Toshkent moliya instituti sirtqi fakultet xalqaro moliya-kredit kafedrasi


Download 455 Kb.
bet1/5
Sana11.05.2023
Hajmi455 Kb.
#1454916
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Banklar, ularning turlar, asosiy funksiyalari (1)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI




SIRTQI FAKULTET
XALQARO MOLIYA-KREDIT KAFEDRASI
KURS ISHI
Ro‘yxatga olindi “Moliya” fanidan
_____
____”____ 2022 yil
Mavzu: Banklar, ularning turlar, asosiy funksiyalari
KURS ISHI
Himoya hay’ati a’zolari
1._________________________ Bajardi: 5-kurs MMC-65guruh
2._________________________ talabasi Sambayeva Dilobar
3._________________________ Ilmiy rahbari : M.Pulotova

TOSHKENT-2023
Mundarija
Kirish………………………………………………………………………...

  1. Bank tizimi. Bank turlari va ularning funksional yo'nalishi bo'yicha klassifikatsiyasi

  2. Banklar faoliyatining amaliyoti tahlili

  3. Bank xizmatlar bozoridagi muommolar va ularni bartaraf etish yo‘llari.

Xulosa………………………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………





KIRISH
Respublikamiz mustaqilligining e`lon qilinishi butun dunyo mamlakatlari tomonidan tan olingan bozor iqtisodiyoti dastaklarini bizning respublikamizga ham kirib kelishiga zamin yaratdi. Shuning uchun ham respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimini yaratish zaruriyati tug`ildi.
Bank – moliya sohasining barqaror rivojlanishi har bir mamlakat iqtisodiy siyosatining muhim ustuvorligi hisoblanadi. Chunki, u iqtisodiy o’sish hamda taraqqiyotning eng muhim omilidir. Shunday ekan, bu holat o’z–o’zidan unda olib borilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda mukammallashtirish masalalari bilan bevosita bog’liqdir.
Mamlakatimizda bank-moliya tizimini mustahkamlash va sifat jihatidan yaxshilashga, shuningdek, banklarning harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo’lishiga hamda ularning yirik investitsiya institutlariga aylanishiga alohida e’tibor berilmoqda. Chunki, mamlakatning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi ko’p jihatdan bank-moliya tizimining samarali faoliyatiga bog’liqdir.
So’ngi yillarda bank tizimi eng tez rivojlanayotgan segmentlardan biri bo’lib, sohadagi aktivlar, kapital darajasi, kredit qo’yilmalari va investitsion amaliyotlar hajmi kabi asosiy ko’rsatkichlarning o’sish sur’atlar buni yaqqol tasdiqlamoqda.
Bugungi kunda yurtboshimiz bank tizimida olib borayotgan izchil va maqsadli islohotlar uning, nafaqat, jahon moliyaviy inqirozining salbiy ta’siri va oqibatlaridan ishonchli tarzda himoyalanishga, balki banklar faoliyatiga muhim va sifat o’zgarishlariga erishish, iqtisodiyotning real sektorini kreditlash hajmini kengaytirish hamda bank va moliya xizmatlarini ko’rsatish darajasini tubdan yaxshilash imkonini beradi. Mamlakatimiz bank tizimining barqaror va ishonchli faoliyat yuritishi uning jahon moliya bozoridagi nufuzi ortib borishi, shuningdek, mamlakatni moderinizatsiya qilish yo’lidagi dadil qadamlarimiz dunyo jamoatchiligi, shuningdek, qator nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan e’tirof etilmoqda.
Shu bilan bir qatorda, Respublikamizda yirik banklarning kapitallashuv darajasini oshirish, kopgina xorij mamlakatlari amaliyoti bo’yicha asosan banklarning likvidlik ko’rsatkichining saqlab turishga emas, balki banklarning investitsiyaviy faolligini kuchaytirishga iqtisoddagi tarkibiy o’zgarishlarning ustuvor yo’nalishlarini qayta tiklash va kengaytirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan kreditlash hajmini oshirish qaratildi.
So’nggi yillarda yurtboshimiz rahnamoligida mamlakatda aholi farovonligini oshirish va turmush darajasini yanada yaxshilash, xususan, qishloq aholi punktlari qiyofasini tubdan o’zgartirish, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarni ro’yobga chiqarishda banklarning faol ishtiroki ta’minlanmoqda.
Yurtimizda olib borilayotgan bunda keng qamrovli islohotlarni, o’ylaymanki, o’quv yili mobaynida o’zlashtirgan bilimlarimizning natijasi sifatida yozayotgan ushbu kurs ishimda aynan shu sohada, ya’ni bank-moliya sohasiga berilayotgan e’tibor, undan olib borilayotgan islohotlar, uning jarayonlari va natijalarini aniq misollarda, raqamlarda kengroq yoritib berishga harakat qilaman.


Download 455 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling