Guruh talabasi G`ofurjonov Sarvarbek
BT UE sxemada ulangan kuchaytirgich kaskadini o‘rganish
Download 419.89 Kb.
|
4 elektr
BT UE sxemada ulangan kuchaytirgich kaskadini o‘rganishLaboratoriya sharoitida maket va uning ulagichlaridan foydalanib UEli kuchaytirgich sxemasini yig‘ing. Buning uchun maket ulagichlarini 3.1-jadvalda ko‘rsatilgan vaziyatlarga moslang. U12-15 ulagichni 15 vaziyatga keltiring, bunda sxemaga RYU yuklama sifatida omik qarshiligi 10 kOm bo‘lgan R10 ulanadi (RYU =R10=10 kOm). Maket yuzasining yuqori qismida joylashgan nazorat nuqtalari (NN) klemmalariga voltmetr va ossillograf ulang. N3 nazorat nuqta potensialini ochiq kirishli ossillograf yoki o‘zgarmas kuchlanishni o‘lchaydigan boshqa asbob bilan nazorat etib, ta’minot manbaining (G1) kuchlanishini 6V ga keltiring. O‘zgarmas kuchlanishni o‘lchaydigan asbobni N4, N5, N2 nazorat nuqtalar klemmalariga ulang va tranzistorning sokinlik rejimi parametrlarini aniqlang. Nazorat nuqtalarning asbob yordamida o‘lchangan potensiallarini va R4 xamda R5 rezistorlar qiymatlarini bilgan holda kollektor, emitter va bazaning sokinlik toklarini aniqlang.
BT ning kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti KU ni aniqlang. Buning uchun sxemaning kirishiga – “kir2” generatorning chiqishidan kuchlanishi 30 mV chastotasi 2 kGs bo‘lgan sinusoidal signal uzatiladi. Sxemaning kirish kuchlanishi nol potensialli shina bilan N2 nazorat nuqta oralig‘ida o‘lchanadi. CHiqish kuchlanishini o‘lchash uchun voltmetr klemmalarini nol potensialli shina bilan N7 nazorat nuqtaga ulash kerak.
Kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti KU ning chastotasiga bog‘liqligini o‘rganing. Buning uchun kirish kuchlanishi amplitudasi qiymatini o‘zgartirmasdan (taxminan 30 mV) saqlagan holda uning chastotasini o‘zgartiring va chiqish kuchlanishi qiymatini 10 Gs dan 1 mGs gacha (masalan 10 Gs, 100 Gs, 1 kGs, 10 kGs, 100 kGs, 1 mGs) o‘zgartirish tavsiya etiladi. Kuchlanish pog‘onasi amplituda xarakteristikasini UCHIQ=f(UKIR) 2 kGs chastotada o‘lchang. Bunda kirish signalining tavsiya etilgan o‘zgarishi oralig‘i 10- 300 mV ga teng. Kuchaytirgich pog‘onasi dinamik diapazonining yuqori chegarasini aniqlang. Buning uchun kirish kuchlanishi qiymatlari o‘zgarishi bilan chiqish kuchlanishi ossillogrammalarining o‘zgarishlari kuzatilib boriladi va kirish kuchlanishining qaysi bir qiymatida chiqish kuchlanishi ossillogrammasida noziqli buzilish paydo bo‘lishi aniqlanadi. Kuchaytirgich kaskadining chiqishiga omik qarshiliklari R7=20 Om, R8=510 Om, R9=3,6 kOm, R10=10 kOm bo‘lgan rezistorlarni U12-15 yordamida navbatma-navbat ulab, kirish kuchlanishi 30 mV, chastotasi 2 kGs bo‘lgan xol uchun uning yuklama xarakteristikasini KU (RYU) o‘lchang.
Ta’minot manbai kuchlanishi 9 va 12 V bo‘lganda 1.4, 1.5, 1.7, 1.8, 1.9 bandlar o‘lchashlarini takrorlang. Tranzistorning turlicha ulangan xollari uchun sxemaning kirish qarshiligi, kuchlanish, tok va quvvat bo‘yicha kuchaytirish koeffitsientlarining yuklama qarshiligiga bog‘liqligini o‘rganing. UB sxemani yig‘ing. Kuchaytirgichning kirishiga o‘lchagich qarshilik R6 orqali (klemma “kirish N1”) standart signallar generatoridan chastotasi f = 2 kGs (kuchaytirgichning barcha variantlari uchun o‘rtacha chastota) kuchlanishi 50 mV bo‘lgan signal uzating. U12-15 ulagich yordamida yuklama qarshiligini o‘zgartirib, RYU= R7, R8, R9, R10 bo‘lgan hollarda, kuchaytirgichning kirishdagi (“kirish N1” klemmasi n.n.6 va umumiy shina orasidagi UKIR) va chiqishdagi (nazorat nuqta 7 va umumiy shina orasidagi UCHIQ) kuchlanishlarni o‘lchang. YUklama qarshiligini har bir qiymati uchun RKIR, KU , KI va KR toping. Natijalarni tahlil qilish uchun qulay bo‘lgan jadval ko‘rinishiga keltiring. UE kuchaytirgich sxemasi uchun a) band talablarini bajaring. Bunda signalni “kirish N2” klemmaga uzating, kirish kuchlanishini N2 nazorat nuqta bilan umumiy shina oralig‘ida o‘lchang. v) UK sxemasini yig‘ing va b) band talablarini UK sxema uchun bajaring. Tranzistorning uch xil ulanish sxemalari uchun kuchlanish bo‘yicha kuchaytirishning yuqori chegaraviy chastotasini aniqlang. Kirish signalini kuchaytirgichning “kirish N2” klemmasiga uzatgan holda o‘lchashlarni UEli va UKli sxemalar uchun takrorlang. Download 419.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling