Guruh talabasi Mamataliyev Halimjon Chog'lanma va gazryadli chiroqlar


Download 493.68 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi493.68 Kb.
#1150544
Bog'liq
Mamataliyev Halimjon Elektr yoritish fanidan


52-20 guruh talabasi
Mamataliyev Halimjon
Chog'lanma va gazryadli
chiroqlar
Cho‘g‘lanma lampa - issiqlik energiyasini yorug‘likka aylantirib berish orqali nur taratuvchi sun'iy yoritish manbasidir. Bunda lampa ichida joylashtirilgan va qiyin eruvchan metalldan tayyorlangan o‘ta ingichka spiral metall tola (odatda u volfram metallidan tayyorlangan bo‘ladi) qiziganida o‘zidan nur chiqarishi xossasidan foydalaniladi. Metallning oksidlanish natijasida lampa ishdan chiqishini oldini olish maqsadida, lampa ichidagi havo so‘rib olinadi, ya'ni, vakuumli muhit hosil qilinadi.
Bugungi kunda cho‘g‘lanma lampalardan foydalanish ' energiya tejamkorlik nuqtai nazaridan qaralganda g‘oyat samarasiz va aytish joizki, isrofgarchilikka asoslangan amaliyotdir. Albatta, o‘z davrida cho‘g‘lanma lampalar insoniyatga benazir xizmat qildi. Ular o‘sha zamonlargacha zulmat ichida bo‘lgan ko‘chalarga yorug‘lik, charog‘onlik olib kirdi. Katta shaharlarda esa, shoxko‘chalardagi moyli mash'alalar va zaharli gaz bilan to‘ldirilgan gazli lampalar o‘rniga, xavfsiz va samarador yechim bo‘lib kelgan edi. Lekin endi, XXI-asrda cho‘g‘lanma lampalarning ham davri o‘tdi. Aytilganidek, bunday lampalar eng avvali energiya sarfi bo‘yicha samarasizdir. Chunonchi, cho‘g‘lanma lampa o‘zi iste'mol qilayotgan energiyaning atiga 10% qisminigina foydali ishga, ya'ni, - yorug‘likka aylantirib beradi xolos. Qolgan 90% energiyani esa u issiqlik tarzida atrofga taratib yuboradi. Masalan, ayniqsa yoz kunlarida ushbu issiqlik energiyasi shunchaki atrof muhitga besamar tarqab ketadi. Aynan shu sababdan, so‘nggi yillarda deyarli barcha rivojlangan davlatlarda cho‘g‘lanma lampalardan foydalanish asta-sekinlik bilan tugatilmoqda.
Cho'g'lanma lampalarning afzalliklari va kamchiliklari.
Cho'g'lanma lampalarning afzalliklari:
Yoqilganda, ular deyarli bir zumda yonadi. Kichik o'lchamlarga ega. Ularning narxi past.
Cho'g'lanma lampalarning asosiy kamchiliklari:
Lampalar ko'r-ko'rona yorqinlikka ega, bu insonning ko'rish qobiliyatiga salbiy ta'sir qiladi, shuning uchun ular porlashni cheklaydigan tegishli armaturalardan foydalanishni talab qiladi;
qisqa xizmat muddati (taxminan 1000 soat);
muddat...
Lyuminessent lampa - lyuminessensiya hodisasiga asoslangan lampa. Gaz-Zaryadli yorugʻlik manbai. Ichki devoriga Lyuminoforlar qatlami surkalgan, ichiga Inert gazlari (argon, geliy va boshqalar) va Metallar (maye. simob) bugʻi toʻldirilgan shisha naychadan iborat. Elektr toki oʻtganda lampada elektr razryad vujudga keladi. Ultrabinafsha nurlar taʼsirida metall atomlari, soʻngra lyuminofor yorug'lik socha boshlaydi. Lampaning yorug'ligi tabiiy yorugʻlikka yaqin boʻliish uchun lyuminoforlar tanlanadi. Simobli lampalar shunday turga yaqin boʻladi. Lyuminessent lampaning ishlash muddati Choʻgʻlanma lampalarga qaraganda ancha yuqori boʻladi. Xonalar, koʻchalarni yoritishda va boshqalarda ishlatiladi.
Lyumenissent chiroqlarning afzalliklari;
a) Yorug‘lik uzatishning yuqoriligi (75 lm/Vt gacha).
b) Xizmat davrining kattaligi, ayrim standart chiroqlar uchun 10000 soatga boradi.
v) LCh ning spektrial tarkibi, to‘g‘riroq rang uzatishni ta’minlaydi.
g) Ravshanlikning nisbatan ozligi (ko‘z kamaytirishini hosil qilishi mumkin).
Lyumenissent chiroqlarining kamchiliklari;
a) Ulanish sxemasining murakkabligi (stroboskopik effektini yo‘q qilish uchun).
b) O‘zgaruvchan tokda ishlovchi chiroqlarni, o‘zgarmas tok tarmog‘idan ta’minlashga o‘tkazish imkoni yo‘qligi.
v) Xizmat davri oxirida (so‘ngida) yorug‘lik oqimining ancha kamayishi (50% gacha).
g)50 Gs ni o‘zgaruvchan tokda 100 Gs chastota bilan tebranadigan yorug‘lik oqimining ko‘zga (ko‘rish qobiliyatiga) zarari.
d) Ko‘rish qulayligi (konfort) zonasining past chegarasini ko‘payishi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
w.w.w.arxiv.uz
w.w.w.goglee.com
DRL lampalari–90, 125, 250, 500, 750, 1000 Vt va undan ortiq quvvatlarda ishlab chiqariladi. Ichki simob–kvarsli lampa nur taratayotganda qizil nur yo‘q bo‘ladi. Bu esa biror predmet rangini o‘zgarib qolgan holatda ko‘rsatadi.
Yuqori bosimli gazryadli lampalar. (DRL lampalar)
Sanoat korxonalarining hozirgi zamon yoritish qurilmalarida yuqori bosimli yoy–simobli (DRL) lampalar keng ishlatilmoqda. DRL lampalariikki elektrodli va to‘rt elektrodli qilib ishlab chiqariladi.
Yorug‘likning gaz razryadli manbalari (lyuminessent va DRL lampalari) cho‘g‘lanma lampalarga qaraganda ancha tejamli, ularning yorug‘lik berishi va ishlash muddatlari cho‘g‘lanma lampalarning yorug‘lik berishi va ishlash muddatidan bir necha marta ortiqdir.
Reja:
DRL chiroqlarining afzalliklari;
a) Yorug‘likni berish (uzatish) yuqori (55 lm/Vt gacha);
b) Xizmat davri katta (10000 soatgacha);
v) Ixchamligi;
g) Atrof–muhit sharoitiga uncha bog‘liq emasligi (faqat juda kichik haroratdan tashqari).
DRL chirog‘larining kamchiliklari;
a) Nur spektrida qoniqarsiz rang uzatishga olib keluvchi, ko‘k–yashil qismini ko‘pligi, ortiqligi;
b) Faqat o‘zgaruvchan tokda ishlash mumkinligi;
v) Ballastli
g) Ulangandagi yonish davri tahminan 7 minut va qayta yondirishning davom etishi, faqat sovigandan so‘ng tahminan 10 minut.
d) Xizmat davri oxirida yorug‘lik oqimining ancha kamayishi;
Foydalanilgan adabiyotlar
w.w.w.arxiv.uz
w.w.w.wikipedia.uz
w.w.w.hemis.uz
Download 493.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling