652-19 guruh talabasi Izzatullayev Kamolxon.
Akademik yozuv fanidan topshiriq
Maqolalarga annotatsiya yozish
1."Xalq dilidagi Navoiy"
Ushbu maqola kitobxonlar uchun tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan ma'naviy, axloqiy, ibratli afsonalar asosida yozilgan. Maqolada buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning sermazmun, serqirra, o'ziga xos ijodi hamda Navoiy obraziga xos bo'lgan xususiyatlarni ko'rishimiz mumkin. Bu maqolada Navoiyning dono, adolatparvar, xalq manfaatlarini ko'zlovchi vazir, tadbirkor, nochor kimsalarga mehribon, vafodor do'st ekanligini yaqqol ko'rishimiz mumkin.
Maqolada keltirilgan barcha rivoyatlar hayotiy voqealar va munosabatlar asosida yaratilganligi, Navoiyning xalq uchun, vatan uchun jonini fido qilganligi ifodalangan.
Maqola biz talabalar uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.
2.Nemis tili o'qitish jarayonida ijodiylikni rivojlantirishga interfaol usullarning ahamiyati.
Ushbu maqola olmon tili yoki nemis tilini o'rgatuvchi oqituvchilar uchun o'qitish jarayonlarida interfaol usullarning ahamiyati haqida yozilgan. Maqolada o'qitishning yuqori bosqichida qo'llash samarali bo'lgan bir nechta interfaol usullar aytib o'tilgan.
Ulardan biri "imprivizatsiya" keltirilgan. Bu usulda talaba yoki o'quvchiga bir nechta muammoli vaziyatlar beriladi. Bu holatda talaba o'z fikrini bayon qiladi. Lekin o'qituvchi bunday holatni baholashda ozgina qiyinchilikka uchraydi.
Bunday interfaol usullar talaba yoshlarning bilimini kuchaytirishda yordam berishi ushbu maqolda aniq ravshan bayon etilgan.
3.Maktabgacha ta'lim muassasalarida multimedia vositalaridan foydalanish.
Mqolada maktabgacha ta'lim muassasalarida multimedia vositalaridan foydalanish ko'rib chiqilgan. Ushbu maqolada multimedia vositalari nimalardan iboratligi, ularni maktabgacha ta'lim muassasalarida foydalashning o'ziga xos xususiyatlari haqida keng material keltirilgan.
Biz bu maqoladan bunday vositalar bolalarning o'zlashtirish darajasi rivojlanishida muhim ahamiyatga ega ekanligiga amin bo'lamiz.
4.Chet tili o'qitishda interfaol usullar va zamonaviy yondashuvlar.
Biz bu maqolada chet tilini o'qitishda interfaol usullar va zamonaviy yondashuvlar haqida ko'rishimiz mumkin. Shuningdek, maqolada ta'lim amaliyotida foydalanilayotgan interfaol metodlardan bir nechtasining moxiyati va ulardan foydalanish borasida so'z yuritilgan.
Maqoladan shuni aytish mumkinki, interfaol usullarni qo'llab dars o'tilganda sinfda qoloq, o'zlashtirmaydigan o'quvchi qolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |