Guruh talabasi hamzayeva firuza
Download 493.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Metallarning allotropik
Chiziqli nuqsosnlar
O`lchamlari faqat ikki yo`nalishdagina kichik bo`lgan nuqsonlarga aytiladi. Bunday nuqsonlarning eng muhimi dislokatsiyadir. Nuqtaviy nuqsonlar zanjiri ham chiziqli dislokatsiyaga kiradi. Sirt (yuza) nuqsonlar O`lchamlari faqat bir yo`nalishda kichik bo`lgan nuqsonlarga aytiladi. Bunday nuqsonlarning kristall donachalari orasidagi chegaralar, bloklar orasidagi chegara yoki fazalar orasidagi chegara yuzalari ham yuza (sirt) nuqsonga ko`radi. Dislokatsiya deb deformatsiya natijasida chegaradagi yacheykani atomlarining o`z o`rnidan ko`chmasligiga aytiladi. Demak, dislokatsiyaning eng muhim parametri siljish vektoridir. Siljish vektori odatda Byurgers vektori ham deb ataladi. Dislokatsiya surila oladigan yoki tutilib qoladigan bo`lishi mumkin, boshqacha qilib aytganda, mukammal yoki nomukammal bo`lishi mumkin. Nomukammal diklokatsiya deformatsiyalangan paytda to`siqlik qilishi mumkin. Shuning uchun ham deormasiyaga qarshiligi ortadi. rasm. Chiziqli nuqson (dislokatsiya). Dislokatsiyaning o`zi chiziqli yoki burama bo`lishi mumkin. Chiziqli dislokatsiya deb, siljish vektoriga perpendikulyar bo`lgan dislokatsiyaga aytiladi. Burama dislokatsiyada atomlarning siljish yo`nalishi siljish vektoriga parallel bo`ladi. Shuni ham, aytish kerakki, dislokatsiya surilish yo`li bilan yoki diffuziya yo`li bilan ko`chishi mumkin. Dislokatsiya kristallanish boshlanishi bilanoq paydo bo`ladi va metall xossalariga ta'sir qiladi. Agar dislokatsiya bo`lmasa, metall mustahkamligini eksperimental ravishda o`lchasak, uning nazariy miqdorga yaqinligi ko`payadi. Real metallar dislokatsiya ko`payib borgan sari uning mustahkamligi avval kamayib boradi, so`ngra yaxshi o`sadi. Dislokatsiya ko`payishi joyda qo`shimcha elementlar ham yoqiladi, natijada dislokatsiya qo`shishga xalaqit bermaydi. Dislokatsiya zichligi metall mustahkamligini orttiradi. Download 493.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling