Guruh talabasi ahmadova durdonaxon
Download 5.03 Kb. Pdf ko'rish
|
3 FALSAFA
Mulohaza (Hukm)
Birinchi savolni yoritishda talabalar e’tiborini hukm – tafakkurning mantiqiy shakli sifatida predmetga ma’lum bir belgining xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shakli ekanligiga qaratish lozim. Insonning olamni in’ikos etish jarayoni faqat olam voqea-hodisalari to‘g‘risida tushuncha hosil qilib, tushunchalarning mohiyatini anglab olish bilan chegaralmaydi. U mazkur jarayonda tushunchaning boshqa tushuncha bilan muayyan munosabatini ham o‘rnatib, olam haqida yangi bilim olishga intiladi. Tushunchalarda ifoda etilgan bilimlar, binobarin, buyumlar yanada yangi jihatlari bilan tafakkurda ishtirok etib, uning imkoniyatlarini chuqurlashtiradi. Masalan, «O‘zbekiston» va «Respublika» degan muhokamani tahlil etsak, bunda ikkita «O‘zbekiston» va «Respublika» tushunchalari mavjudligini uchratamiz. Mazkur tushunchalar oddiy gramatik qurilmada gap o‘rnida kelsa-da, ammo tafakkurda ularning biri ikkinchisi bilan muayyan belgilarni izohlash orqali bog‘langan. Tushunchalar orasidagi munosabatlar ob’ektiv mavjudlikka muvofiq kelishi yoki kelmasligi mumkin. Masalan, «N. jinoyat sodir etdi» hukmining ob’ektiv mavjudlikka muvofiq kelish - kelmasligini tekshirib ko‘rish yoxud chinligiga ishonish mumkin. Ammo «NUJ larning parvozi kuzatildi» deyilsa, biz mazkur tushunchani shakliy tomondan tahlil qilib, uning mantiqiy to‘g‘ri ifodalanganligini qayd etamiz. Lekin, rasmana mantiqda mavjudlikka muvofiq kelish hukmlar tarkibidagi tushuchalarning asosiy vazifasi emas. Unda hukmlardagi tushunchalar asosan mazmunan emas , balki shaklan tafakkur qoidalariga ko‘ra muvofiq bo‘lishi mohiyatlidir. Shunday qilib, maboda tushunchalar o‘zaro mantiqiy talablarga ko‘ra to‘g‘ri bog‘lansa, u holda ular chin bo‘ladi, agar ular noto‘g‘ri bog‘lansa, yolg‘on hukm bo‘ladi. Bu o‘rinda yana shuni qayd etish lozimki, tushunchalarning, fikrlarning mazmuniga ko‘ra bir - biriga muvofiqlanishi ham, mantiqning bahs mavzuiga kirishi mumkin. Bunday hollarda mantiqiy tahlil mazmuniy tahlil kabi bo‘ladi. Mazkur zaruriy bog‘lanishlar aksariyat hollarda rasmana mantiq doirasidan chiqib, dialektik mantiq bahs mavzuiga aylanadi. Tushunchalar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanish mazmunan chin va yolg‘on bo‘lishidan qa’tiy nazar, tasdiq yohud inkor ma’nolarida ifodalanadi. Albatta, tasdiq yoki inkorni ifodalagan fikr amaliyotdan olingan bo‘lishi, natijada, voqelikka muvofiq kelishi zarur. Zotan, fanning eng muhim vazifasi haqiqatni izlab topishdir. Masalan, «Hayot - DNK va RNK kabi moddalarning harakat usulidir», desak, u holda chin muhokama yuritgan, binobarin, muhokamamizni fan yutuqlariga asoslagan bo‘lamiz. Mabodo, «Hayot g‘ayritabiiy kuch ehsondir", deganimizda yolg‘on muhokama yuritgan bo‘lamiz. Chunki, tabiatdagi biror narsa, jumladan, hayot ham g‘ayritabiiy kuch i’nomi bo‘lmaydi. Ba’zan muhokamani tashkil etuvchi tushunchalar haqidagi bilimlar fanda o‘rganilmagan bo‘ladi. Masalan, «Toshmatov abadiy dvigatelning asoschisi» deyilsa, u holda bu muhokama yolg‘ondir. Chunki, Toshmatov ham Eshmatov ham yoki boshqa biror jahonning mashhur tadqiqotchisi ham mazkur kashfiyotni bunyod etmaganligi , qolaversa, uni ixtiro qilib ham bo‘lmasligi tabiiy - ilmiy fanlarning rivojlanishida dalillar asosida isbotlangan. Ammo, «Jinoyatni noma’lum uchuvchi jismlar (NUJ) sodir etdi» deyilsa, bunday muhokamada ifodalangan fikr muammolidir. Chunki, fan hali NUJ larni o‘rganib, ular sodir etadigan jinoyatlarni e’tirof etganicha yo‘q. So‘nggi paytlarda NUJlarning ba’zi hududlarda tez-tez paydo bo‘lishi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida xabar berilmoqda, lekin mazkur hodisani tekshirib ko‘rishning iloji yo‘qligidan, ularni haqiqiy isbotlangan hodisalar sirasiga qo‘shib bo‘lmaydi. Demak, hukmda in’ikos etadigan buyumlar to‘g‘risidagi bilimlar fanda aniqlangan bulishi zarur. Shundagina muayyan bilimlardan oldin fan va amaliyotda ma’lum bo‘lmagan xulosalar kelib chiqishi mumkin. Hukm o‘zbek mantiqiy adabiyotida ba’zan muhokama deb ham yuritiladi. Hukm va muhokamani biz ham muqobil tushunchalar kabi qo‘llaymiz. Hukm - tushunchalar orasidagi belgiga, munosabatga, mavjudlikka oid jihatlarning chin yoki yolg‘onligini tasdiq yohud inkor shaklida ifoda etadigan tafakkur shaklidir. Hukm tafakkur shakli bo‘lsa-da, uni so‘z birikmasi orqaligina ifodalash mumkin. Shu bois hukm va gap bir -biri bilan bog‘liqdir. Hukm - grammatik qurilma hisoblangan gapda namoyon bo‘lsa, gap esa mazmuniga ko‘ra muayyan fikrlardan iboratdir. Ma’lumki, gaplar darak, so‘roq, buyruq. va undov gaplarga bo‘linadi. Mazkur gaplarning atigi bittasi - darak gapgina tugal fikrni ifodalab, hukmga muvofiq keladigan fikrni anglatadi. So‘roq buyruq va undov gaplarda mukammal bog‘lanishli tugal fikrlar ifoda etilmaganligi uchun ular hukm ma’nosini namoyon eta olmaydi. Chunonchi, darak gapdagi «O‘zbekiston Respublikasi - kelajagi buyuk davlat» fikri mukkamaldir. Ammo «Kim bor», «Onani seving»! «Kun naqadar sovuq». kabilar so‘roq va undov gaplarda tugal fikrni ifodalamaydi. Ammo barcha tushunchalarda bo‘lganidek, ana shu gaplarda ham muayyan mazmun, fikr bo‘ladi. Lekin, mazkur fikrlar hukm ko‘rinishida bo‘lmaydi. Chunki ulardagi gap atigi bir tushuncha orqali ifodalanadi. Hukm bo‘lishi uchun gapda, hech bo‘lmaganda ikkita bir -biri bilan tasdiq yoki inkor ma’nolarida munosabatda bo‘luvchi tushunchalar mavjud bo‘lishi zarur. Hukm tafakkur shakllari orasida muhim o‘rin tutadi. Hukm narsa va hodisalar, ularning turli belgilari , xususiyati va munosabatlari h,aqidagi bildirilgan tasdiq yoki inkor shaklidagi fikrdir. Hukm ham tafakkurning boshqa shakllari singari ob’ektiv-voqelik in’ikosi natijasidir. Tasdiq yoki inkor shaklda bo‘lishi va bir hukmning xarakterli belgisi. Hukmning asosiy vazifasi narsa va hodisalarning xususiyat va munosabatlarini ko‘rsatish hamda ularga xususiyatning xosligini ta’kidlashdir. Shuning uchun hukm o‘ziga xos bo‘lgan tasdiq o‘rtasidagi ma’lum munosabatlarni ifodalaydi. Shuning uchun ular chin yoki xato bo‘ladi. Ob’ektiv voqelikka mos kelgan, uni to‘g‘ri ifodalagan hukm chin bo‘ladi. Chunki, bu hukmda aks ettirilgan sifatlar (belgi va alomatlar) bu narsalarga muvofiq kelmaydi. Masalan, «Atom - moddaning bo‘linmas zarrachasidir» deksak noto‘g‘ri hukmdir. Atom murakkab moddiy sistemaga ega bo‘lib u yadro va elektronlarga bo‘linadi. Atomning yadrosi ham bo‘linadi, bu yadro protondan va neytrondan iborat. «Yer quyosh atrofida aylanmaydi» desak, bu ham hukm darajasiga kiradi. Chunonchi, geliotsentrik nazariyaga ko‘ra, yer o‘z o‘qi atrofida aylanadi degan qonun hukmdordir. Hukm tushuncha bilan yaqin munosabatdadir, chunki ular bir - biridan ajralgan holda mavjud bo‘la olmaydi. Tushuncha va uning belgilari hukm asosida mavjud bo‘la olmaydi. Tushuncha va uning belgilari hukm asosida vujudga keladi va rivojlanadi. Tushunchaning hukmdan farqi, unda tasdiq xolati yo‘qligidir. Masalan, metal, paxta, o‘simlik, yumshoq kabi tushunchalarni olaylik. Ular kutgan fikrni bermaydi, ya’ni ular o‘rtasidagi munosabat, biror buyumga, biror belgi bor yo‘qligi haqida fikr bermaydi. Agar «Paxta yumshoq o‘simlikdir» desak bu fikrdir, chunki paxtada yumshoqlik belgisi borligi tasdiqlab aytilmoqda. Hukmni tahlil etish orqali buyum va buyum belgisini aks ettiruvchi xislatga ega ekanlingini bilib oldik. Hukmlarni o‘rganishda ularning tuzilishidan boshlamoq zarur. Bunda hukm terminlariga e’tibor bermoq lozim. Odatda, har bir hukmning uch asosiy elementi bo‘ladi. Hukmning birinchi elementi mantiq ilmida sub’ekt, ikkinchisi predikt (logikada mantiqiy ega sub’ekt, mantiqiy kesim predikat deb ataladi), uchinchi elementni bog‘lovchi deb ataladi. Agar «Bug‘doy g‘alla ekinlarining bir turidir» desak, bu mulohazada hukm sub’ekti yoki egasi «Bug‘doy» tushunchasi , hukm predikati yoki kesimi esa «G‘alla ekinlarning bir turi» bo‘ladi. Hukmning sub’ekt va predikati uning terminlari deb ataladi. Logikada hukmning umumiy tizimi quyidagicha ifodalanadi: S-r, bunda S subekt (ega), R-predikat (kesim) simvoli bo‘lib «-» esa sub’ektini predikat bilan bo‘lgan munosabatni ifodalovchi bog‘lovchidir. Ega va kesim egalari bir buyumga taalluqli bo‘lib, uning turli belgilarini aks ettiradi. Odatda, sub’ekt oldingi hukmlardan aniq bo‘lgan belgilarni, predikat esa yangi belgilarni ifodalaydi. Har bir hukm uchun ega va kesimning zarur bo‘lishi ularning alohida - alohida bo‘lgan ahamiyatini inkor etmaydi. Ularning hukmdagi vazifalari turlichadir. Har bir hukm asosiy vazifa hukmning kesim elemetlarida bo‘lmog‘i lozim, chunki kesim hukmda asosiy mantiqiy maqsadni ifodalash vazifasini bajaradi. Hukmning uchinchi zaruriy elementi mantiqiy bog‘lovchidir. U sub’ekt va predikatni bir biri bilan bog‘laydi hamda hukmning shakllanishiga yordam beradi. Demak, bog‘lovchi hukmning tarkibiy qismidir. Boshqacha aytganda, bog‘lovchi yordamida buyumdagi belgi buyumning ob’ektiv xislati ekanligini bilib olamiz. Masalan, «G‘ayrat- odamdir» degan hukmdan bog‘lovchi «dir» «emas», ya’ni tasdiq yoki inkor ma’nosidagi so‘zlar bilan ifodalanadi. Demak, fikrni to‘g‘ri yoki xatoligi har bir kishining o‘z mulohazasiga qarab emas, balki ob’ektiv birlikka mos kelishiga qarab belgilanadi va shundagini biror fikr to‘g‘risida aytilgan tasdiq yoki inkor to‘g‘ri bo‘ladi. Agar fikr birgina hukmdan iborat bo‘lsa, sodda, aksincha , bir necha sodda hukmlardan tashkil topgan bo‘lsa, murakkab hukm bo‘ladi. Sodda va murakkab hukmlar o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Murakkab hukmlar hukm turli mantiqiy bog‘lovchilar «yoki», «agarda», «unda», «va», «kam», «faqat», «bundan» va boshqa shunga o‘xshash so‘zlar yordami bilan sodda hukmlardan tuziladi. Masalan, «Toshkent - O‘zbekiston poytaxti», «Kitob bizning do‘stimiz» kabilar sodda hukmga misol oladi. Murakkab hukmlar bir necha sodda hukmlardan tashkil topib, qa’tiy yoki shartli shakllarda ifodalanadi. Masalan, «Bu odam» desak murakkab hukm bo‘ladi. Predikatni mazmuniga ko‘ra - hukmlar mavjudlik, atributiv (aniqlovchi) va munosabat hukmlarga bo‘linadi. Atributiv hukmlarda predikat biror xususiyatning buyumga yoki xos emasligini aniq ifodalaydigan va ba’zan u qat’iy hukm deb ham yuritiladi. Masalan, olma daraxti mevali o‘simlikdir. «O‘tgan kunlar» romanining muallifi atoqli o‘zbek xalq yozuvchisi Abdulla Qodiriy. Munosabat hukmlarda'buyumlar biror jihatidan munosabatini ko‘rsatadi. Ya’ni, buyumlarning fazoga, vaqtga, jinsga ketma-ketlikka, tenglanishga nisbatan bo‘lgan munosabatlarini aks ettiradi. Masalan «Behruz Alisherdan katta», «Tilning lug‘at tarkibiga qaraganda uninng grammatika tuzilishi sekin o‘zgaradi». Agar atributiv hukm formulasi yuqorida ko‘rsatilgandek (S-r dir, S-R emas), munosabat hukmlari «ARV» formulasi bilan ifodalanadi. Bunda «A» va «V» belgilari buyumlar haqidagi tushuncha: «R» belgisi ular o‘rtasidagi munosabatni aks ettiradi. Masalan 5>4 dan katta. Bunda 5 bilan 4 o‘rtasida «katta» munosabat bor. Hukmlar faqat sifat jihatlari bilangina ajralmasdan, u miqdoriy jihatlari bilan ham ajraladi. Hukmlar son va sifat jihatiga, o‘zaro munosabatiga qarab yakka , tasdiq, juz’iy inkor, umumiy tasdiq va umumiy inkor hukmlarga bo‘linadi. Hukmlar aks etgan predmet har xil bo‘lishi mumkin. Ba’zan hukmda bir guruh predmetlar va ularning xususiyatlarining bir qismigina aks ettiriladi, yana boshqa bir xil hukmlar esa, alohida, yakka pedmetlar va ularning xususiyatlarini aks ettiradi. Agar bayon etilgan fikr predmeti (kesim) shaklida hamma aytilgan buyumlar sinfini o‘z ichiga oladigan bo‘lsa, u chog‘da hukm umumiy bo‘ladi. Umumiy hukm egasi (sub’ekt) tasdiqlovchi bo‘lsa, «har bir», «inkor etuvchi bo‘lsa», «hech bir», «hech qanday» va boshqa tushunchalar orqali ifodalanadi. Masalan, «Materiya aks ettirish xususiyatiga ega» deydigan bo‘lsak, bu yerda barcha moddiy predmetlarga xos bo‘lgan xususiyat aks etmoqda, bunday hukm umumiy hukm deyiladi. Uning formulasi: hamma S-R dir. Juz’iy hukmlar deb buyumlar sinfining ma’lum qismi ifodalangan hukmlarga aytiladi. Bunga misol qilib «Ba’zi hashoratlar zararkunandadir" haqida so‘z ketmoqda, ya’ni ularning ma’lum bir zararkunandaligi ta’kidlanmoqda. Bunday hukmlar juz’iy hukmlar deb ataladi, formulasi esa: ba’zi S-R dir. Yakka hukm buyumga xos bo‘lgan xususiyatni aks ettiradi yoki ayrim buyumlarga xos belgilari bilan birga unga xos bo‘lmagan belgilari tasdiqlashi va inkor etishi mumkin. Masalan, «Islom Karimov O‘zbekiston Prezidenti», «Samarqand O‘rta Osiyodagi eng katta shaharlardan biridir» kabi ayrim yakka predmetlar, hodisalar va ularning xususiyatlari aks etmoqda, bunday hukmlar yakka (yoki individual) hukmlar deb ataladi. Hukmlarning modallik bo‘yicha bo‘linishi, Oddiy hukmlar modalligiga qarab voqelik, ehtimollik va zarurlik hukmlariga va mantiqiy modalligiga qarab problematik va ishonchli hukmlariga bo‘linadi. Hukmlarning modalligi deganimizda ularda fikrni ifodalash shaklinigina tushinish kerak. Hukmning ob’ektiv modalligi inson ongidan tashqarida bo‘lganligi. 1. Ehtimollik hukmlar narsalar, hodisalar va ularning belgilari o‘rtasidagi bog‘lanishning tasdiq va yoki inkor shakli ehtimollik bo‘lishi yoki bo‘lmasligini ko‘rsatadi. Logikada ehtimollik hukm S-R emas, extimol R (a-b), masalan, ehtimol sizning rafiqangiz ertaga kelib qolar. Ehtimollik hukmlarda biror buyum va hodisa xaqida hali tekshirilmagan , ehtimollik fikri aytiladi. Demak, ehtimollik hukmlarning chinligi va ularning voqelik hukmlarga aylanipi aytilgan hodisalarning qanday darajada sodir bo‘lishi bilan bog‘liq. Ehtimollik hukmlar haqiqatga zid bo‘lmasa chin voqelik hukmlariga aylanadi. 2. Aniqlik hukmi. Aniqlik hukmida predikat sub’ektdagi belgining mavjudligini tasdiqlaydi yoki inkor qiladi. Masalan. O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo davlat. O‘zbekiston mustaqil davlat, uning formulasi S- R dir: S-R emas yoki aRv. Aniqlik hukmi voqelik va zaruriy hukmlarga bo‘linadi. A. voqelik hukmi. Voqelik hukmlarida birorta fakt qayd qilinadi, S za R orasidagi bog‘lanish aniq, ya’ni bo‘lgan voqeaning haqiqat ekanligi yoki emasligi haqida fikrni ifodalaydi. Bu hukmda fikrimizning to‘g‘riligiga yetarli asos mavjud bo‘ladi va u ayrim faktlar bilan isbotlangan bo‘ladi. Masalan, Amir Temur o‘zbek xalqining atoqli sarkardasidir. Abu Nosir Farobiy Sharq Aristoteli. Bunday hukmlar zaruriy faktlarga asoslangan, biroq u zaruriy qonuniyatga olib kelmaydi. B. Zaruriy hukmlar predikat sub’ektdagi belgini tasdiqlaydi yoki inkor qiladi. Zaruriy hukmlar tabiat va jamiyat qonuniyatlarini ifodalaydi. Ya’ni, bunday hukmda narsalar, hodisalar bilan belgilar o‘rtasidagi bog‘lanishni muqurrar ekanligini anglaydi. Masalan, «Poydevorsiz uy bo‘lmas» Bunda «zarur», «shart» so‘zlar ishlatilmasa ham gap tarkibida bor ekanligi gap mazmunidan anglashilib turibdi. Download 5.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling