Guruh talabasi Abduvaliyev Bekzodbekning Falsafa fanidan


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana18.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1593403
1   2   3   4   5
Bog'liq
Falsafa-1-5

 
 
 


5. Falsafa qonunlari 
Odamzod qonunlar orqali olamning sir-asrorlarini bilish 
imqoniyatiga ega bo’ladi. Falsafiy qonunlar dunyodagi o’zgarishlar, 
paydo bo’lish va yo’qolishlar, rivojlanish va taraqqiyot 
mexanizmlarini anglab olish imqonini beradi. qonun – muayyan 
shart-sharoitda voqealar rivojining xususiyati va yo’nalishini 
belgilaydigan, ma’lum bir qat’iy natijani taqoza etadigan ob’eqtiv 
dunyodagi narsa va xodisalarning muxim zaruriy, umumiy nisbiy, 
barqaror munosabatlar ifodasidir. 
Falsafada qonun tushunchasi va uning moxiyati. Qonun va 
qonuniyat. 
Tabiat qonunlari yer yuzida inson bo’lmagan davrda xam mavjud 
bo’lgan. Jamiyat qonunlari esa inson faoliyati natijasida paydo 
bo’lgan shart – sharoitlar bilan bog’liq ravishda yuzaga kelgan. 
Jamiat qonunlari kishilarning ijtimoiy munosabatlaridagi eng 
umumiy, muxim bog’lanishni ko’rsatadi. Yana bir farqi shuki, 
jamiyat qonunlariga nisbatan tabiat qonunlari asti-sekinlik bilan 
o’zgarib boradi. Ijtimoiy qonunlar esa ma’lum davr mobaynida 
amal qilgandan so’ngra, o’z-o’rni yangi qonunlarga bo’shatib 
beradi, ba’zilari o’z kuchini yuqotadi. Xarakat qilish doirasiga qarab 
qonunlar: eng umumiy, umumiy va xususiyga bulinadi. 
Moddalarning saqlanishi va aylanishi qonuni, energiyaning bir 
turdan ikkinchi turga o’tishi qonuni umumiy qonunlarga, xususiy 
qonunlarga esa, masalan kulon qonuni kabilar qiradi. 
Miqdor va sifat o’zgarishlarining bir-biriga o’tish qonuni. 


Miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga o’tish qonuni 
falsafaning asosiy qonunlaridan biridir. Bu qonunning moxiyati 
shundan iboratki,narsa va xodisalardagi sezilarli bo’lmagan 
mikdoriy o’zgarishlar asta sekin to’plana borib, tarakkiyotning 
ma’lum bir bosqichida me’yorni buzadi va sakrash yo’li bilan tub 
sifat o’zgarishlariga olib keladi. 
Miqdor va sifat o’zgarishlarining bir-biriga o’tish qonuni. 
Miqdor va sifat birlikda, bo’lib, bir-biriga o’tib turadi. Miqdor sifatga 
va aksincha, ma’lum sharoitda sifat mikdorga o’tadi. Narsa va 
xodisalarning sifati ob’ektiv bo’lsa-da, nisbiydir, chunki ular 
o’rtasidagi chegara o’zgaruvchan bo’lib, ularni mutloqlashtirish 
mumkin emas. Xuddi shuningdek, narsalarni miqdoriy muayyanligi 
xam o’zgaruvchandir. Modomiki, ob’ektiv olam doimiy xarakatda, 
o’zgarish va rivojlanishda ekan, narsalarning miqdoriy va sifatiy 
muayyanligi, ularning xossalari xam o’zgarish va rivojlanishdadir. 
Miqdor va sifat o’zgarishlarining aniq xolatini bilish fan va ijtimoiy 
amaliyot uchun muxim axamiyatga ega. 
Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni. 
Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuniga muvofiq xar bir 
narsa bir-biri bilan uzviy aloqada bo’lgan va biri ikkinchisini istisno 
etuvchi qarama-qarshi tomon va kuchlarga ega bo’lib ular 
o’rtasidagi kurash natijasida eskining yuqolishi va yangining paydo 
bo’lishi yuzaga keladi. 
Ma’lumki, narsalar turli- tumandir. Xamma tomonlari bilan aynan 
o’xshash bo’lgan ikki narsaning o’zi yo’k. Narsalarning tafovvut 
darajasi xam bir xil emas: muxim va nomuxim tafovvutlar mavjud. 


Narsa va xodisalardagi tafovvutlar qarama-qarshiliklar asosini 
tashkil etadi. Qarama-qarshiliklar deb shunga aytiladiki, tabiatdagi 
narsa va xodisalargada mavjud bo’lgan tomonlar, xossalar va 
yo’nalishlar bir-birini inkor qiladi, bir vaqtning o’zida bir-birini 
taqazo xam qiladi. Masalan, magnitdagi shimoliy va janubiy kutblar, 
elektrning manfiy va musbat zaryadlari, atomdagi tortilish va 
itarilish, ijtimoiy xayotdagi yovuzlik va ezgulik o’zaro bir-birini inkor 
etadi va ayni vaqtda biri ikkinchisini taqazo etadi. 
Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni. 
Qarama-qarshiliklar birligi va kurash qonuni bilish jarayonida xam 
o’z ifodasini topadi. Ma’lumki, bilish jarayoni bir biriga uzviy bog’lik 
bo’lgan xissiy va ratsional bilishdan iboratdir. Xissiy bilish orkali 
inson narsa va xodisalarning faqat tashqi tomonlari va xususiyatlari 
to’g’risida ma’lumot oladi, mavxum tafakkur orqali esa ularning 
ichki munosabatlarini belgilovchi qonuniyatlarni biladi. Bu yerda 
xissiy va ratsional bilish bir jarayonning ikki ajralmas, ammo bir 
biridan farq qiluvchi muxim tomonlaridir. 
Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunining umumiylik 
xususiyati moddiy dunyodagi xamma narsa va xodisalarga xos 
ekanligidagina emas, balki ziddiyatlar narsa va xodisalarga, ularning 
paydo bo’lishidan tortib xalok bo’lishigacha boshidan oxirigacha 
singib ketgan. 
Inkorni inkor qonuni. 


Inkorni inkor qonuniga muvofiq ob’ektiv voqelikdagi narsa va 
xodisalarning rivojlanishi jarayonida eskining yangi tomonidan 
inkor qilish ro’y beradi. Birok eskilik butunligicha inkor qilinmay, 
undagi ijobiy tomonlar saqlanib qoladi. 
Metafizik yo’nalish inkorning ijodiy yaratuvchanlik rolini tan 
olmaydi. Bundan farqli ularoq, dialektik qarash eski narsani yangi 
narsa inkor qilishini ta’kidlaydi. Xar bir jarayon inkor qilish jixatiga 
ega. Ichki zidiyatlar tufayli tarakkiyot jarayonini ertami kechmi eski 
narsaning yemirilishiga va yangi narsani vujudga kelishiga olib 
keladi. 
Inkorni inkor qonuni. 
Eskining o’rniga yangining kelishi uning kundan kunga 
mustaxkamlanishi, 
rivojlanishi 
va 
ularning 
ajralmasligi 
taraqqiyotning boshlanish xususiyatini belgilaydi. Yangi eskining 
o’rnini egallab borishida eskidan ijobiy, muxim tomonlarini o’zida 
mujassamlashtirib, yuqorirok sifat xususiyatlariga aylanadi. 
Eskining o’rniga kelgan Yangi dastlab, imkoniyat ko’rinishida 
bo’ladi. Bu imkoniyatning voqeylikka aylanishi ma’lum shart-
sharoitlardagina amalga oshadi. Ijtimoiy xayotda yangilikning 
galabaga erishuvini ta’minlashda kishilarning faoliyati zarurdir. 
«Bizning tushunchamizda, qotib qolgan eski aqidalardan voz 
kechish- o’z tarixiy o’tmishimizdan voz kechish degani emas, bu bir 
yoqlama tor fikrlashdan voz kechish demakdir» deydi I.Karimov. 
 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling