Guruh talabasi Abduvaliyev Bekzodbekning Falsafa fanidan


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1593403
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Falsafa-1-5



 
 
 
 
660-22-guruh talabasi 
Abduvaliyev Bekzodbekning 
Falsafa fanidan 
1-5 mavzu yuzasidan
savollarga javoblari 
 
 


JORIY NAZORAT SAVOLLARI: 
1-5 mavzu yuzasidan savollar 
1. Falsafa fani predmeti. 
2. Sharq Uyg‘onish davri falsafasi. 
3. G‘arb Uyg‘onish davri falsafasi. 
4. Borliq tushunchasi va uning mohiyati 
5. Falsafa qonunlari 


1. Falsafa fani predmeti. 
Insonda tabiatan falsafiy fikrlashga moyillik kuchli. «Filosofiya» atamasi 
yunoncha ikkita so‘z birikmasidir. («filio» - sevaman, «sofio» - donolik) 
«falsafa» esa lotincha «filosofiya» so‘zining o‘zbekchalashgan shakli bo‘lib, 
u «donishmandlikni sevish» ma’nosini anglatadi. Nemis filosofi Gegelning 
fikricha, falsafa donishmandlikning o‘zidir. SHu nuqtai nazardan 
qaraganda, ertaklar, rivoyatlar, dostonlar, qo‘shiqlardan tortib, barcha 
dinlarning muqaddas kitoblaridagi olam, unda odamning o‘rni qanday 
bo‘lishi kerak, degan savolga o‘ziga xos javoblar bor. SHuning uchun 
qadimgi greklar barcha fanlarni falsafa, ya’ni donolik, donishmandlik 
ifodasi xisoblaganlar. Natijada odatiy (kundalik) ongda tarixan «falsafa – 
fanlar fani», «falsafa – fanlar onasi» degan fikr keng tarqalgan. Eshitilishi 
jozibali va extiromli ko‘ringan bu iboralar ostida falsafani fan sifatida tan 
olmaslik maqsadlari yotadiki, bu bizning davrimiz uchun xatarli mayl 
(tendensiya)dir. O‘atto olimlarning ba’zilari ana shu aqidaga tayanib, 
falsafa faniga munosabat belgilaydilar. G‘arb mamlakatlarida esa endilikda 
falsafaga extiyoj qolmadi, chunki u parchalanib, barcha fanlarga, ayniqsa 
ijtimoiy va gumanitar fanlarga tarqab ketdi, degan nuqtai nazardan kelib 
chiqib munosabat belgilash mayli kuchlidir. Bunday qarashlarni XIX asrdagi 
pozitivizm asoschisi O.Kont ilgari surgan bo‘lib, u V.V.YAnevich, 
V.Vindelband tomonidan rivojlantirildi. «Falsafa – deydi Vindelband, - 
barcha mulkini farzandlariga ulashib, shundan so‘ng qashshoq odam 
sifatida ko‘chaga uloqtirib tashlangan qirol Lirga o‘xshab qoldi». Afsuski, 
bunday g‘ayriilmiy nuqtai nazarda turgan vatandoshlarimiz ham yo‘q 
emas. Bunday fikrlar xatoligini, gayriilmiy ekanligini g‘oyaviy-nazariy 
jixatdan isbotlash dolzarb vazifalardan biri bo‘lib turibdi. CHunki falsafa fan 
sifatida shakllanib, o‘z tadqiqot sohasi aniqlanganiga ancha vaqt 
bo‘ldi.Falsafa fan sifatida mavjud narsa va hodisalarning eng umumiy 
aloqadorligi va rivojlanish qonunlarini, odam-olam munosabatlarining tub 
mohiyatini bilishga imkon yaratadi. Bu haqda ¤rta asrning mashhur 


faylasufi, «Ikkinchi muallim» nomi bilan jahonga tanilgan olim Abu Nasr 
Forobiy bunday deydi: «Mavjudot haqidagi bilim qo‘lga kiritilsa, shu haqda 
ta’lim berilsa, mavjudotdan bo‘lgan narsaning zoti bilinsa, narsaning 
ma’nosi tushunilsa, ishonchli dalil-hujjatlar asosida shu narsa haqida 
miyada bir turli ishonch va tasavvur paydo bo‘lsa, mana shu ma’lumotga 
doir fanni falsafa deymiz. Falsafa bilimi ochiq-oydin ishonchli dalil-
hujjatlarga ega bo‘ladi.Odamlar falsafa yo‘li bilan isbot etilgan mavjud 
narsa haqida to‘la ishonch va qanoatga ega bo‘ladilar».1 Bu fikrlardan 
ko‘rinib turibdiki, vatandoshimiz Abu Nasr Farobiy o‘z xulosalarida falsafa 
fan sifatida ilm-fan dalillariga asoslanishi, odam-olam munoabatlari 
shulardan kelib chiqadigan ishonch va qanoatga tayanish lozimligiga 
e’tiborni qaratgan. Falsafa fanining qonunlari, kategoriyalari, 
tushunchalari, tamoyillari va falsafiy bilish metodlari shakllanishi uzoq 
tarixiy davrni o‘z ichiga oladi. Ana shular orqali olamni, unda odamning 
o‘rnini falsafiy anglash imkoniyati vujudga keladi. Biz yashayotgan tarixiy 
davrda barcha kadrlar o‘zlarida falsafiy (donishmandlarcha) fikrlash 
qobiliyatiga ega bo‘lishlari ijtimoiy taraqqiyotda inson omilining o‘rni va 
rolini ilmiy anglab olishlari uchun kafolat bo‘ladi. Falsafa fan sifatida 
boshqa fanlardan ustun xam, kam ham emas. Moxiyatan falsafa fani 
predmetining aniqlanishi boshqa fanlardan farq qilmaydi. CHunki istagan 
fanni olmang, uning predmetining aniqlanishi uzoq tarixiy davrlarni o‘z 
ichiga olganining guvohi bo‘lasiz. «Falsafa» atama sifatida tarixan turlicha 
ma’nolarda qo‘llab kelindi. Jahondagi juda ko‘p olimlarning asrlar 
davomidagi izlanishlari, tadqiqotlari natijasi sifatida «olam-odam» 
munosabatlariga ilmiy-falsafiy yondashuvga imkon tugdiradigan o‘z 
tushunchalari, kategoriyalari, qonunlari, uslublari, tamoyillari aniq-ravshan 
bo‘lgach, nemis faylasufi Gegel tomonidan ularni muayyan bir tizim 
(sistema)ga solish boshlandi. 



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling