Akademik yozuv (topshiriq 3). Mavzu: “iqtisodiyot va menejmentning bugungi kundagi o’rni”
Download 6.62 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI O’zbek va rus tillari kafedrasi 1-TOPSHIRIQ. AKADEMIK YOZUV (TOPSHIRIQ 3). MAVZU: “IQTISODIYOT VA MENEJMENTNING BUGUNGI KUNDAGI O’RNI” FAKULTET: AKT SOHASIDA IQTISODIYOT VA MENEJMENT GURUH: 121-22 PATOK: AWR007 BAJARDI: BAXROMOVA SEVARA OYBEK QIZI TEKSHIRDI: Yulanova Nargiza DavlatovnaReja: I. Iqtisodiyot va menejment nima? II. Iqtisodiyot turlari III. Sohadagi muammolari hamda ularga yechimlar. IV. Taraqqiyotda iqtisodiyot va menejmentning ahamiyatiIqtisod odamlarning turli ijtimoiy, moddiy maqsadlarini amalga oshirish uchun bozorda o'zaro qanday muloqot qilishni tushuntirishga, o’rganishga yordam beruvchi fan. *Iqtido-insoniyat jamiyatida boylikni ishlab chiqarish, taqsimlash va iste'mol qilishni o'rganish. *Iqtisod - tanlov qilishni o'rganishdir. *Iqtisod - insoniy xulq-atvorni o'rganadigan ijtimoiy fan.Menejment inglizcha so’zdan olingan bo’lib, “boshqarish”, “tashkil etish” degan ma’noni anglatib, boshqarish faoliyati, boshqarish toʻgʻrisidagi fan hisoblanadi. Menejmentning vazifasi ishlab chiqarish samaradorligiga, texnika va texnologiya darajasi hamda ishchi kuchining sifatiga samarali taʼsir koʻrsatishdan, boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik sanʼati sirlarini oʻrganishdan iborat. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha boʻgʻinlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlash hisoblanadi.Iqtisodiyotning ikki tarmog’i, ya’ni turi mavjud: mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot. Ularning bir-biridan farqli tarafi shundaki, mikroiqtisodiyot iqtisoddagi ayrim odamlar yoki firmalarga tegishli bo'lgan va odamlarning xulq-atvorini tahlil qiluvchi vazifalarga qarasa, makroiqtisodiyot yuqori darajadagi masalalarni, jumladan davlatlar o’rtasidagi import-eksport, kapital, yer, mehnat, YIMM (yalpi ichki milliy mahsulot) foizini keng qamrovda o’rganib chiqadi.Mikroiqtisod Makroiqtisod individual bozorlar tovar narxiga ta'siri individual mehnat bozori individual iste'molchi xatti-harakati tovar ta’minoti butun iqtisodiyot (YaIM) inflyatsiya ishsizlik/ish bilan ta’minlash yalpi talab iqtisodiyotning ishlab chiqarish quvvati Mamlakatdagi ishsizlik koeffitsiyenti, mehnat bozorida talab katta, taklif kamligi-> malakali, bilimli, yosh va serg’ayrat kadrlar tayyorlash dasturini tuzish, uni amalda tatbiq etish, shu bilan birgalikda, mamlakatda yangidan-yangi bo’sh ish o’rinlari yaratish va ularga zamon bilan hamnafas yoshlarni jalb etish;Inflyatsiya darajasi-> mamlakatda eng kam oylik ish haqqi miqdorini, ishchi-xodimlarning oylik va yillik maoshlarini ko’tarish, soliq tizimida islohotlar o’tkazish, xususiy tadbirkorlikka keng imkoniyatlar yaratish, boshqacha qilib aytganda, davlat xalqdan emas, aksincha xalq davlatdan manfaatdor bo’lish prinsiplarini qo’llash lozim.Iqtisodiyot va menejment fanlari bugungi kunda eng dolzarb ijtimoiy tushunchalar bo’libgina qolmay, insoniyat rivojining asoslaridan biri bo’lib kelmoqda. Ularning yordamida bank-moliya, soliq, sug’urta, kredit, tijorat soha va tizimlari, bozor iqtisodiyoti jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Iqtisodiyot yordamida bozor iqtisodiyotiga samarali o’tish amalga oshirilsa, menejment bilan uni yanada rivojlantirish, taraqqiy ettirish mumkin. Bularning har ikkisi bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, biri ikkinchisi to’ldiradi, hamkorlikda ish yuritadi. Iqtisodiyot va menejment rivojlangan yurtda bozor, pul, ijtimoiy munosabatlar anchayin taraqqiy etib, jahon siyosatida ham yetakchi o’rinlarni egallash mumkin.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. Jo’rayev T., Tojiboeva D. Iqtisodiyot nazariyasi. – Toshkent, 2014 2. Абдуқодиров А.А. таълимда инновацион технологиялар. – Тошкент, 2008 Foydalanilgan saytlar ro’yxati: 1. www.eduportal.uz 2. www.wikipedia.uzDownload 6.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling