Guruh talabasi hamzayeva firuza
Download 493.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Metallarning allotropik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Kristallanish jarayonining sharoiti mexanizmi va qonuniyati. 4. Kristallarning formalari. Metal quymasining tuzilishi.
- 7. Kristall murakkab fazalarining tuzilishi va xossalari.
Metallarning allotropik shakl o`zgarishlari Reja: 1. Kirish. 2. Kristall panjara to`g`risida tushuncha. 3. Kristallanish jarayonining sharoiti mexanizmi va qonuniyati. 4. Kristallarning formalari. Metal quymasining tuzilishi. 5. Qattiq xolda kristallanish yoki ikkilamchi kristallanish. 6. Metallarning allotropiyasi yoki polimorfizm. 7. Kristall murakkab fazalarining tuzilishi va xossalari. Texnika materiallarining tuzilishi va uning xossalari to`g`risidagi amaliy ilmga materialshunoslik deb ataladi. Bu ilmning asosiy masalalari materialning tartibi bilan uning strukturasi va xossalari orasida bog`lanish o`rnatishdan iborat deb tushunmoq kerak. Materialning tarkibi deb - shu material qanday kimyoviy elementlardan tuzilishi va shu elementlar miqdori qanday va ular qay bog`lanishda ekanligi tushuniladi. Shuni aytish kerakki jism birgina kimyoviy elementdan tashkil topishi texnikada juda kam uchraydigan holdir. Juda ko`pchilik texnikaviy materiallar bir necha kimyoviy elementlardan tuzilgan bo`lib, ular ko`pincha bir-birlari bilan bog`langan xolda bo`ladi. Texnikada qo`llaniladigan ko`pchilik metall va metallmas materiallar kristallik tuzilishiga ega. Bunday hol hamma texnika materiallarni bir nuqtai nazardan, bir vaziyatdan yani atomlar orasidagi bog`lanishlarning tabiatiga qarab kristall struktura va uning xossalarini o`rganish mumkin bo`ladi. Demak bir tomondan tarkib bilan kristall struktura orasidagi bog`lanish, ikkinchi tarafdagi material xossalari bilan struktura orasidagi bog`lanishlarni o`rganishi material xossalarini yaxshilashgagina olib kelmay, balki ana shu metod asosida prinsip jihatdan yangi materiallarni yaratish asosi bo`lishi ham mumkin. Texnikada progress va taraqqiyot material xossalarini yaxshilashga va yangi materiallarni yaratishni taqazo etadi. Materiallardagi qayta ishlashning yangi metodlarini yaratish, ishlash sharoiti ratsional ravishda mos keladigan materialni tanlash oqibati natijasida buyurtmalar qiymatini kamaytiribgina qolmay, balki ishlab chiqarish unumdorligiga ham oshiradi. Fanni rivojlantirishga rus olimlari juda katta qissa qo`shdilar. Ilmiy materialshunoslikka asos solgan kishi D.K.Chernovdir (1839-1921y.). Uning metallar polimorfizmi to`g`risidagi kashfiyoti butun dunyoga tanilgan bo`lib, materiallarni kristallik tuzilishi va o`sishi haqidagi nazariyaga birinchi bo`lib asos soldi. N.S.Kurnakov (1860-1941y.) metall kristall tuzilishini fizika- kimyoviy usulda topish metodlarini oshkor etdi va metall qotishmalardagi murakkab kristall fazalarini klassifikatsiyasini yaratdi. G.V. Kurdyumov, A.A. Bochvar va boshqa juda ko`p olimlar metallardagi faza o`zgarish kinematikasi va mexanizmlari asoslarini yaratdilar. A.M. Butlerov (1828-1886y.) organik birikmalarni kimyoviy tuzilishi asoslarini yaratdi. Bu kashfiyot bir qator yangi sintetik polimer materiallarini yaratishga asos bo`ldi. O V. Lebedevning ilmiy ishlari natijasi dunyoda birinchi bo`lib sintetik kauchukni sanoat miqdorida ishlab chiqarishga olib keldi. V.A. Kargin va uning talablari Polimer materiallarni strukturasi hamda xossalarini o`rganishda juda katta ish qildilar. Ana shu ishlarini davom ettirib, hozirgi paytda V.A. Beliy va uning talabalari yangidan-yangi perspektin metallopolimer materiallarni yaratish asoslarini ishlab chiqarmoqdalar. Download 493.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling