакли

Бу шаклда асосан ҳиссий ирода саҳасининг бузилиши, етарли педагогик шароитнинг бўлмаслиги натижасида келиб чиқади.

4

Церебрал шакли.


Бу шакл бошқа турларга нисбатан кўпчиликни

ташкил этади.Уларнинг аксариятида жисмоний етишмовчиликлар, тана номутаносиблиги кузатилади.



2.Тушунчалар ва уларнинг маъноларини бирлаштириш



Tушунчалар

#

Маъноси

1

Церебрал-эндокрин инфантилизм.

H

Бунда асосан ички секреция безлари фаолияти бузилган бўлади.Натижада болаларда ҳис-туйғулар яхши ривожланмай невропатия ҳолатлари юзага келади. Боланинг уйқуси, иштаҳаси яхши бўлмайди, диспепсия ҳолатларига мойиллик пайдо бўлади




2

Церебрастеник ҳолатлар

G

Марказий нерв системаси тез чарчайди, нейродинамик ўзгаришлар кузатилади. Натижада ақлий қобилияти сусайиб, хотира пасаяди, диққати тарқоқ бўлиб қолади, тез таъсирланиш, қиз болаларда йиғлоқилик, ўғил болаларда хаддан ташқари қўзғалувчанлик кузатилади, бола иш қобилияти паст, арзимаган нарсага тез чарчайдиган бўлиб қолади.




3

Табиатан неврозга яқин ҳолатлар


F

Қоронғудан, яккаликдан қўрқиш, ўзи ва атрофдагилар соғлиғи учун хавфсираш, гиперкинезлар, дудуқланиш, энурез, каби ҳодисалар билан бирга ифодаланади.

4

Психомотор қўзғалувчанлик


E

Асосан ўғил болаларда кўпроқ учрайди. Серҳаракатлик, диққатнинг тарқоқлиги,тез чалғиш бунга характерлидир.




5

Аффектив ўзгаришлар


D

Кайфу-руҳиятнинг айтарли сабабсиз айниб туриши, тажовузкорлик қилишга мойил бўлиш билан характерланади

6

Психопатик ўзгаришлар

C

Ақлий фаолиятга рағбат пастлиги, ўқишга салбий муносабатда бўлиш, ўғрилик қилиш(клептомания), кўпроқ ёлғон гапириш каби салбий хислатларни ўз ичига олади.




7

Эпилептик бузилишлар


B

Ҳар хил кўринишларда тутқаноқ тутиб туриши билан намоён бўлади.




8

Апатик-адинамик бузилишлар

A

Ташаббускорлик пасайиши, ақлий фаолият сустлиги, хаддан ташқари эмоционал бўшанглик билан характерланади.

  1. Anagrammani yeching



D

N

I

I

X

I

K

A

O

Z

K

E

I

O

P

S

R

E

K

A

P

S

I

X

V

D

A

L

U

T

I

P

Sh

A

K

I

I

N

T

S

I

Y

A

S

O

T

S

I

D

E

T

I

K

Sh

A

X

S

K

O

O

B

N

E

E

R

V

I

T

I

N

G

G

I

E

K

T

Q

I

Z

I

Q

I

Sh

E

O

G

A

M

O

T

I

V

E

T

I

N

H

A

R

M

A

L

A

K

A

A

Q

E

I

N

T

E

R

F

E

R

E

N

O

T

O

S

N

I

A

Y

I

S

N

T

D

I

N

Q

T

U

N

A

Х

M

Z

I

S

K

Harflar orasiga yashiringan so’zlarni toping!
Download 102 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling