Guruh talabasi Komilov Fazliddinning Dinshunoslik fanidan 2- joriy nazorati


Download 19.61 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi19.61 Kb.
#1568526
1   2   3
Bog'liq
dinshunoslikf

Missionerlik – biror dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilish, demakdir.
Missionerlik asosan, xristianlikka xos bo‘lib, bu harakat xristianlik Vizantiya imperiyasida davlat dini sifatida e’lon qilinganidan e’tiboran olib boriladi.
Missionerlik faoliyatining eng cho‘qqisi prozelitizmdir. Prozelitizm — bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri biron bir dinga ishongan fuqaroni majburan o‘z dinidan voz kechtirib, o‘zga dinni qabul qilishga majbur qilishdan iborat.
Missionerlar mustaqilligimizning ilk yillari demokratiya niqobi ostida, rasmiy tashkilot sifatida joylarda o‘nlab ibodatxonalarini qurib, yurtimizni kelgusida har jihatdan notinch qilishga qaratilgan qora ishlarini boshlashdi. Shukrki, ularning bu faoliyatlari tez orada barham topdi.
Prozelitizm illatining ba’zi bir noxush natijalarini keltirish mumkin: bir qancha vaqt islom dinida yurib, keyin xristian dinini qabul qilgan kishilar vafot etganda, jasadlarini musulmon qabristoniga qo‘yish muammo tug‘dirmoqda. Sababi, mayitning musulmon ota-onalari o‘z farzandlarini xristian mozoriga dafn etishni xohlamaydilar. Musulmonlar esa, xristian dini vakili jasadini o‘z musulmon birodarlari yotgan joyga dafn etilishini haqorat deb biladilar. Natijada kelishmovchiliklar kelib chiqadi.
Shunday ekan, xushyor bo‘lishimiz, loqaydlikka berilmasligimiz kerak bo‘ladi, chunki «Vatan», «Millat», «Imon-e’tiqod» muqaddas tushunchalardir. Uni xech narsaga almashtirib bo‘lmaydi. Missionerlik respublikamiz aholisi tinchligi va osoyishtaligi uchun taxdid ekanini chuqur anglash, uning oldini olish hamda qarshi kurash bo‘yicha tizimli va tadrijiy ishlarni olib borish har bir fuqaroning millat va Vatan oldidagi muqaddas burchi hisoblanadi.

Missionerlar mamlakatimizdagi vaziyatga moslashgan holda o‘z harakatlarini tashkil qilishga urinayotganliklarini ham yoddan chiqarmaslik lozim. Jumladan, xristian diniy tashkilotlarida ibodatlarni o‘zbek va boshqa mahalliy tillarda olib borish, maxsus diniy adabiyotlarni mamlakatimiz hududiga olib kirish va tarqatish yo‘lidagi harakatlar batamom to‘xtadi, deb bo‘lmaydi. Xususan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, birinchi galda «Iyegov guvohlari» diniy gashkiloti vakillari o‘z missionerlik faoliyatlarini shu tarzda olib borishni davom ettirishga urinmokdalar. Masalan, 2006 yilning sentyabr oyidan e’tiboran cherkovning eng asosiy nashrlaridan biri bo‘lgan «Storojevaya bashnya» jurnali «Qo‘riqchi minorasi» nomi ostida ilk marta o‘zbek tilida bosmadan chikdi va turli noqonuniy yo‘llar bilan respublkkamizga olib kirishga xarakat qilinmoqda. Ayni paytda, ular uyma-uy yurib, ochikdan-ochiq o‘z dinlariga da’vat qilishga, go‘yoki faqat ularning dinlari haqiqiyligi, boshqa dinlar esa botil ekani haqidagi g‘oyani singdirishga harakat qilmoqdalar.
Download 19.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling