Guruh talabasi Gulsanam Toshaliyevaning Bioorganika fanidan Mavzu


-Mavzu: Zamonaviy xromatografik uskunalarning turlari va ularning ishlash prinsplari


Download 0.89 Mb.
bet12/20
Sana09.11.2021
Hajmi0.89 Mb.
#172220
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
Bioorganika MT Toshaliyeva Gulsanam.17-32

4-Mavzu: Zamonaviy xromatografik uskunalarning turlari va ularning ishlash prinsplari.

Reja:

1. Xromatografika xaqida tushuncha

2. Gaz xromatografiyasi.

3. Ion almashinish xromatografiyasi.

4. Taqsimlanish xromatografiyasi.

1. Xromatografika xaqida tushuncha

Kimyoviy birikmalarni ajratish, analiz qilish va xossalarini tekshirishning kimyoviy, fizikaviy va fizik –kimyoviy usullari orasida xramatografik analiz usullari muhim o’rinni egallaydi.

Xromotagrafik analiz usullari soddaligi, samaredorligi, tanlovchanligi, tezkorligi, shuningdek, uni boshqa fizik- kimyoviy ussullar bilan birgalikda avtomatlashtirish mumkinligi tufayli keng tarqalgan.

Xromatografiya ussularining o’ziga xos hususiyati ularning unversalligi bo’lib, turli konsentrasiyalarda olingan anorganik va organik tabiatli, suyuq hamda gazsimon moddalarni ajratish va aniqlashga imkon beredi. Bu usullarning yana bir muhim tomoni shundaki, xossalari bir – biriga yaqin bo’lgan birikmalarni ular yordamida tarkibiy qismlarga to’la va oson ajratish mumkin.

Xromotografiya tekshiriluvchi o’bektlarni sifat va miqdoriy analiz qilishda, moddalarning fizik –kimyoviy xossalarini o’rganishga, tehnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatik boshqarishga imkon beredi. Keyingi vaqtlarda xromatografiya atrof- muhitni nazorat qilishning asosiy usullaridan biri bo’lib qoldi.

Xromatografiyaga rus botanik- olimi M.S. Sventing tadqiqotlari asos soldi va uni 1903 yilda bosib chiqarilgan ,, Adsorbision hodisalarning yangi kategoriyasi va ularning biokimyoviy analizda qo’llanilishi’’ nomli maqolasida bayon etdi.O’zi taklif etgan usulning asoslarini Svet quyidagicha tarifladi: ,, Aralash eritma adsorbent ustuni orqali filtrlanganda pigmentlar … turli rangdagi alohida zonalarga ajraladi. Murakkab pigmentlarning turli tarkibiy qismlari spektrdagi yorug’lik nurlari singari adsorbent ustunida ma’lum qonuniyat asosida bir- biridan har xil rangdagi qavatma- qavat bo’lib ajraladi va ularning sifat jihatdan aniqlash imkoni tug’iladi. Bunday rang-barang preparatni xromatogramma, tegishli usulni esa xromatografik usul deb atadi.

Moddalarni hromatografik ajratish usullari sorbsiya jarayonlariga asoslangan. Gaz, bug’ yoki erigan moddaning qattiq yoki suyuq erituvchilarga (sorbentlar) yutuluishi sorbsiya deyiladi. Teskari jarayon desorbsiya deyiladi. Sorbsiya adsorbsiya (fazaning yutuvchi sirtiga yutilishi) va absorbsiya (fazaning yutuvchi hajmiga yutilishi) dan iborat.

1.Qo’zg’almas va harakatchan fazalarning fizikaviy tabiatiga qarab, suyuqlik xromatografiyasi (harakatchan faza suyuq bo’lganda ) va gaz xromatografiyasini o’z navbatida qo’zg’almas fazaning agregat holatiga qarab qattiq-suyuq fazali xromatografiyaga (QSX) (qo’zg’almas fazali suyuqlik) ajratish mumkin. ,,Suyuqlik-suyuqlik’’ Xromatografiyasi (SSX) ko’pincha, taqsimlovchi hramatografiyasi deb yuritiladi.

Gaz xromatografiyasi quzg’almas fazani agregat holatiga qarab ,, gaz – adsorbision’’ (GAX) va ,, gaz- suyuqlik’’ Xromatografiyasiga (GSX) yoki gaz taqsimlovchi Xromatografiyaga bo’linadi.


  1. Sorbsiya mehanizimiga qarab Xromatografiya molkulyar va xemosorbsion Xromatografiyaga bo’linadi. Molekulyar xromatografiyada quzg’almas faza(sorbent) bilan ajratilayotgan aralashmaning tarkibiy qismlari orasidagi o’zaro tasir kuchlari tabiati buyicha molekulararo Van-der Vaals kuchlaridir. Xemosorbsion xromatografiyaga ion alamashinish, cho’ktirish, kompleks hosil qilish (yoki ligant almashinish), oksidlanish-qaytarilish xromatografiyasi kiredi. Xemosorbsion xromatografiyada tegishli kimyoviy riyaksiyalar sorbsiyaga sabab bo’ladi.

Xromatografiyalash ussulari buyicha frontal ochilish (eleyunt) va siqib chiqarish xromatografiyalariga bo’linadi. Analitik kimyoda ko’pincha ochilish xromatografiyasi qo’llaniladi.

2.Bajarish tehnikasi buyicha kolonkali (nayli) xromatografiya (qo’zg’almas varog’oga uoki shisha metal plastinkaga yupqa qatlam qilib joylashtirilgan) ajratiladi.

Xromatografik analizning mohiyati quyidagilardan iborat. Kolonkaga (sorbentning yupqa qatlami yoki qog’oz lentaga ) ajratiladigan aralashmaga ozgina solinadi. Aralashmaning tarkibiy qismlari sorbentningyuqori qatlamlarida (tekiz yuzasidagi xromatografiyada esa namuna solingan joyida) yutila boshlaydi. Bunda yahshi yutilganlarga nisbatan kattaroq tezlik bilan utadi. Dastlabki xromatogramma hosil bo’ladi, unda aralashma tarkibiy qismlarga hali tuliq ajralmagan bo’ladi.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling