Guruh talabasi rahmonov namozning
Ekologiya huquqining predmeti
Download 95.42 Kb.
|
RAHMONOV NAMOZNING
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekologiya huquqining subyektlari
Ekologiya huquqining predmeti.
Ekologiya huquqining predmeti — atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, buzilganlarini qayta tiklash va ulardan oqilona foydalanishga qaratilgan barcha ijtimoiy ekologik-huquqiy munosabatlar, Ushbu munosabatlar Ekologiya huquqining ob'yektlariga nisbatan yuzaga keladigan kishilar (sub'yektlari)ning katti-harakatlari yig'indisidir. Ekologiya huquqining sub'yektlari — ekologik-huquqiy munosabatda qatnashuvchi jismoniy va yuridik shaxslar, davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar. Ekologiya huquqining prinsiplari — atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni barqarorlashtirishga yo 'naltiruvchi qoidalar. Ekologiya huquqi prinsiplari milliy va xalqaro huquq normalarida aks ettirilgan bo'ladi va qonun me'yorlarini qanday qoidalar asosida ishlab chiqish hamda ularni amalda qo’llash yo'llarini ko'rsatib beradi. O'zbekiston Respublikasida Ekologiya huquqining milliy prinsiplari 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida»gi qonunning 4-moddasida aks ettirilgan bo'lib, ular quyidagilardan iborat: -jamiyatning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini ilmiy asoslangan holda uyg'unlashtirish; -tabiatdan maxsus foydalanganlik uchun haq to'lash va umumiy asoslarda foydalanganlik uchun haq to'lamaslik; -ekologik ekspertiza o'tkazilishning majburiyligi; -ta'lim muassasalarida ekologik ta'limning majburiyligi va hokazo. Ekologiya huquqining prinsiplaridan biri, «ta'lim muassasalarida ekologiya o'quvining majburiyligi»dir. Uning negizida uzluksiz ta'lim tizimining hamma bosqichlari(maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta'lim, o'rta maxsus va oliy ta'lim, aspirantura, doktorantura va malaka oshirish)da ekologiyaga doir o'quv predmetlari yoki maxsus o'quv soatlarini tashkillashtirish yotadi. Boshqacha qilib ifodalansa, har qanday ta'lim bosqichida, albatta, ma'lum darajada ekologiyaga doir bilimlarni berilish talab etiladi. Aks holda, ta'lim muassasasi rahbariyatining harakati yoki harakatsizliklari "huquqbuzarlik" deb e'tirof etiladi va tegishli yuridik javobgarlikka tortish uchun asos bo'la oladi. Xalqaro ekologiya huquqi prinsiplari davlatlar yoki xalqaro uyushmalar tomonidan qabul qilingan yuridik hujjatlarda o'z aksini topgan bo'lib, ular quyidagilardan iborat: -tabiiy resurslarga davlat suverenitetligi; -davlatlarning o'z yurisdiksiyasi(nazorati)dan tashqaridagi atrof-muhitga zarar yetkazmasligi; -insonlar ekologik huquqlarining ustivorligi; -barcha sohada ekologik nazoratni amalga oshirish; -ekologik axborotlar almashuv erkinligi; -ekologik inqirozli holatlarda davlatlarning bir-biriga yordam ko'rsatishi; -ekologik nizo va kelishmovchiliklarni tinch yo'l bilan hal qilish va hokazo. Download 95.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling