Guruh talabasi Nasilloyev Sanjar


Download 19.25 Kb.
Sana22.11.2021
Hajmi19.25 Kb.
#176495
Bog'liq
7-vazifa


223-17 guruh talabasi

Nasilloyev Sanjar

SAVOLLAR


  1. Taraqqiyotning “o‘zbek modeli”ning konseptual asoslarini ta’riflab bering.

  2. O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida demokratik fuqarolik jamiyatini rivojlantirish vazifalarini qo‘yilishining siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy asoslarini ta’riflang.

  3. “Harakatlar strategiyasi” (2017) 5 ta yo’nalishi vazifalarini ko’rsating.

  4. Siyosiy modernizatsiya tushunchasi nima? Uning maqsadi va mohiyatini aniqlang.

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi Qarori mazmun-mohiyatida mamlakatimiz fuqarolarining istiqlolimiz tarixini teran anglashiga erishish vazifasi ham yotibdi.

Bu esa har birimizni, ana shu Qarorda alohida ta’kidlanganidek, mustaqillikka erishganimizdan keyin milliy davlatchiligimizni, o‘zligimiz, insoniy haq-huquq va qadr-qimmatimizni tiklash borasida amalga oshirilgan ulkan islohotlar mag‘zini chaqishga undaydi.

Davrlar o‘tgani sayin mustaqilligimiz tarixini o‘rganish, bu ulug‘ ne’matga qanday erishganimiz mohiyatiga yetish, istiqlolimiz qadrini chuqur anglashning ahamiyati tobora ortib boraveradi.

Mamlakatimiz 1991-yil 31-avgustida o‘z mustaqilligiga erishdi. Dunyo xaritasidan O‘zbekiston Respublikasi degan yangi mustaqil davlat munosib o‘rin egalladi. U 24 yillik tarixan qisqa davrda ulkan rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi.

Avvalo, siyosiy qarashlarimiz o‘zgardi. O‘tgan yillar mobaynida mamlakatimizda, iqtisodiy, ma’naviy islohotlar bilan birga, ulkan siyosiy islohotlar amalga oshdi. Tafakkurimizga butunlay boshqacha siyosiy ong kirib keldi.

Siyosatchilar XX asrni, milliy davlatlarning paydo bo‘lishi asri, deb hisoblaydi. O‘zbek xalqi bu asrning qariyb to‘rtdan uch qismini sho‘ro zug‘umi ostida o‘tkazdi. Bu mustabid davrda milliy davlat qurish, jahon hamjamiyatida xalqaro mezonlar asosida xalqimiz manfaatini himoya qilish va shu yo‘lda siyosat yurgizish u yoqda tursin, shu gapni aytishning o‘ziga ham haq-huquqimiz yo‘q edi.

Demokratiya, fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat tushunchalari shunchaki so‘zlar emas. Bularning har biri – bir ulug‘ g‘oya. Ostida xalqning katta kurashi, intilishi, mehnati yotibdi.



2.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan paytda ayrim xalqaro moliyaviy tashkilotlar rivojlangan davlatlarda qo‘llanilgan bozor mexanizmlarini tatbiq etishni maslahat berdi. Biz ulardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri nusxa ko‘chirmadik. Dunyoda tan olingan modellarning eng yaxshi jihatlarini o‘rganib, o‘zimizga mos va o‘zimizga xos taraqqiyot yo‘lini tanladik. Bu yo‘l davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati, xalqimizning davlatchilik tarixi, milliy-diniy qadriyatlari hamda jahon tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqildi.

Mashhur besh tamoyilga – iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi, davlat – bosh islohotchi, qonun ustuvorligi, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishga asoslangan ana shu model bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish strategiyasi sifatida barcha amaliy ishlarimizning mustahkam poydevori, taraqqiyotimizning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylandi.

Hech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, bu strategiya bozor iqtisodiyoti nazariyalarini yanada boyitdi, o‘tish davrini boshidan kechirayotgan davlatlar uchun yana bir namunaga aylandi.

Bu modelning barcha sinovdan muvaffaqiyatli o‘tishiga sabab bo‘lgan omillari ko‘p. Ularning eng asosiysi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishda turli xil sakrashlarsiz, ya’ni inqilobiy yo‘ldan emas, balki tadrijiy rivojlanish yo‘lidan borish tamoyilidir.

3.

Davlat va jamiyatqurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari

Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizasiya qilishda Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish:

davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo’yicha vakolatlarini yanada kengaytirish;

qabul qilinayotgan qonunlarning amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga yo’naltirgan holda qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish;

2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo’nalishlari

 Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish:

sud yalar va sud apparati xodimlarining mavqeini, moddiy rag’batlantirish va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish, sudlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

sud yalarga g’ayriqonuniy tarzda ta’sir o’tkazishga yo’l qo’ymaslik bo’yicha ta’sirchan choralar ko’rish;

sudning mustaqilligi va beg’arazligi, sud prosessida tomonlarining tortishuvi va teng huquqlik tamoyillarini har tomonlama tatbiq etish;

«Xabeas korpus» institutini qo’llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish;

sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash;


3. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari

Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish:

makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o’rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institusional o’zgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash;

xarajatlarning ijtimoiy yo’naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish; soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag’batlantiruvchi choralarni kengaytirish;

4. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari

4.1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish:

aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam ta’minlangan oilalar sonini va aholining daromadlari bo’yicha farqlanish darajasini yanada kamaytirish;

byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyasiya sur’atlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish; yangi ish o’rinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, o’rta maxsus va oliy o’quv muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, mehnat bozori mutanosibligini va infratuzilmasi rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish;

5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaromanfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar

5.1. Xavfsizlik, diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo’nalishlar:

O’zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish;

axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o’z vaqtida va munosib qarshilik ko’rsatish;

fuqarolik, millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash;

davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish;

atrof-tabiiy muhit, aholi salomatligi va genofondiga ziyon etkazadigan ekologik muammolarni oldini olish;

4.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, yangilanishlar hamda modernizatsiya jarayonlari jamiyat hayotining barcha jabhalaridagi muhim ahamiyatga molik masalalardan biri hisoblanadi.

Modernizatsiya nazariyasi tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak ushbu jarayon XX asrning 50-60 yillarida shakllana boshlagan.

“Modernizatsiya” so‘zi o‘zi nima? Modernizatsiya, modernizatsiyalash (fransuzcha modericatio, moderne – yangi, zamonaviy) – jamiyatni zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirish maqsadida xilma-xil o‘zgarishlarni amalga oshirishdan iborat ijtimoiy-tarixiy jarayonni ifodalovchi tushuncha.1

Modernizatsiya tushunchasi jamiyatni nazariy-metodoligik tadqiq etishda ishlatiladi va bu g‘oya evolyusionizm va funksionalizm ta’sirida vujudga kelgan.

Siyosiy sohadagi zamonaviylashuv — yuqori samara bilan ishlaydigan hokimiyat tashkilotlari cho‘zilishi, ularning rollari; funktsiyalari va vakolatlari aniq chegaralanishi, jamiyatda oqilona byurokratiya shakllanishi, fuqarolarning siyosiy jarayonda faol ishtirok etishidan iborat. Bunday o‘zgarishlar jamiyat rivojining mantig‘idan kelib chiqadi.

Zamonaviylashuv nazariyasi barcha ijtimoiy omillar tengligi, ulardan birining muayyan vaziyatda ustunligi - mavjud shart — sharoitlarga bog‘liqligidan kelib chiqadi.

Jahondagi barcha mamlakatlar bir-biridan siyosiy tuzumi, boshqaruv shakllari, siyosiy institutlari, aholisining mamlakat siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtirok etish imkoniyatlari, davlat va jamiyatda yuzaga keladigan rang-barang ehtiyojlarni qondirishning samarali yo‘llari topilganligi, muammolarni xal qilishda oqilona usullardan foydalanishi va boshqa ko‘plab mezonlar bilan bir-birlaridan farq qiladilar. Ular rivojlanishning o‘zlariga xos va mos yo‘lni tanlaydilar. Shu jihatdan olib qaraganda mamlakatlarning rivojlanish va zamonaviylashuv yo‘lini tanlashida ham o‘ziga xos usullar, imkoniyatlar va to‘siqlar mavjud bo‘ladi.



Siyosatshunoslik fanida zamonaviylashuvning asosiy uchta: klassik andozasi, kechikuvchi va jonsiz (noorganik) andoza va jadallashgan andoza mavjud deya tan olinadi. Birinchi andoza, ya’ni klassik xaotik andozaga G‘arbiy Evropa davlatlari, Avstraliya, Kanada va AQSHni misol tariqasida ko‘rsatish mumkin. Bu mamlakatlarda siyosiy tizim va institutlarning sifat o‘zgarishlari birinchi galda jamiyatda davtlabki zamoniylashuviy elementlar vujudga kelishdayoq boshlangan edi.
Download 19.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling