PIRLS tadqiqotlarida 2021 yil O‘zbekistondagi 180
ta maktabda tahsil
oluvchi 4-sinf o‘quvchilari ishtirok etishi ko‘zda tutilmoqda.
PISA tadqiqotining
tajriba-sinov jarayonida 15 yoshli o‘quvchilarning qatnashishi belgilangan.
O‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha PIRLS
xalqaro tadqiqoti qanday
o‘tkaziladi? PISA xalqaro tadqiqoti-chi, qaysi fanlar bo‘yicha o‘quvchi savodxonligi
baholanadi, kabi savollarga quyida javob olishingiz mumkin.
PIRLS xalqaro baholash dasturida 60 dan ortiq davlatlar qatorida ilk
bor O‘zbekiston o‘quvchilari ham qatnashadi.
«PIRLS bo‘yicha Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro
assotsiatsiyasi (IEA) hamda PISA bo‘yicha Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot
tashkiloti (OECD) bilan hamkorlikda respublikamizdan tadqiqotlarda ishtirok
etuvchi maktablar va o‘quvchilar tasodifiylik tamoyillari asosida tanlab olindi.Joriy
yilning aprel oyida bo‘lib o‘tadigan PIRLS tadqiqotlarida O‘zbekistondagi 180 ta
maktabda tahsil oluvchi 5 948 nafar 4-sinf o‘quvchilari hamda ularning ota-onalari,
maktab direktorlari va sinf rahbarlari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, PISA
tadqiqotining tajriba-sinov jarayonida 15 yoshli o‘quvchilarning qatnashishi
belgilangan», deydi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i