Guruh talabasi ning ona tili o’qitish metodikasi fanidan


Kurs ishi mavzusining oʻrganilganlik darajasi


Download 78.56 Kb.
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi78.56 Kb.
#1557598
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tursuntosheva Solihaning kurs ichisi

Kurs ishi mavzusining oʻrganilganlik darajasi:
Mazkur ishni yozilishda Prezidentimiz I.A. Karimovning qator asarlari, xususan, «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida», «O’zbekiston buyuk kelajak sari», «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin», «Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori», «Barkamol avlod orzusi», «Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch», «Ta’lim to’g’risida»gi qonun singari zaruriy adabiyotlardan foydalandik. Shuningdek, Q. Abdullayeva, K. Qosimova, S. Dolimov, A. Zunnunov, T. Jo’rayev, E. Shodmonov, Yu. Abdullayev, T. Mirzayev, B. Sarimsoqov, O. Safarov, M. Jumaboyev, X. Razzoqov, Yu. Sultonov, M. Qo’shjonov, S. Mamajonov, U. Normatov, S. Mirzayev, O. Sharafiddinov, P. Shermuxammedov, X. Umurov S. Matchonov, X. G’ulomova, Sh. Yo’ldosheva, Sh. Sariyev kabi o’nglab metodistlar va taniqli pedagoglar ma’rifatparvarlar va ijodkorlarning ilmiy, uslubiy nazariy asar va maqolalaridan foydalanib ish ko’rdik.

Kurs ishi mavzusining maqsad va vazifalari:
Boshlang’ich ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining asosiy poydevori hisoblanadi. Bu bosqichda o’qitiladigan fanlar orqali o’quvchilarning dastlabki bilim, ko’nikmalari, shuningdek ta’limning keyingi bosqichlarini samarali o‘zlashtirishga nisbatan motiv shakllantiriladi. “Ta’lim to’g’risida”gi qonunda alohida ta’kidlangan umumiy o’rta ta’lim maktablarining boshlang’ich sinf o’quvchilariga,
xususan, 1-2 3-4 sinflarga beriladigan bilim va tushunchalar hozirgi davr talabalari nuqtayi nazaridan ishlab chiqilmoqda. Shu nuqtayi nazardan, biz o’z bitiruv malakaviy ishimizda boshlang’ich sinf darsliklariga kiritilgan zamondosh shoirlar, yozuvchilar Safar Barnoyev, Miraziz A’zam Tursunboy Adashboyevlarning asarlarini tahlil qilishni o’z oldimizga maqsad qilib quydik.
Darsda va darsdan tashqari vaqtlarda ham mazkur o’qish uchun topshiriladi.
Albatta bu o’qishlarning boshida o’qituvchi-murabbiylar turadi. Bolalarning
o’qishlariga rahbarlik qiladi. Shuning uchun bo’lsa kerakki, Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov alohida ta’kidlaganidek boshlang’ich sinf o’qituvchilarining bunday buyuk xizmatlarini ta’riflab degan edi: «Dunyoda nufuzli kasblar ko’p, ammo ular orasida o’qituvchilik kasbi alohida yuksak mavqega ega. Ayni zamonda o’qituvchi
kasbiga nihoyatda katta talablar qo’yiladi, chunki biz murabbiy, muallimni qo’liga
farzandlarimiz taqdirini ishonib topshiramiz»

Download 78.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling