4.Taqsimlanish Xromatagrafiyasi.
Bu usulda kolonka treger bilan tuldirilgan. Treger (tashuvchi )adsorbsion hususiyati past mayda dispers modda. Masalan, suvda yahshio erigan A va B komponentli aralashmani ajratadigan bo’lsak,shunday erituvchi tanlaymizki, u birinchidan suv bilan aralashmasi (benzol, toluol, hloroform va boshqalar),. Ikkinchidan, aralashmadagi moddalardan birini suvdan ko’ra yahshiroq eritsin. Tregerni shu erituvchi bilan yuvamiz, bunda treger zarrachalari bu erituvchi bilan qurshab olinadi, ortiqchasi esa kolonkadan tushib ketadi. Bu yerda qattiq tashuvchi va benzol harakatchan faza deyiladi. Kolonkaga malum hajmdagi tekshiriluvchi suvli eritmani quysak, harakatdagi faza benzoldan og’ir bo’lgani sababli kolonkani paski qismiga joylashadi va benzol qatlamida qolib, suv qatlamiga B modda utadi. Bu yerda moddalar ikki uzaro aralashmaydigan suyuqlikda taqsimlanadi. Kolonka jumragini ochib, suv bilan dastlab analiz modda yuviladi, keyin benzol bilan B modda yuvilib, ayrim – ayrim idishlarga yig’iladi va analiz qilinadi.
Tabiyki, K ning qiymati qancha katta bo’lsa, unu suvdan ajratish imkoniyati shuncha ko’p bo’ladi. Erituvchi o’zgarsa K ning qiymati ham o’zgaradi. Masalan, bromning CCl4 va H2O taqsimlanish koeffisenti K=30,00 oltingugurtning CCl4 va H2O da taqsimlanish koeffisenti K=80 bo’ladi.
Taqsimlanish hramatografiyasini qog’ozda ham bajarish mumkin. Buning uchun mahsus qalin, shimish qbilyati yuqori bo’lgan hramatografik qog’oz ishlatiladi.. Bu usulda moddalarning malum erituvchida erish qobilyatiga qarab qog’ozga shimilish hususiyatiga asoslanadi va sifat hamda miqdoriy analizlarni bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |