4. Qon plazmasidagi oqsil tarkibini Biuret usuli bilan aniqlash.
Ishni bajarish tartibi: 1. To`rtta quruq probirka olib, uning birinchisiga 0,5 % li, ikkinchisiga 1,0 % li, uchinchisiga 1,5 % li oqsil eritmasi solinadi, to`rtinchi probirkaga miqdori noma`lum bo`lgan oqsil eritmasidan solinadi.
2. Har qaysi probirkaga 4 ml dan biuret reaktivi quyiladi, yaxshilab aralashtirgach, xona haroratida 20 daqiqa qoldiriladi. Shunda eritma asta-sekin rangga kiradi. FEK da ko`rib, 1 sm qalinlikdagi kuvetada o`lchanadi.
3. Oqsillar refraktometrda aniqlanadi.
Refraktometr – oqsil o`lchovchi apparat bo`lib, uning shkalasi bor, ozgina suv tomizilib, uning mili ma`lum burchakka to`g`irlanib, so`ng qon zardobi solib o`lchanadi. Jadvaldagi shkala ko`rsatkichiga qarab oqsil miqdori hisoblanadi. Bu usul nurning sinishiga asoslanadi. Bu usul bilan ishlashning bir talay afzalliklari mavjuddir. Chunki bu usul juda oddiy yo`l bilan bajariladi. Bu usul bilan qon plazmasi tarkibidagi oqsillarini aniqlash turli xastaliklarni oldini olishda va o`ta aniqlik bilan to`g`ri tashxislar qo`yishda tibbiy va fiziologik-biokimyoviy xususiyatlarga ega bo`ladi.
Bu usulda refraktometrda plazma oqsillarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Refraktometr hozirgi kundagi eng keng tarqalgan va to`g`ri natijalarni ko`rsatadigan asboblar qatoriga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |