Guruh talabasi ning ona tili o’qitish metodikasi fanidan


Download 78.56 Kb.
bet1/8
Sana18.06.2023
Hajmi78.56 Kb.
#1557598
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tursuntosheva Solihaning kurs ichisi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIK TA’LIM FAKULTETI
BOSHLANG’ICH TA’LIM METODIKASI KAFEDRASI
5111700-BOSHLANG’ICH TA‘LIM VA SPORT TARBIYAVIY ISH YO‘NALISHI

___________ guruh talabasi
_____________________________________________ning
ONA TILI O’QITISH METODIKASI FANIDAN

________________________________________ mavzusidagi

KURS ISHI


ILMIY RAHBAR:


BUXORO-2023
REJA:
KIRISH
I BOB. BOSHLANG’ICH SINF O’QISH DARSLARIDA BERILGAN SHE’RLAR HAQIDA
1.1. Boshlang‘ich sinf o’qish darslarini tashkil qilish
1.2. O’qishning o’ziga xos turlari

II BOB. BOSHLANG’ICH SINF O’QISH DARSLARIDA SHE’RLARNI O’RGATISH METODIKASI
2.1. She’r va uni o’qitishning usullari
2.2. To’g’ri o’qish va o’qitish katta san’at

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi:
Bolalar tarbiyasi asosan ota-onalar va tarbiyachilar tomonidan oshiriladi. Hali
o’qish, yozish, chizishni bilmaydigan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar dunyo
sirlaridan mutloqo bexabar bo’ladilar. Shunga qaramay, bizni qurshagan olamni
tezroq bilib olishga uning sirlarni o’rganishga intiladilar. Unda oilada ota-onalar,
bog’chalarda esa tarbiyachilar, maktabda esa o’qituvchilar yaqindan yordam
beradilar, ya’ni ular badiiy asarlardan parchalar o’qishni, mazmun va mohiyatini
tushunishni o’rganadilar. Badiiy kitoblarning rasmlarini rang-barang harflarini
o’qish o’rganishga muvaffaq bo’ladilar. Ulg’ayib ketayotgan yosh avlodni komil
insonlar qilib tarbiyalashda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo’lagi bo’lgan
bolalar adabiyotining ham ahamiyati katta. Bolalar adabiyoti oz oldiga kelajak
avlodni jismonan baquvvat, ruhan pok, fikran sog’lom, iymon-e’tiqodi butun,
bilimi ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tarbiyalashdek katta
va murakkab vazifani qo’yganligi bilan ajralib turadi.
Zotan xalqning bir bo’lagi sanalgan bu yosh avlod sal fursat ichida voyaga yetib ulg’ayib qoladi. Shuning uchun ham bu avlodga alohida e’tibor va hurmat bilan qarash lozim. Bolalar uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos bo’lishi, ular qalbida chuqur o’y-fikrlar uyg’otishi, yorqin obrazlar va yuksak g’oyalarga boy bo’lishi, ularni ulkan va porloq ishlarga ilhomlantirishi zarur.
Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov alohida uqtirganidek, «Xalq-bamisoli ulug’ sharafli yo’ldan ilgarilab borayotgan karvon. Uni yo’ldan chalg’itishga urunuvchilar, payt poylab orqasidan hamla qiluvchilar hamisha bo’lgan, bundan
keyin ham bo’lishi mumkin. Karvon bexatar bo’lmas, degan gap bejiz aytilmagan.
Ammo xalq karvonini hech qanday kuch ortga qaytarolmaydi». Demak, shunday ekan, tarbiyachilar, murabbiy va o’qituvchi ustozlarning, shoir va adib, olim va
adabiyotshunoslarning oldida turgan eng asosiy vazifa yoshlarni barkamol qilib
tarbiyalashdir. Yoshlarda milliy g’urur tushunchasini shakllantirish, tarix sahnasida
chaqnagan ilm-fan, ma’rifat va ma’naviyat yulduzlarining asarlarini o’rgatish va
shu e’tiqod asosida tarbiyalab voyaga yetkazish muhim ishdir.


Download 78.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling