Guruh talabasi odiljonov shohjaxonning


Download 61.65 Kb.
bet2/6
Sana08.06.2023
Hajmi61.65 Kb.
#1463678
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Shohjahon WORT

Kurs ishining maqsadi: Shaxs haqida tushunchaga ega bo’lish , Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lish va uning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish kurs ishining maqsadi hisoblanadi.
Kurs ishining vazifalari: Ushbu maqsadga muvofiq quyidagi vazifalar belgilandi :

  • Adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish ;

  • Shaxs haqida ma’lumotlarni o’rganish;

  • Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lish haqida tushunchalarga ega bo’lish;

  • Har bir taraqqiyot davrining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish;

  • Metod va usullar ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish kurs ishining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Kurs ishini tuzulishi : Kurs ishi kirish, II ta bob , reja , xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan tashkil topgan kurs ishi hajmi: 28 bet

I BOB SHAXS TARAQQIYOTINI DAVRLARGA BO’LISHNING NAZARIY ASOSLARI

    1. Psixik taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuch muammosi


Turning rivojlanishidan-filogenezdan farqli ravishda individning taraqqiyoti


―ontogenez tushunchasi bilan ishlatiladi. Bu tushunchani nemis biologi E.Gekkell taqdim etgan. Psixika ontogenezi insonning tug’ilganidan to umrining yakunigacha davom etadigan uzluksiz rivojlanishi sanaladi.
Psixik taraqqiyot haqidagi masala boshqa so’z bilan, ya‘ni psixik taraqqiyotning harakatga keltiruvchi kuch masalasi orqali psixologiyadagi eng muhim muammolardan bir sanaladi. Uzoq yil davomida olimlar ushbu muammoga yondashgan bo’lsalarda, ammo yagona bir to’xtamga kelmadilar. Yosh psixologiyasi psixologiyaning alohida sohasi bo’lib, inson taraqqiyotining dalillari va qonuniyatlarini o’rganadi.
Psixik taraqqiyotni belgilovchi ikkita an‘anaviy kategoriya mavjud: biologik va sotsial.
“Muhit” , jamiyat taraqqiyotini asosiy belgilovchi roli to’g’risidagi tasavvur tarafdorlari mavjud bo’lib, ular sotsiogenetiklar deb nomlanadi. Ushbu yo’nalish vakillaridan bir ingliz filosofi Dj. Lokk hisoblanadi. Uning talqinicha bolaning qalbi nimani xohlasa yozish mumkin bo’lgan toza doskaga (tabula rasa) o’xshaydi. Olimlar shaxsning har qanday qirrasi shaxs tajribaga bog’liq, tug’ma omillar katta ahamiyatga ega emas degan g’oyani qo’llab quvvatladilar. Insonning psixik taraqqiyotida ta‘lim va tarbiyaning ahamiyati bilan bog’lovchilar hozirgacha mavjud. Masalan, shaxs nazariyasining vaziyatlilik‖ yondashuviga ko’ra insonlar boshidan pok va pok emas, mehribrn yoki vahshiy, fidoiy va egoist bo’lmaydilar, ular vaziyatning bosimi ostida tarkib topadilar degan g’oyaga tayanadilar.
Yuqoridagi yondashuvga qarama-qarshi g‗oyani ilgari surganlar esa fransuz faylasuflari R. Dekart va Jan-Jak Russolardir. Bu yo„nalish vakillari biologizatorlar
hisoblanadilar. Ularning fikricha shaxs taraqqiyotida belgilovchi rolni nasliy, genetik omillar belgilashi ta‘kidlanadi. Bola tabiat qonuniyatlariga muvofiq rivojlanadi.
Shaxs rivojlanishida har ikkala yondashuvni uyg’unligini ta‘minlovchi qarashlar mavjud bo’ldiki, bu konvergensiya nazariyasi deb ataladi va V. Shternga tegishli. U psixik taraqqiyot tug’ma xususiyatlarni va tashqi ta‘sirlarni oddiy namoyon bo’lishi emas, balki ichki imkoniyatlarni taraqqiyotning tashqi shart- sharoitlari bilan o’zaro konvergensiyasi deb hisobladi.
Konvergensiya nazariyasiga ko’ra psixik taraqqiyot X – nasliy element va U muhit elementlari ostida to’planuvchi jarayon sifatida qaraladi. Bu g’arb psixologiyasida eng keng tarqalgan konsepsiya sanaladi. Masalan, ingliz psixologi
G. Ayzenk 80% muhit ta’sirida , 20% irsiyat ta’sirida aniqlanadi deb hisoblaydi.

Ammo konvergensiya nazariyasi vakillari irsiy omillarning o’rni muhim hisoblab, muhit nasliy belgilarning tartibga soluvchi ro’yobga chiqishini ta‘minlovchi sanaydi. Konvernesiya nazariyasining biologik va sotsial omillarni mexanik qo’shishidagi cheklanganligi insonning tabiat va jamiyatdagi mohiyatini tushunishga olib kelmadi.


Masalani hal etishga yo’naltirilgan boshqa bir yondashuv ikki omilning ta‘siri bilan bog’liqlikni psixoanaliz va ko’pgina neofreydistlarning ishlarida kuzatildi.
Z.Freyd shaxs taraqqiyotini qoniqish va reallik prinsiplariga bog’liq tushunishga harakat qildi.
Qoniqish olishga intilish jinsiy mayllar bilan bog’liq bo’lib, biologik,y tug’ma va tabiiy berilgan bo’lib, unga intilish ijtimoiy, jamiyatdagi muhit bilan o’zaro to’qnash keladi. Reallik prinsipiga ko’ra inson dunyodagi munosabatlarda namoyon bo’ladi. Tarbiya tufayli reallik va qoniqish prinsipi ziddiyatga uchraydi. Shunday qilib, ikkala prinsip o’rtasidagi ziddiyatlar tufayli jamiyat bilan mayllar o’rtasidagi nizo shaxsning turli instatsiyalari “Kayvoniy Men” va ”U” o’rtasidagi tafovutda aks
etadi. “Kayvoniy Men” o’zida shaxsning sotsial rollarni o’zlashtirishi, “U” Tada esa insondagi tabiiy boshlang’ich manba, chuqur mayllarni ifodalaydi.
Psixikaning irratsional (aqliy bilish jarayonlaridan tashqari) tarkibiy qismlari bo’lmish emotsiya, mayl va shu kabilar yordamida shaxs xulqini tahlil qiluvchi nazariya psixodinamika deyiladi. Mazkur nazariyaning yirik namoyondalaridan biri
- bu amerikalik psixolog E.Eriksondir. U shaxs rivojini 8 ta davrga ajratadi va ularning har qaysisi o’ziga xos betakror xususiyatga egadir.
Birinchi davr – go’daklik. Ushbu davrda go’dakda ongsizlikka asoslangan tashqi dunyoga nisbatan “ishonch” tuyg’usi vujudga keladi. Buning bosh sababchisi ota--onaning mehr-muhabbati, g’amxo’rligi va jonkuyarligining nishonasidir. Agarda go’dakda ishonch negizi paydo bo’lmasa, balki borliqqa nisbatan ishonchsizlik hissi tug’ilsa, u taqdirda voyaga yetgan odamlarda mahdudlik, umidsizlik shaklida aks etuvchi xavf vujudga kelishi, ehtimol.
Ikkinchi davrda, ya‘ni ilk bolalikda jonzodda yarim mustaqqillik va shaxsiy qadr-qimmat tuyg’usi shakllanadi yoki aksincha, ularning qarama-qarshisi bo’lmish uyat va shubha hissi hosil bo’ladi. Bolada mustaqillikning o’sishi, o’z tanasini boshqarishga keng imkoniyat yaratib, bo’lg’usida shaxs xususiyatlariga aylanuvchi tartib va intizom, mas‘uliyat, javobgarlik, hurmat tuyg’ularini tarkib toptirishga puxta zamin hozirlaydi.
Uchinchi davr – o’yin yoshi deb atalib 5 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni o’ziga qamrab oladi. Mazkur davrda tashabbus tuyg’usi, qaysidir ishni amalga oshirish va bajarish maylini tarkib toptiradi. Mabodo unda xohish-istakni ro’yobga chiqarishning yo’li to’sib qo’yilsa, ushbu holatda bola o’zini aybdor deb hisoblaydi. Mazkur yosh davrida davra, ya‘ni guruhiy o’yin, tengqurlari bilan muloqotga kirishish jarayonlari muhim ahamiyat kasb etadi, natijada bolaning turli rollar sinab ko’rishiga, xayoloti o’sishiga imkon yaratiladi. Xuddi shu davrda bolada adolat tuyg’usi, uni tushunish mayli tug’ila boshlaydi.
To’rtinchi davr - maktab yoshi deb nomlanib, undagi asosiy o’zgarishlar ko’zlagan maqsadga erishish qobiliyati, uddaburonlik va mahsuldorlikka intilish tuyg’usi bilan ajralib turadi. Uning eng muhim qadriyati - omilkorlik va mahsuldorlikdan iboratdir. Ushbu yosh davrining salbiy jihatlari (illatlari) ham ko’zga tashlanadi va ularning qatoriga ijobiy xislatlari yetarli darajada bo’lmaganligi, ongi hayotning barcha qirralarini qamrab ololmasligi, muammolarni yechishda aql-zakovatning yetishmasligi, bilimlarni o’zlashtirishda qoloqligi (sustligi) va hokazo. Xuddi shu davrda shaxsda mehnatga nisbatan individual munosabati shakllana boshlaydi.
Beshinchi davr – o’spirinlik – o’zining betakror xislati, individualligi va boshqa odamlar bilan keskin tafovutlanishi bilan tavsiflanadi. Shuningdek, o’smirlik shaxs sifatida noaniqlik, muayyan rolning uddalamaslik, qat‘iyatsizlik singari nuqsonlarga (illatlarga) egadir. Mazkur davrning eng muhim xususiyati ―rolni kechiktirish‖ning o’zgarishi hisoblanib, birmuncha taraqqiyot bosqichiga ko’tarilishining daqiqasidir. Unda ijtimoiy hayotda bajarayotgan rollarining ko’lami kengayadi, lekin ularning barchasini jiddiy egallash imkoniyati mavjud bo’lmaydi, vaholanki bu kezda o’spirin rollarda o’zini sinab ko’rish bilan cheklanadi, xolos. Erikson o’spirinlarda o’z-o’zini anglashning psixologik mexanizmlarini batafsil tahlil qiladi, unda vaqtni yangicha his qilish, psixoseksual qiziqish, patogen (kasallik qo‗zg‗atuvchi) jarayonlar va ularning turli ko’rinishlari namoyon bo’lishini sharhlaydi.
Oltinchi davr - yoshlik boshqa odamga (jinsga) nisbatan psixologik intim yaqinlashuv qobiliyati (uquvi) va ehtiyoji vujudga kelishi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, jinsiy mayl bu sohada alohida o’rin tutadi. Bundan tashqari, yoshlik tanholik va odamovilik kabi bexosiyat xususiyatlari bilan tafovutlanadi.
Yetinchi davr - yetuklik davri deb atalib, hayot va faoliyatning barcha sohalarida (mehnatga, ijodiyotga, g’amxo’rlikda, pusht qoldirishda, tajriba uzatishda va boshqalarda) mahsuldorlik tuyg’usi unga uzluksiz ravishda hamroh bo’ladi va ezgu niyatlarning amalga oshishida turtki vazifasini bajaradi. Shuningdek,
mazkur davrda ayrim jihatlarda turg‗unlik tuyg‗usi nuqson (illat) sifatida hukm surishi ehtimoldan holi emas.
Sakkizinchi davr, ya‘ni qarilik inson tariqasida o’z burchini uddalay olganligi, turmushning keng qamrovligi, undan qanoatlanganligi (qoniqqanligi) tuyg’ulari bilan tavsiflanadi. Salbiy xususiyat sifatida ushbu yoshda hayotdan, faoliyatdan noumidlilik, ulardan ko’ngil sovish his-tuyg’ularini ta‘kidlab o’tish o’rinlidir. Donolik, soflik, gunohlardan forig’ bo’lishlik bu yoshdagi odamlarning eng muhim jihati, saxovati hisoblanadi, binobarin, har bir alohida olingan holatga nisbatan shaxsiyat va umumiyat nuqtai nazardan qarash ularning oliy himmati sanaladi.
J.Piaje intellekt nazariyasi ikkita muhim jihatga ajratilgan bo’lib, u intellekt funksiyalari va intellektning davrlari ta‘limotini o’z ichiga qamrab oladi. Intellektning asosiy funksiyalari qatoriga uyushqoqlik (tartiblilik) va adaptatsiya (moslashish, ko’nikish) dan iborat bo’lib, intellektning funksional invariantligi deb yuritiladi.
Muallif shaxsda intellekt rivojlanishining quyidagi bosqichlarga ajratadi:



  1. sensomotor intellekti (tug’ilishdan to 2 yoshgacha),




  1. operatsiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2 yoshdan to 7 yoshgacha),




  1. konkret operatsiyalar davri (7-8 yoshdan 11-12 yoshgacha),




  1. formal (rasmiy) operatsiyalar davri. Z.Freyd shaxs taraqqiyotini qoniqish va reallik prinsiplariga bog’liq tushunishga harakat qildi.

Qoniqish olishga intilish jinsiy mayllar bilan bog’liq bo’lib, biologik, tug’ma va tabiiy berilgan bo’lib, unga intilish ijtimoiy, jamiyatdagi muhit bilan o’zaro to’qnash keladi. Reallik prinsipiga ko’ra inson dunyodagi munosabatlarda namoyon bo’ladi. Tarbiya tufayli reallik va qoniqish prinsipi ziddiyatga uchraydi. Shunday qilib, ikkala prinsip o’rtasidagi ziddiyatlar tufayli jamiyat bilan mayllar o’rtasidagi nizo shaxsning turli instatsiyalari “Kayvoniy Men” va ”U” o’rtasidagi tafovutda aks
etadi. “Kayvoniy Men” o’zida shaxsning sotsial rollarni o’zlashtirishi, “U”da esa insondagi tabiiy boshlang’ich manba, chuqur mayllarni ifodalaydi.

    1. Download 61.65 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling