Guruh talabasi Gulsanam Toshaliyevaning Bioorganika fanidan Mavzu


Plazmadagi oqsil miqdorini turli usullarda aniqlash


Download 0.89 Mb.
bet2/20
Sana09.11.2021
Hajmi0.89 Mb.
#172220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Bioorganika MT Toshaliyeva Gulsanam.17-32

1. Plazmadagi oqsil miqdorini turli usullarda aniqlash.

Oqsillar almashinuvini xamda turli organlar va tizimlar funksiyalarini

baxolash uchun klinik veterinariyada qon zardobidagi (plazmadagi) umumiy oqsil va uning fraksiyalarini, qoldiq azotni, mochevina, aminokislotalar azot, kreatin va boshqa metabolitlarni aniqlash talab etiladi. Zardobning (plazmaning) umumiy oqsilini aniqlash uchun kalorometrik, refraktometrik, spektrofotometrik va boshqa usullardan foydalaniladi. Odatda laboratoriyalarida refraktometrik va kalorimetrik (biuretli) usullaridan foydalaniladi .

Qon zardobidagi oqsil fraksiyalarini aniqlashda elektroforetik usullarda,

neytralli tuzlar bilan tuzlash (ammoniyning achchiq tuzli, natriyning achchiq tuzi, fosforli achchiq tuz) sedimentasionli past haroratda etil spirti bilan cho‟ktirish yo‟li bilan oqsillarni bo‟lish usullari immunoelektroforektik usullardan foydaniladi.

Klinika amaliyotida zardob oqsillarini fraksiyalarga bo‟lish uchun ko‟pchilik xollarda elektroforetik usullardan foydaniladi. Qog‟ozda elektroforez qilinganda asosan 5 ta fraksiya: albuminlar, alfa-1, alfa-2, beta va gamma globulinlar olinadi.

Bu usulning kamchiligi bo‟lib tahlil ishlarini uzoq muddatda bajarilishi

(tekshirishlarning natijasini faqat 2-3 kundan keyingina olish mumkin) va qog‟ozning kimiyoviy yaxlitligining doimo ham talabga javob bermasligi natijasida oqsil fraksiyasining juda anik bo‟linmasligi hisoblanadi. Agarli gelda elektroforez qilinganida qog‟ozdagiga nisbatan oqsilli fraksiyalarning ancha aniq bo‟linishga ega bo‟lgan ma‟lumotlar olish mumkin, lekin gelni tayyorlash prosedurasini murakkabligi va tayyor xolda uzoq muddat saklash imkoniyati yo‟qligi sababli bu usulni laboratoriya amaliyotida qo‟llash imkonini bermaydi.

Sellyuloza asetatida elektroforez qilish usuli o‟zining keng ko‟lamda qo‟llanilishi bilan diqqatni o‟ziga tortadi va bu usul tibbiyot amaliyotida unifikasiya (bir xillashtirilgan) qilingan usul sifatida qabul qilingan. Laboratoriyada elektroforez qilish uchun asbob – uskunalar bo‟lmaganida oqsillarni neytral tuzlar bilan cho‟ktirish va aralashmani loyqalanish darajasini FEK (fotoelektrokalorometr)da turbidimetrik o‟lchash usulidan foydalaniladi.

Qoldiq (oqsilsiz) azot deganda oqsillar cho‟ktirilgandan keyin qonda qolgan azotning miqdori tushiniladi. Bularga mochevinaning azoti, aminokislotalarning, kreatinin, kreatin, siydik kislotasi, indikan, ammiak,

polipeptidlar, nukleotidlar, biogenli aminlar va boshqa oqsillar almashinuvi mahsulotlarining azotlari kiradi. Qonning qoldiq azotining asosiy qismi mochivena azoti hisoblanadi va unga qondagi barcha oqsilsiz azotning 1/2 qismi to‟g‟ri keladi.

Qoldiq azotning 1/4 qismini aminokislotalar, kreatinin, kreatinlarning azoti tashkil qiladi. Qoldiq azotning ayrim fraksiyalarini, aynan mochevina, aminli azot, keratin va kreatinin, siydik kislotasi, indikan tarkibidagi azotlar miqdorini aniqlash ancha muxim klinik ahamiyatga ega.

Qon siydik va boshqa biologik suyuqliklar tarkibidagi mochevinani aniqlash uchun diasetilmonooksilli, ureazali, gipoxloridli, gipobromidli, ksantigidrolotli va boshqa usullardan foydaniladi. Xozirda keng miqyosda tarqalgan usul bo‟lib kalorimetrik usul hisoblanadi, chunki bu usul mochevina va diasetilmonooksilni o‟zaro ta‟siri natijasida bo‟yalgan mahsulotlar (firon reaksiyasi) hosil bo‟lishiga asoslangan. Ammo, ancha aniq va spesifik usul bo‟lib mochevinani ureaza fermentidan foydalanish yo‟li bilan aniqlash hisoblanadi.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling