Guruh talabasi rahmatov baxtiyorning moliya fanidan tayorlagan
Daromad bilan bir qatorda banklarning yetarli xarajatlari mavjud
Download 0.49 Mb.
|
Tijorat banklarining depozit va nodepozit operatsiyalari0000000000
Daromad bilan bir qatorda banklarning yetarli xarajatlari mavjud:foizlar bo‘yicha xarajatlar: talab qilib olingungacha bo‘lgan depozitlar hisobvaraqlari, muddatli omonatlar, Markaziy bank va boshqa tijorat banklariga to‘lovlar, to‘lanadigan kreditlar bo‘yicha; foizsiz xarajatlar: komission xarajatlar va xizmatlar uchun xarajatlar (masalan, bank reklamasi yoki tadbirlarni o‘tkazish), xorijiy valyuta kursining salbiy o‘zgarishlaridan yo‘qotishlar, investitsiyalar va boshqalar; operatsion xarajatlar: ish haqi xarajatlari, bank binolarini ijarasi va boshqa xarajatlari, xizmat safarlari, amortizatsiya, sug‘urta, soliqlar va boshqalar; birlashmalarga a'zolik badallari uchun to‘lovlar va fuqarolar omonatini kafolatlash fondiga mablag‘lar to‘lovlari. Tijorat banklarini tashkil etish va tugatishning huquqiy asoslari "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi qonunda ifodalangan: 1.Banklar respublika hududida o‘z faoliyatlarini Markaziy bank tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradilar. Banklarga litsenziya berish O‘zbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida", "O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki to‘g‘risida", "Aksionerlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunlar va boshqa qonunlari, hamda bankka me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi. Tijorat banklarini tashkil qilish 630 - sonli Nizom asosida olib boriladi. 2. Ushbu nizomda O‘zbekiston Respublikasi hududida banklarni ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi hamda shartlari belgilab qo‘yilgan bo‘lib, tijorat banklari ochiq yoki yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlari shaklida tashkil etilishi mumkin. Bank tashkil etish jarayoni bir necha bosqichlarga bo‘linishi mumkin: 1. Tayyorgarlik bosqichi. 2. Bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bosqichi. Bank ochish haqidagi ariza bilan o‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojat qilish. Bunda arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinmog‘i kerak: yangi tashkil etilayotgan bankni ta’sis etish bo‘yicha hujjat. muassislar tomonidan imzolangan va ularning muhrlari bilan hamda notarial tartibda tasdiqlangan ta’sis shartnomasi. Ta’sis etuvchilar jismoniy shaxs bo‘lganlarida ularning imzolari notarial tasdiqlanadi. muassis aksiyadorlar yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan va muassislar tomonidan uch nusxada imzolangan bank ustavi. bank tashkil etish haqidagi qaror, ustav kapitalining miqdori va ustavni tasdiqlash, bank kengashi, taftish komissiyasi va boshqaruvini saylash haqidagi qarorlarni o‘z ichiga olgan bank kengashi raisi tomonidan tadiqlangan ta’sis yig‘ilishining bayonnomasi. Qayd etib o‘tilgan hujjatlarning loyihalari Markaziy bankning banklarni litsenziyalash departamenti ma’qullaganidan keyingina imzolanadi va tasdiqlanadi. Tijorat banki filialini tashkil etish paytida ham ushbu hujjatlar (ta’sis hujjatlaridan tashqari) taqdim etilishi kerak bo‘ladi. Markaziy bank bank faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun dastlabki ruxsatnoma berish masalasini hal etish jarayonida tashkil etilayotgan bank muassislarining moliyaviy imkoniyatlari va nufuziga, bank rahbarligiga taklif etilayotgan shaxslarning kasbiy mahoratiga, biznes va moliyaviy reja ko‘rsatkichlariga, tashkil etilayotgan bankning binolar va uskunalar bilan ta’minlanlangik darajasiga ham e’tibor qaratadi. Muassislar bank tashkil etish uchun dastlabki ruxsatnomani olganlaridan keyin litsenziya olish hamda bankni davlat ruyxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy - texnikaviy talablarni bajaradilar. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan dastlabki ruxsatnoma bir yil davomida yuridik kuchga ega bo‘lib, muassislar ushbu vaqt ichida barcha tashkiliy tayyorgarlik ishlarini amalga oshirishlari va bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni yakunlashlari lozim bo‘ladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda bank operatsiyalarini amalga oshirishga litsenziya olish uchun muassislar oldiga quyidagi talablar qo‘yiladi: litsenziya berish va bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida vakolatlari muassislar tomonidan yozma ravishda tasdiqlangan vakil shaxs tomonidan imzolangan arizani taqdim etilishi; davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya olish uchun berilgan barcha talablarni bajarish; barcha tashkiliy - texnikaviy tadbirlarni amalga oshirishlari, binolar va uskunalarni tayyorlashlari, bank operatsiyalarini avtomatik amalga oshirish maqsadida dasturiy - texnikaviy vositalarni tayyorlashlari, kassa uzelini Markaziy bank talablariga muvofiq tayyor holda keltirishlari; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan eng kam miqdordan kam bo‘lmagan miqdorda ustav kapitalini to‘lashlari va ustav kapitali to‘lanlanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishlari; Bankni ro‘yxatdan o‘tkazish va bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya berish masalasi Markaziy bank talab qilgan barcha hujjatlar to‘liq taqdim etilgan kundan boshlab bir oy ichida hal etilishi kerak. Bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilishda quyidagi asosiy omillarga e’tibor beriladi: bank biznes rejasining maqbulligi; bank kapitalining adekvatligi; daromadlikning kelgusidagi istiqbollari; ko‘zda tutilayotgan rahbarning malakasi va obro‘ e’tibori; bankni ochish uchun taqdim etilgan hujjatlarning amaldagi qonunchilikka muvofiqligi; monopoliyaga qarshi choralar. Bank operatsiyalarini litsenziyalashga bo‘lgan zarurat bankni mamlakat iqtisodiy to‘lov qobiliyatiga ta’sir etishi bilan bog‘liq. Bank operatsiyalarini o‘tkazuvchi amalga oshirishi va ro‘yxatga olinishi lozim. Tijorat bankni tashkil etilishida unga litsenziya berilgandan keyin u litsenziya asosida bank operatsiyalarini o‘tkazish xuquqiga ega bo‘ladi. Agar, bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank tomonidan belgilangan bank operatsiyalarini litsenziya olish uchun ro‘yxatdan o‘tmay faoliyat ko‘rsatsa bu operatsiyalar qonunga xilof deb topiladi va javobgarlikka tortiladi. Tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankida davlat ro‘yxatidan o‘tgandagina tashkil etilgan deb hisoblanadi va yuridik shaxs statusini oladi. Yuridik va jismoniy shaxslar tijorat bankni ta’sis etuvchilari hisoblanadi va ular bank va uning ustav kapitalini shakllantirishda ishtirok etadilar. O‘zbekiston Respublikasi "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi" qonunga asosan bank ustav kapitalini shakllantirishga davlat xokimiyat organlari, jamoa birlashmalari, jamoa fondlar mablag‘lari, shuningdek kreditga olingan mablag‘lar va garovga olingan mablag‘lar foydalanish man etiladi. Har qanday yuridik shaxs singari banklar ustaviga ega bo‘lishlari va o‘z ustavlari asosida faoliyat ko‘rsatishlari kerak. Bank ustavida quyidagi moddalar o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak: bankning (to‘la va qisqartirilgan) nomi va joylashgan (pochta) manzili; bank ko‘rsatadigan operatsiyalari ro‘yxati; ustav kapitalining miqdori, muassislar ro‘yxati va ularning ustav kapitalidagi ulushlarning taqsimlanishi; bankning boshqaruv organlari, ularni tashkil etish tartibi, ularning vakolatlari hamda vazifalari haqidagi ma’lumotlar; bank auditi tartibi, shuningdek, buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq belgilangan hisobotlar va auditorlik dasturlarining maqsadlari ko‘rsatmalari. Bank tashkil etilguncha, ya’ni u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgunicha qadar uning nomidan amalga oshirilgan bank operatsiyalari haqiqiy hisoblanmaydi. Bank faoliyatini to‘xtatish va banklarni tugatish "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi qonunda hamda Markaziy bankning 240 - sonli "Banklarni tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizom"da ko‘satib o‘tilgan. Jumladan bank quyidagi xollarda o‘z faoliyatini to‘xtatadi: aksiyadorlar yig‘ilishining qaroriga ko‘ra, Markaziy bank litsenziyani qaytarib olganda, bankrot deb e’lon qilinganda. O‘z faoliyatini to‘xtatgan bank Markaziy bank tomonidan banklarni Davlat ro‘yxatiga olish daftaridan chiqariladi. Uni faoliyati to‘xtatilganligi matbuotda e’lon qilinadi. Faoliyatni to‘xtatish va uni tugatish tartibi nizomda belgilab berilgan. Ammo bu nizom bank bankort deb e’lon qilinganda amalga kiritilmaydi. Litsenziyaning bekor qilinishi: tijorat banki tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi holatiga nisbatan qo‘llaniladigan qattiq xuquqiy sanksiya; qonun buzilish holatiga davlatning o‘z boshqaruv muassasasi Markaziy bank orqali bildirilgan munosabati; bankning bankrotligi uchun formal asos hisoblanadi. 10 Litsenziya bekor qilingandan keyin bank mavjud bo‘lib turadi, ammo bank operatsiyalarini amalga oshira olmaydi. Litsenziyani bekor qilish Markaziy bank boshqaruvi tomonidan qo‘llanadigan og‘ir jazo chorasi hisoblanganligi sababli, boshqa jazo choralari natija bermagan quyidagi hollardagina qo‘llaniladi: bank to‘lov qobiliyatini yo‘qotib, passivlari aktivlaridan ortib ketganida; litsenziya berilishga asos bo‘lgan ma’lumotlarning xaqiqiy emasligi aniqlanganda; bank o‘z kreditorlari va omonatchilari oldidagi majburiyatlarini o‘tashga qobiliyatsiz bo‘lib qolganda; hisobot ma’lumotlari muntazam ravishda buzib kursatilganda; bank operatsiyalarini qonunchilikka va litsenziya shartlariga xilof tarzda amalga oshirilganida; litsenziya berilganidan keyin bir yildan ortiq vaqt davomida bank operatsiyalarini amalga oshirishga kirishmasligi oqibatida; O‘zbekiston Respublikasida shu’ba bank ochgan harijiy bank litsenziyasining chaqirib o‘z mamlakati tomonidan bekor qilinganida. Litsenziyani bekor qilinishi Markaziy bankka tijorat bankning sudga murajaat qilmasdan majburiy suratda tugatilishi uchun asos bo‘ladi. Buni Markaziy bank tomonidan tayinlangan tugatish komissiyasi amalga oshiradi. Bu rejada biz tijorat banklarining umumiy ma’lumotlari , ularning ochilishi , yopilishi va ularning faoliyati asoslangan normativ hujjatlar haqida umumiy ma’lumotga ega bo’ldik. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling