Guruh talabasi Allamurodov Norbobo
Download 88.09 Kb.
|
oraliq 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fayl-server arxitekturasi asosidagi tizimlar
218-17-guruh talabasi Allamurodov Norbobo Javoblar: Axborot tizimi tushunchasini kiritishdan oldin tizim (sistema) deganda nimani tushunishimizni aniqlab olaylik. Tizim (sistema) deganda, yagona maqsad yulida bir vaqtning o’zida xam yaxlit, xam o’zaro bog’langan tarzda faoliyat ko’rsatuvchi elementlar (ob'ektlar) majmuasi tushuniladi. Demak, har qanday tizim biror-bir anik maqsad yulida xizmat qiladi. Masalan, sizga ma'lum bo’lgan shahar telefon tarmoqlari tizimi, insondagi yurag’ kon-tomir tizimi, asab tizimi va boshqalar sun'iy yaratilgan va tabiiy tizimlarga misol bo’la oladi. Ularning har biri tizimga qo’yiladigan barcha shartlarga javob beradi, ya'ni, har biri o’ziga xos yagona maqsad yo’lida faoliyat ko’rsatadi va tizimni tashkil etuvchi elementlardan iborat. «Tizim» tushunchasiga «axborot» so’zining qo’shilishi uning belgilangan funktsiyasini va yaratilish maqsadini aniq aks ettiradi. Axborot tizimi — belgilangan maqsadga erishish yo’lida axborotni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo’llaniladigan usullar, vositalar va shaxslarning o’zaro bog’langan majmuasidir. Axborot tizimlari jamiyat paydo bo’lgan paytdan boshlab mavjud bo’lgan, chunki rivojlanishining turli bosqichida jamiyat o’z boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlari — moddiy va nomoddiy ne'matlarni ishlab chiqarish bilan bog’liq jarayonlarga tegishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun xayotiy muhim axamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari tezkor takomillashadi. Ularning rivojlanib borishi bilan boshqarish ham murakkablashadiki, o’z navbatida, u axborot tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirishni rag’batlantiradi. Axborot tizimi tushunchasi ko’p kirrali, uning mazmuni va mohiyati axborot texnologiyasi qo'llanilayotgan ob‘ektning o'ziga xos xususiyatlari, xossalari bilan belgilanadi. Axborot tizimini to'liq va har tomonlama bilish uchun uning o'ziga xos xususiyatlari tizimini aniqlash kerak bo'ladi. Shu maqsadda quyida axborot tizimini har bir qator belgilariga ko'ra tasniflash variantlari ko'rib chiqiladi : • avtomatlashtirish darajasi; • boshqarish jarayonining turlari bo'yicha; • qo'llanilish sohalari bo'yicha; • boshqarish ob‘ektining ishlash sohasi bo'yicha; • qo'llanilish yo'nalishi bo'yicha; • boshqaruv tizimidagi darajasi bo'yicha va hokazo. Axborot tizimining tasnif belgilari ichida ularning qo'llanish sohalari asosiy hisoblanadi. Tashkil etish usuli bo'yicha sinflanishi Fayl-server arxitekturasi asosidagi tizimlar AT Klient-server arxitekturasi asosidagi tizimlar Ko'p satxli arxitektura asosidagi tizimlar Internet/intranet – texnologiyasi asosidagi tizimlar. 3. Ma‘lumotlar oqimi diagrammalari loyihalashtirilayotgan tizimga bо'lgan funksional talablarni modellashtirish vositasi hisoblanadi. Ma‘lumotlar oqimi diagrammalarini yaratishda quyidagi asosiy tо'rtta tushunchadan foydalaniladi: ma‘lumotlar oqimi, kiruvchi ma‘lumotlar oqimini chiquviga aylantiradigan jarayonlar (ishlar), tashqi mohiyat, ma‘lumotlarni saqlovchilar. Ma‘lumotlar oqimi abstrakt bо'lib, axborotlarni (yoki fizik komponentlarni) tizimning bir qismidan boshqasiga uzatishda foydalaniladi. Oqimlar diagrammalarda axborot harakatining yо'nalishini kо'rsatuvchi nomlangan yо'nalishlar bilan tasvirlanadi. Jarayonni (ishni) belgilash chiqishdagi chiquvchi oqimlarda tashkil qilinadi va jarayon nomi bilan ifodalanadi. Jarayon nomi fe‘lning qо'shimcha tо'ldiruvchili noaniq shaklida bо'lishi kerak (masalan, ―mahsulotni jо'natish bо'yicha hujjatlarni qabul qilish‖). Ma‘lumotlarni saqlash kо'rsatilgan uchastkalarda ma‘lumotlarni aniqlash imkonini beradi. Download 88.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling